Таълими вазирлиги муқимий номли қЎҚон давлат


O’rta Osiyodan topilgan turkey bitiglar



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/87
Sana21.02.2022
Hajmi1,07 Mb.
#22251
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
Bog'liq
yordamchi tarix fanidan

O’rta Osiyodan topilgan turkey bitiglar. Turkiy bitigtoshlar O’rta Osiyoda ko’p topilmagan. Asosan Talas 
vodiysidan topilgan xolos. Talas bitigtoshlarini topish va jamoatchilikka ma`lum qilishda M.E. Masson 1930 yilda Tereksoyda 
o’tkazgan arxeologik qazishmalari natijasida urxun – enasoy xarfi shaklidagi ikki qator Yozuv bitilgan tosh topdi. YAna 
Talasdan 1933 yilda ettita katta – kichik hajmdagi bitigtosh topildi. 60-yillarda ham O’sh viloyatida Batken tumani xududida 
qabr toshiga bitilgan va qadimgi turk davriga oid bitigtosh ma`lum qilingan. 
YOdgorliklarning tarqalishi kengligi ham hozircha muammo bo’lib turibdi. Bu erlarda topilgan Yozuvlar xattotlik 
maxorati jixatidan turli-tuman, chunki Yozuv keng xalq orasida qo’llangan. Yozuvning yaxshi egallagan odamlarning katta bir 
guruxi orasida u kengroq qo’llanilgan. Masalan, yirik Urxun yodnomalari xusnixat bilan yozilgan, uning ijodkorlari Yozuv 
maxoratini egallagan, maktabda maxsus o’qitilgan. Mayada toshlardagi Yozuvlarni bitishda ushbu Yozuv avtorlarining kasb 
mahorati etishmasligi sezilib turadi,ular xunuk xat bilan yozilgan.
Qadimgi turkiy Yozuvlar tarqalgan o’lkalar orasida O’zbekiston xududlarining ham alohida o’rni bor ekanligi qator 
topilmalar orasida isbotlanmoqda. Masalan, Farg’ona vodiysidagi Isfaradan topilgan turkiy bitig, A.N. