Mavzu: O‘qituvchining pedagogik qobiliyati. Reja



Download 260,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.09.2019
Hajmi260,51 Kb.
#22694
  1   2
Bog'liq
oqituvchining pedagogik qobiliyati


MAVZU: 

O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK QOBILIYATI. 

 

 

REJA: 

1.  Kasbiy qobiliyatning pedagogik xarakteristikasi 

2.  Pedagogik qobiliyatning turlari 

3.  O’qituvchining  irodasi  sabr-toqat  ibrat  namuna  bo’la  olish 

qobiliyati 

4.   Pedagogik mahorat – pedagogik kategoriya sifatida  

5.  Pedagogik  mahoratning  tarkibiy  qismlari  va  shakllanish 

bosqichlari 

6.  Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar. 

7. 

Xulosa.

 

8.  Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qobiliyatning pedagogik va psixologik xarakteristikasi. 

Pedagogik  qobiliyat  tarixidan  ma‟lumki,  pedagogik  qobiliyat 

adabiyotda  birinchi  bo„lib,  19-asr  o„rtalarida  paydo  bo„lgan.  pedagogika 

nazariyasida    o„qituvchilar  tayyorlash  va  pedagogik  perseptiv  qobiliyatga 

A.Disterverg    diqqat-e‟tibor  berdi.  SHunday  qilib,  A.Disterverg  pedagogik 

qobiliyatning kuchiga, pedagogik  taktga va qat‟iy  erkinlikka ahamiyat  berdi. 

U  o„qituvchining  bilim  orttirishlik  qobiliyatini  ilgari  surdi.    So„ngra  19-

asrning  ikkinchi  yarmida  P.G.Redkin    “Axloqiy  qobiliyat”  tushunchasini 

ilgari  surdi.  A.Disterverg,  P.G.Redkin  fikrlarini    K.D.Ushinskiy  davom 

ettirdi.  K.D.Ushinskiy “Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo„li ishontirish, 

odam e‟tiqodiga esa faqat ishiontirish bilan ta‟sir qilish mumkin” – deydi.  

A.S.Makarenko  fikricha,  tasodifiy  ravishda  o„qituvchi  bo„lib  qolgan, 

lekin  u  bu  ishga  qiziqib  ketib  badiiy  adabiyotni  ko„p  o„qigan  M.Gorkiyni 

o„zining  ustozi deb uni  asarlarini o„rganishga kirishgan.  A.S.Makarenko o„z 

tajribasiga  asoslanib,  agar  har  bir  kishi  qunt  bilan  mehnat  qilsa,  u  o„ziga 

nisbatan talabchan bo„lsa, u yaxshi pedagog bo„lishi mumkin – deydi.  

Qobiliyat  hamma  insonlarda  mavjud  bo„lib,  bir  tekisda  bo„lmay  biri 

yuqori,  biri  o„rta  va    biri  quyi  darajada  bo„ladi.  Faqat  aqli  zaif  insonda 

qobiliyatni  uchrata  olmaymiz.  Maktab  o„qituvchisining  faoliyati  inson 

shakllanishiga  qaratilgan.  Muvafaqqiyatli  ishlash  uchun  har  bir  o„qituvchi 

pedagogik mahoratga ega bo„lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat 

qilib  katta  natijaga  erishadi.  Qobiliyat  faoliyat  jarayonida  paydo  bo„ladi, 

qobiliyatni rivojlantirish uchun esa layoqat, zehn, iste‟dod inson asab tizimida 

anatomik  –  fiziologik  xususiyat  bo„lishi  zarur.  O„qituvchining    ba‟zi  psixik 

jarayonlari  unda  shaxsga  xos  sifatlarni  shunday  tashkil  qiladiki,  buni 

pedagogik  qobiliyat  deb  atash  mumkin.  Bu  qobiliyatni  ayrim  psixik 

xususiyatlardan  iborat  qilib  qo„yish  mumkin  emas.  Ta‟lim  ishlarining 

muvafaqqiyatli  bo„lishini  pedagog  shaxsiga  xos  bo„lgan  bir  qancha  sifatlar, 

jumladan,  uning  irodasi,  hissiyotlari,  Xarakteriga  xos  bo„lgan  bir  qancha 


xususiyatlarni  ham  ta‟minlab  beradi.    K.D.Ushinskiy  “Faqat  shaxs 

rivojlanishiga va tarkib topishiga ta‟sir qilishi mumkin, Xarakter ta‟siri bilan 

Xarakterni vujudga keltirish mumkin” – deb yozgan edi. 

 Qobiliyat  –  shaxsning  muayyan  faoliyati  yuzasidan  layoqati  va  uning 

kasbini  muvafaqqiyatli  bajarishdagi  sub‟ektiv  shart  –  sharoitni  ifodalovchi 

individual psixik xususiyatlari.   

Falsafa tarixida qobiliyat uzoq davrgacha “O„zgarmas irsiyat” nasldan 

– nasga o„tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan. Bunday qarashlar dastlab 

fransuz filosofi J.Lokk va boshqa fransuz olimlari tomonidan tashkil qilingan. 

Qobiliyatni  rivojlantiruvchi    anatomik  –  fiziologik  xususiyatlar  tug„ma 

bo„ladi.  

Empatiya  boshqa  odamlarning  psixik  holtlarni  tushunishni  va  ularga 

hamdardlik qilish qobiliyati (birgalikda dardlashmoq).  

Perseptiv  qobiliyat  –  idrok  jarayonining  asosiy  tuzilishi  bo„lib,  idrok 

ob‟ektlarini  bilib  olish  va  uning  hotira  obrazlari  bilan  solishtirishdan 

iborat.YA‟ni  idrok  etish  bog„chadagi  bolaning  oldiga  kubiklar  qo„yilgan 

rasmlar qo„yib chiqadi. Odamlarni solishtirish obrazi. 

Didaktik  qobiliyat  –  o„quvchilar  bilan  muloqot  qilishda,  pedagogika 

qonuniyati va uslublarini o„rganadi. 

Konstruktiv - o„qituvchining o„z ishini rejalashtira olish qobiliyati.  

Kommunikativ qobiliyat -  boshqa odamlar bilan bo„ladigan muloqotni 

yaxshilaydigan 

va 

birgalikdagi 



faoliyatda 

psixologik 

qovushuvni 

ta‟minlaydigan qobiliyat.  

O„quvchi bilan o„zaro muloqotda bo„lish. Ba‟zan falon domla biz bilan 

yomon munosabatda bo„ladi yoki bo„lmaydi.  

Bilish qobiliyati – bilimni egallash va uni o„zlashtirishni ta‟minlaydi.  

Anglash  (tushunish)  qobiliyati  –  ayrim  harakatlarni  odam  qiladi.  O„zi 

anglab etib, ongli harakat qiladi.  

Ko„p  sonli  o„qituvchi,  tarbiyachi,  maktab  direktori,  o„quv  ishlari 

bo„yicha  direktor  o„rinbosari  va  internat  xodimlaridan  qobiliyat  haqida: 


“SHaxsning qaysi sifatlarini Siz pedagogik qobiliyat deb hisoblaysiz?” – deb 

berilgan savolga 82 ta yozma javob olingan.  

Sifatlarni quyida keltiramiz: 

O„z ishiga muhabbat bilan ishlashga qiziqish. 

YUqori madaniyatli auditoriyani ishlata olish. 

O„tiladigan darsga qobiliyat, uni yaxshi bilishi, unga qiziqish. 

Pedagogik takt (go„zallik) ga ega bo„lish. 

Mehnatga qobiliyatli, mehnatsevarlik. 

Bolalar jamoasiga kirishib ketish qobiliyati. 

Bolalarga muxabbat. 

Mehanatga ijodiy yondashish. 

Javobgarlikni his qilish. 

Harakatchan (energiyalik). 

Tashkilotchilik qobiliyatlari. 

Tarbiyaga oid bilimlar yaxlitligi. 

O„qituvchi faoliyati yo„nalishlari quyidagi sohalarda aks etadi:   



G‘oyaviy  sohada:  ilmiy  dunyoqarash  va  e‟tiqod;  ijtimoiy  ehtiyoj  va 

axloqiy  zaruriyatlarni  chuqur  tushunish;  ijtimoiy  va  fuqarolik  burchini 

anglash; ijtimoiy – siyosiy faollik. 

Pedagog  kasbi  sohasida:  o„quvchilarni  sevish  va  ular  bilan  ishlashga 

qiziqish,  pedagogik  ishni  sevish;  ruhiy  –  pedagogik  ziyraklik  va 

kuzatuvchanlik,  pedagogik  takt,  pedagogik  tasavvur,  tashkilotchilik 

qobiliyati;  haqqoniylik;  dilkashlik;  talabchanlik;  qat‟iyatlilik;  maqsadga 

intilish; vazminlik; o„zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik. 

Bilish  sohasida:  keng  ilmiy  saviya,  ma‟naviy  ehtiyoj  va  qiziqish, 

intellektual  qiziqish,  yangilikni  his  qila  bilish;  pedagogik  ma‟lumotlarni 

oshirishga intilish. 

O„zbekiston  mustaqilligi  e‟lon  qilingan  sana  1991  yil  31  avgust 

xalqimiz hayotida ulug„ voqealardan hisoblanadi. Endi xalqimiz o„zining boy 

tarixi,  madaniyati,  urf  –  odatlarini  o„rganish,  targ„ib  qilish,  o„zligini  anglash 



imkoniyatiga  ega  bo„ldi.  Bu  voqeadan  so„ng  ko„p  sonli  o„qituvchilar 

jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun hormay – tolmay xizmat qila oladigan, 

buyuk  Vatan  yo„lida  o„z  jonini  ham  ayamaydigan  yoshlarni  tarbiyalash 

vazifasi  ko„ndalang  qo„yildi.  Bu  vazifa  oliy  ta‟lim  konsepsiyasida  alohida 

ta‟kidlanadi.  Bunda  o„qituvchi  –  mutaxassis  oldida  turgan  vazifalar 

quyidagicha belgilanadi: 



Pedagogik  bilishga  o‘qituvchining    barcha  harakatlar  majmuiga 

qarab,  ular  uning  pedagogik  faoliyatiga  bog„liq  bo„lgan,  xususiyatlardan  va 

uning  kasbiy  fanlardan  bilimdonligidan  kelib  chiqadi.  Pedagogik  bilish 

qobiliyati:  

O„qituvchiga  xos  bo„lgan  bilimlarni  o„qitish  va  tarbiya  uslublarini 

yangi pedagogik sharoitda ham o„tkaza olish. 

Har bir pedagogik holat uchun yangi echimlarni topa bilish. 

Aniq  pedagogik vaziyatlarda  yangi  pedagogik  echimlarni va  ideallarni 

taklif eta olish hamda yangisini echish uslublarini topa olish. 

O„qituvchining bilish qobiliyatini Markova g„oyasiga ko„ra 7 guruhga 

bo„lish mumkin:  

1-guruh:  pedagogik  vaziyatdagi  muammoni  ko„ra  bilish  va  uni 

pedagogik  masalaga  aylantira  bilish.  Bu  holda  masalani  o„quvchiga  moslay 

olish;  pedagogik  holatning  o„zgarishiga  qarab,  maqsadni  zudlik  bilan 

vaziyatga tomon yo„naltira bilish; turli xil og„ir vaziyatlardan ham  mohirona 

chiqib keta bilish.  

2-guruh: a) nimani o„rgatish; b) kimni o„qitish; v) qanday o„qitish. 

a) o„quv fanining tayanch ideallarini fikr nuqtalariga ajrata olish, yangi 

sharoitlarni  zamonaviy  terminlar  –  atamalar,  tushunchalardan  foydalanib, 

o„quv  fanini  yangilash  hamda  turli-tuman  axborotlarni  (gazeta  va  jurnallar, 

radio  va  boshqalardan  olingan  ma‟lumotlarni)  tahlil  qila  bilish,  o„z  fanini 

boshqa fanlar bilan bog„lay olish.  

b)  kimni  o„qitish,  o„quvchilarning  alohida  ruhiy  xolatlarini, 

bilimdonligini  va  ularning  real  imkoniyatlarini  aniqlab,  so„ng  o„qitishga 


o„tish;  o„quv  jarayonini  tashkil  qilishdan  oldin  o„quvchilarning  talab  va 

istaklarini hisobga olish.  

v)  qanday  o„qitish  uchun  har  bir  vaziyatni  yaxshi  anglab,  har  hil 

usullardan foydalanib o„qitish va hokazo.  

3-guruh:  pedagogik  bilimdonlikning  talabalar  pedagogik,  psixologik 

bilimlarini,  yangi  pedagogik  tajribalarni  bilish  –  bilmasligini  bilgan  holda, 

tinglovchilar va o„z mehnatini, o„zining tajribalarini baholab dars o„tish.  

4-guruh:  yuqori  darajadagi  muloqot  uslublaridan  foydalanish.  Unga 

boshqaning dunyoqarashini bilish, uning shaxsiga to„g„ri munosabatda bo„lish 

va boshqalar kiradi.  

5-guruh:  bu  asosan  pedagogning  o„z  o„rnini  bilgan  xolda  o„zining 

kasbiy o„rnini saqlay bilish, o„zining pedagogik qobiliyatini ishga solishi va 

o„stirish, o„zining emotsional holatlirini saqlay bilishi va hokazo.  

6-guruh:  o„z  kasbi  rivojlanish  holatini  bila  olish,  o„z  individual  stilini 

yaratish. 

7-guruh:  o„z  o„quvchisining  yil  boshida  va  yil  oxiridagi  bilimlarini 

aniqlay  olish,  o„qitilganlikning  alohida  ko„rsatkichlarini  topa  bilish; 

o„qitilganlik  va  o„qitishning  barcha  tashkil  etuvchilarini  o„z  vaqtida  ishlab 

chiqa  bilish.  “Har  kishida  muloyimlik,  xushmuamolalik  bor  bo„lsa,  fayz, 

kamol  topishidan  o„zga  ehtimol  yo„q.  Har  kishi  badf‟el  bo„lsa,  beobro„ 

bo„lishdan  boshqa  chora  yo„qdir.  Xushfe‟llik,  muloyimlik  hamma 

ne‟matlarning yaxshirog„idir” (Voiz al - Koshifiy)  

“Mutahassis  malakasi  –  chuqur  umumiy  bilim,  keng  dunyoqarash  va 

kasb tayyorgarligi, kompyuter bo„yicha savodxonligi, o„z bilimini tezlik bilan 

yangilash  va  to„ldira  olish  qobiliyati  singari  omillardan  tashkil  topadi... 

SHular  qatorida  uning  intizomi,  mas‟uliyat,  ziyolilik  va  o„z  bilimini  o„z 

ishiga, mamlakati  mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo„lida ezgulik 

va adolatga sadoqat tuyg„ularini ham tarbiyalash zarur.” 

Bu  vazifa  va  talablar  ayniqsa  boshlang„ich  sinf  o„qituvchilarida  to„la 

mujassamlangan bo„lishi lozim. Zero, maktabga ilk bor qadam qo„ygan bola 



hayot  qonun-qoidalarini,  sir  asrorlarini  o„qituvchidan  o„rganadi.  Agar  bolani 

chuqur  bilimli,  e‟tiqodli,  madaniyatli  qilib  tarbiyalamoqchi  bo„lsak,  shu 

fazilatlar  o„qituvchida    mujassam  bo„lmog„i  zarur.  Biror  kasbning  haqiqiy 

ustasi  bo„lish  uchun  kishida  tabiiy  qobiliyat,  ma‟lum  jismoniy  va  ruhiy 

xislatlar jo bo„lishi zarur. 

O„qituvchining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalari. Xolis hakamlar  – 

tarbiyalanuvchilar.  Manfaatdor  ota-onalar,  keng  ommasining  ko„z  oldida 

bo„lishi  lozimligi  o„qituvchi  shaxsiga  uning  ma‟naviy  qiyofasiga  yuksak 

talablarni  taqdim  qiladi.  Eng  avvalo,  pedagog  amaliy  faoliyatining  faqat 

yarmigina  ratsional  texnologiyaga  asoslanganligini  nazarda  tutish  kerak. 

Uning ikkinchi yarmi bu - san‟at. SHu tufayli professional pedagogga taqdim 

qilinadigan dastlabki talab – unda pedagogik qobiliyatlar mavjudligi.  



Pedagog  qobiliyati  -    bu  bolalar  bilan  ishlashga  ishtiyoq,  bolalarga 

nisbatan  muhabbat,  ular  bilan  bo„lgan  muloqotdan  mamnun  bo„lish  bilan 

ifoda bo„ladigan shaxs sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi va 

rivojlanadi.  Qobiliyat  malaka  va  uddaburonlikdan  farq  qiladi.  Malaka  va 

uddaburonlik  mashq,  o„qish  natijasi  hisoblansa,  qobiliyatning  rivojlanishi 

uchun esa yana iste‟dod layoqat va zexn, ya‟ni inson asab tizimida anatomik – 

fiziologik xususiyat bo„lishi zarur.  

 

Qobiliyat turlari 

Qobiliyatning  quyidagi  turkumlari  mavjud:    1.  Tashkiliy  – 

o„qituvchining o„quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo„lib 



berish, ishni rejalash, qilingan ishlarni jamlash, mahoratida namoyon bo„ladi. 

2. Didaktikaga oid -  o„quv material, ko„rgazmali qurollar, vositalarni yig„ib 

tayyorlab  qo„yish,  o„quv  materialini  aniq,  ifodali  va  izchil  bayon  qilish, 

o„rganishga  bo„lgan  qiziqish  va  ma‟naviy,  hissiy  istaklarni  rag„batlantirish, 

o„quv  bilimini  orttirish,  faollashtirish  mahoratida  namoyon  bo„ladi.  3. 



Perseptiv  -    tarbiyalanuvchilarning  ma‟naviy  dunyosiga  singib,  ularning 

emotsional  holatini  baholash,  ruhiy  xususiyatlarini  aniqlash  mahoratida 

namoyon  bo„ladi.  4.  Kommunikativ  –  o„qituvchining  o„quvchilar,  ularning 

ota-onalari,  hamkasblari,  ta‟lim  muassasalari  rahbarlari  bilan  pedagogik 

jihatdan  maqsadga  muvofiq  munosabatlar  qurish  mahoratida  namoyon 

bo„ladi. 5. Suggestiv – o„quvchilarga emotsional ta‟sir ko„rsatishda namoyon 

bo„ladi.  6.  Tadqiqiy  -    pedagogik  vaziyat  va  jarayonlarni  o„rganish  va 

ob‟ektiv  baholash  mahoratida  namoyon  bo„ladi.  7.  Ilmiy  -      o„rganish 

qobiliyatlari  –  tanlangan  sohada  ilmiy  bilimlarni  o„zlashtirish  qobiliyatidan 

iborat.  

Pedagogik 

faoliyatning 

samarali 

bo„lishi  uchun  o„qituvchida 

qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo„lmog„i va tarbiyalab etishtirilmog„i 

lozim:  


Bilish qobiliyati -  fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatlar. Bunday 

qobiliyatga ega bo„lgan o„qituvchi fanni o„quv kursi hajmidagina emas, balki 

ancha  keng  va  chuqurroq  biladi.  O„z  fani  sohasidagi  kashfiyotlarni  hamisha 

kuzatib boradi.  



Tushuntira  olish  qobiliyati  –  o„quv  materialini  o„quvchilarga 

tushunarli  qilib  bayon  eta  olish,  o„quvchilarda  mustaqil  ravishda  faol 

fikrlashga qiziqish uyg„otish qobiliyati. 

Kuzatuvchanlik  qobiliyati  –  o„quvchining,  tarbiyalanuvchining  ichki 

dunyosiga kira bilish qobiliyati, o„quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy 

xolatini  juda  yaxshi  tushuna  bilish  bilan  bog„liq  bo„lgan  psixologik 

ko„zatuvchanlikdir.  



Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida 

o„z fikr va tuyg„ularini aniq ifodalash qobiliyati. Bu o„qituvchilik kasbi uchun 

juda muhim.  

Tashkilotchilik  qobiliyati  -  birinchidan,  o„quvchilar  jamoasini 

uyushtirish,  jipslashtirish,  muhim  vazifalarni  hal  etishga  ruhlantirishni, 

ikkinchidan, o„z ishini to„g„ri uyushtirishni nazarda tutadi.  

Obro‘  orttira  olish  qobiliyati  –  o„quvchilarga  bevosita  emotsional  – 

irodaviy  ta‟sir ko„rsatish  va  shu  asosda obro„ qozona olish.  Obro„  faqat shu 

asosdagina  emas,  balki  o„qituvchining  fanni  yaxshi  bilishi,  mehribonligi, 

nazokatliligi va hokazo.  



To‘g‘ri muomala qila bilish qobiliyati  -  bolalarga yaqinlasha olish, 

ular  bilan  pedagogik  nuqtai  nazaridan  juda  samarali  o„zaro  munosabatlar 

o„rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.  

Kelajakni  ko‘ra  bilish  qobiliyati  –  o„z  harakatlari  oqibatini  ko„ra 

bilishda,  o„quvchining  kelgusida  qanday  odam  bo„lishini  tasavvur  qila 

olishida,  tarbiyalanuvchilarda  qanday  fazilatlarni  taraqqiy  ettirish  lozimligini 

oldindan ayta olish. 



Diqqatni  taqsimlay  olish  qobiliyati  –  o„qituvchi  uchun  diqqatning 

barcha  xususiyatlari  –  hajmi,  kuchi,  ko„chuvchanligi,  idora  qilina  olishi, 

safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.  

Pedagogining amaliy faoliyatida barcha qobiliyatlar bir xil muhimlikka 

egamikan?  Ma‟lum  bo„lishicha,  unday  emas.  So„nggi  yillarda  o„tkazilgan 

tadqiqotlar  “etakchi”  va  “yordamchi”  qobiliyatlarni  ma‟lum  qiladi.  Etakchi 

qobiliyatlar  –  pedagoglar  orasida  o„tkazilgan  ko„p  sonli  so„roqlarga  ko„ra, 

pedagogik  ziyraklik  (kuzatuvchanlik),  didaktik,  tashkiliy,  ekspressiv 

qobiliyatlardan  iborat.  Qolgan  qobiliyatlar  yordamchi  qobiliyatlar  qatoriga 

kiradi.  

O„qituvchi  yuqorida  ko„rsatilgan  qobiliyatlardan  tashqari,  bir  qancha 

kasbiy  sifatlarga  –  aniq  maqsadni  ko„zlash,  qat‟iylik,  mehnatsevarlik, 



kamtarlik  kabi  sifatlarga  ega  bo„lishi  kerak.  Bunday  xususiyatlar  bo„lmasa, 

o„rta pedagogik darajasidan yuqoriga ko„tarila olmaydi.  



E’tiqod,  odob,  fuqarolik  burchini  anglash  –  o„qituvchining  asosiy 

sifatlaridan birir. O„quvchilarga mehr – muhabbat o„qituvchining eng muhim 

fazilati.  Bu  o„quvchilarning  hamma  qilmishlarini  kechirish,  ularga 

hushomadgo„ylik  qilish  emas,  balki  talabchanlik  va  qattiqqo„llik,  adolatlilik 

bilan qo„shilgan mehr  – muhabbat bo„lib, ana shu sifatga ega bo„lgan shaxs 

o„zining ko„p vaqtini va kuchini o„quvchilar tarbiyasiga bag„ishlaydi.  

Ijtimoiy  faollik  va  fuqarolik  burchini  anglash  o„qituvchi  shaxsiga  xos 

sifat.  Zero  haqiqiy  pedagog  to„la  ma‟nodagi  jamoatchi  bo„lib,  bolalarga 

hayotda ijtimoiy faol xolatda turishning amaliy namunasini ko„rsatadi.  

O„qituvchining  muhim  fazilati  –  kishilar  bilan  tez  kirisha  olish, 

ko„pchilikka  aralasha  bilish,  ulfatijonlik,  dilkashli  bo„lib,  bu  unda  muomala 

madaniyatining  yuksakligini  ifodalaydi.  CHunki  o„qituvchiga  hamisha 

odamlar bilan aloqa qilishga ular bilan ishlashga to„g„ri keladi.  

Hozirgi  sharoitdan  kelib  chiqqan  holda,  o„quv  –  tarbiya  jarayonida 

qulay  munosabatlar  yuritish  uchun  kasbiy  jihatdan  ahamiyatli  asoslar 

bo„luvchi pedagogning insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo„lmoqda. 

O„qituvchi  uchun  muhim  hislat  –  insonparvarlik,  ya‟ni  o„sayotgan  insonga 

oliy  qadriyat  kabi  munosabatda  bo„lish  lozim.  Insoniy  munosabatlar 

o„qituvchining  shaxsiga  qiziqish,  o„quvchiga  nisbatan  xayrixohlik,  unga 

yordam  berish,  ularning  gapiga  quloq  solmoq,  uning  o„quvchilik  faoliyatiga 

yuksak talabchanlik, o„quvchi shaxsi rivojlanishiga tashvish qilishdan iborat.  

O„qituvchi  doim  faol,  ijodkor  shaxs.  U  o„quvchilarning  kundalik 

hayotini  uyushtiruvchi  odam.  O„quvchilarning  qiziqishini  uyg„otish,  ularni 

o„zi  bilan  etaklab  yurish  faqat  yuksak  irodali  kishi  qo„lidan  keladi.  Sinf, 

auditoriya,  o„quvchilar  jamoasi  kabi  murakkab  organlarga  pedagogik 

rahbarlik  qilish  tarbiyachidan  topqir,  zehni  o„tkir,  savodli,  har  qanday 

vaziyatlarni mustaqil echishga doim tayyor bo„lishligini talab qiladi. Pedagog 

–  o„quvchilarga  o„rnak,  o„z  orqasidan  yurishga  unday  oladigan  odam. 



O„qituvchiga  kasbiy  jihatdan    kerakli    xislatlardan  biri  bu  sabr-toqat  va 

dadillik.  O„qituvchining  har  qanday  sarosimaga  tushganini,  nochorligini 

o„quvchilar  sezishi  va  ko„rishi  zarur  emas.  Bu  borada  A.S.Makarenko  –

“tormozsiz o„qituvchi – bu buzuq, haydab bo„lmaydigan mashina” – deb qayd 

qilgan.  Buni  hamisha  esda  tutish  kerak,  o„z  harakati  va  axloqini  nazorat 

qilishi 


lozim.  O„quvchilar  tubanlashmasligi,  arzimagan  narsalarga 

asabiylashmasligik kerak.  

O„qituvchi  Xarakterida  qalbdan  mehribonlik  –  o„quvchilar  ruhiy 

holatini,  ularning  kayfiyatini  sezishga  imkoniyat  beradigan  va  vaqtida 

yordamga  kelish  imkoniyatini  beradigan  o„ziga  xos  barometr.  O„z 

tarbiyalanuvchilarining  bugungi  kun  kelajaklari  uchun  xavotirlik  –  bu 

pedagogning tabiiy o„zining shaxsiy mas‟uliyatini anglash.  

O„qituvchi  –  talabchan  bo„lishi  shart.  Bu  uning  muvafaqqiyatli 

ishlashining birinchi sharti. Dastlabki eng yuksak talablarni o„qituvchi o„ziga 

taqdim  qilishi  kerak,  chunki  o„zingda  yo„q  narsani  birovlardan  talab  qila 

olmaysan. Pedagog talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo„lishi 

lozim.  Pedagogik  jarayonlarda  bo„lib  turadigan  keskinliklarni  xolis  qilish 

uchun tarbiyachiga xazil mutoyiba tuyg„usi yordam beradi. “Quvnoq pedagog 

xo„mrayganidan  ko„ra‚  yaxshiroq  o„qitadi”  deb‚  bekorga  aytilmagan.  Uning 

ko„lamida tayyor  hazil,  maqol,  yaxshi, do„stona piching  – ijobiy  emotsional 

xolat  yaratishga  yordam  beradi  va  o„quvchilarni  o„zga  vaziyatga  kulgili 

tomondan qarashga imkoniyat beradi.  

Alohida  pedagogning  kasbiy  nazokati  haqida  aytib  o„tish  joiz. 

Pedagogik  nazokat  -  bu  o„quvchilar  bilan  bo„lgan  muloqotda      me‟yorni 

(chegarani)  bilish.  Nazokat  bu  tarbiyachining  bir  joyga  to‘plagan  aqli, 



tuyg‘usi  va  umumiy  madaniyati.  Pedagog  nazokatining  mag„zi  bu 

tarbiyalanuvchilarning  shaxsiga  bo„lgan  hurmat.  Tarbiyalanuvchilarni 



tushunish – o„qituvchilarni nazokatsiz muomalalardan saqlab qoladi va unga 

aniq vaziyatlarda ta‟sir etadi, tadbirlar tanlashda yordam beradi.  



Pedagogik  etikada  yaxshilik  tushunchasi  o„qituvchilik  faoliyati  bilan 

bog„liq  holda  aniqlashtiriladi.  Unda  o„qituvchi  va  o„quvchilar  jamoasi 

manfaatlarining  birligi,  o„qituvchi  va  o„quvchi  maqsadining  birligi,  ta‟lim  – 

tarbiya samarasi uchun kurashining birligi aks etadi.  

SHaxs  axloqini  Xarakterlaydigan  belgilardan  biri  –  mas’uliyat. 

O„qituvchi  mas‟uliyati  –mas‟uliyat  tushunchasining    butun  mazmunini 

saqlagani  holda‚  o„qituvchining  faoliyati  va  ta‟lim-tarbiya  jarayonining  aniq 

vazifalarini  o„z  ichiga  oladi.  O„qituvchi  shaxs  zimmasiga  bola  shaxsini  har 

tomonlama  kamol  toptirish  mas‟uliyati  yuklanadi.  O„qituvchi  –  o„quvchiga 

chuqur  nazariy  bilim  berishi,  uni  hayotga,  mehnatga  tayyorlashi  lozim.  SHu 

bilan  birga  u  o„quvchidagi  mavjud  layoqat  va  qobiliyatlarni  payqab, 

individual  munosabatda  bo„lishi,  unda  mavjud  bo„lgan  ijobiy-axloqiy 

sifatlarni avaylab o„stirishi darkor.  

SHunday  qilib,  pedagogik  odobga  ega  bo„lgan  o„qituvchi  o„quvchilar 

orasida obro„  qozonadi.  O„qituvchi  qanchalik ko„proq  obro„  qozonsa,  ta‟lim 

va  tarbiya  mohiyatan  shunchalik  muvafaqqiyatliroq  bo„ladi.  Aksincha, 

o„qituvchi obro„yi qanchalik past bo„lsa, uning bolalarga ta‟siri shuncha bo„sh 

va o„quvchilarni voyaga etkazish jarayoni ham shuncha zaif bo„ladi.  

Ijodiy  ishlaydigan  o„qituvchi  faqatgina  bolalarni  muvafaqqiyatli 

o„qitish va tarbiyalash, ilg„or o„qituvchilar ish tajribalarini o„rganish bilangina 

cheklanib  qolmasdan,  tadqiqotchilik  ko„nikma  va  malakalariga  ham  ega 

bo„lishi  zarur.  Hozirgi  zamon  fan-texnika  taraqqiyoti  o„qituvchining  ijodkor 

bo„lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan 

yutuqlarini  o„quvchilarga  etkaza  olishi,  nihoyat  o„quvchilarni  ham  ijodiy 

fikrlashga  tadqiqot  ishlariga  o„rgata  olishni  talab  qiladi.  SHuning  uchun 

o„qituvchi‚ eng avvalo‚ tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O„qituvchi 

ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borish  davomida  omillarni  to„playdi,  tahlil  qiladi, 

ular  asosida  xulosalar  chiqaradi.  U  fan  xulosalaridan  o„zining  amaliy 

faoliyatida  foydalanish  jarayonida  hozirgi  zamon  o„qituvchisi  uchun  zarur 

bo„lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi.  



O„qituvchi  qobiliyatida  pedagogik  qobiliyat  o„rni  va  ahamiyatini 

umumiylashgan  holda‚  o„qituvchilar  shaxsiga  qo„yiladigan  asosiy  talablar 

asosida  tushunib  olish  mumkin.  Ular  kasbiy  bilimdonlik,  intelegentlik, 

ma‟naviy barkamollik.  

Hozirgi  davrda  zamonaviy  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish 

keskin  kuchaygani  uchun  ham  o„qituvchiga  va    o„quvchiga    turli-tuman 

axborot  texnologiyalari  bilan  ishlashga  to„g„ri  kelganligidan  ularning 

asosiylarini yuqori bilim va aql-idrok bilan ajratib olish zarur. SHuning uchun 

o„qituvchilar mehnati va bilimini tashkil qilish uchun quyidagilar zarur. 

Pedagogning  birgina  axborot  texnologiyalari  muhitida  ishlashga 

tayyorgarligini  tashkil  etish.  Bu  muammoni  axborot  texnologiyalarini  bilish 

va ulardan o„quv jarayonida foydalanish ma‟nosida qarash mumkin.  

Pedagogning fikrini jamlash, vaqtini tejash hamda o„qitish metodikasini 

tashkil etishga imkon beruvchi yagona axborot tizimiga yaqinlashtirish. 

Axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta‟lim berishga tayyorlanish va 

o„tish.  Bunday  o„tish  o„quv  kurslarini  axborotli  telekompyuterli  holatga 

o„tkazishni ko„zda tutadi.  

Birlashgan  axborot  hajmidagi      o„quv  jarayonining  dasturiy–uslubiy 

ta‟minlashini tayyorlash. 

SHunday  qilib,  universitetning  bo„lajak  pedagoglari  aniq  fanlarni 

o„qitishda kompyuterdan foydalanish malakalarini oshirishi va bilishi zarur.  

Ta‟limdagi xalqaro tendensiyalarning, xususan‚ kasbiy pedagogikadagi 

tahlili  o„qituvchining  ham  kasbga  oid  va  ham  shaxsiy  sifatiga  nisbatan 

talablarning  keskin  ortishiga  olib  kelmoqda:  A)  ta‟lim  sifatining  o„qituvchi 

kasbiy  bilimdonligi  yuqorilashib  borishi  zarurligini  ko„rsatadi;  B) 

o„qituvchilarga  ko„plab  ilmiy  va  ijodiy  masalalarni  qo„yish  va  echishlarga 

to„g„ri  kelmoqda,  bu  esa  o„qituvchi  ilmiy  va  ijodiy  xususiyatlarining  ortib 

borishiga  olib  keladi.  SHunday  qilib,  kelajak  o„qituvchining  uzluksiz  ijodiy 

shaxsga  aylanishi  zarurligini  ko„rsatadi;  V)  murakkablashib  borayotgan 

tarbiya  o„qituvchidan  yuqori  darajadagi  intelegentlikni  va  ruhiy  –  ma‟naviy 



xulqning ortib borishiga talabqilmoqda. G) XXI asr o„qituvchidan  o„qitish va 

tarbiyaning  ilg„or  texnologiyalaridan  va  ajdodlarimiz  bitiklaridan  doimo 

foydalana borishini talab qilmoqda. 


Download 260,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish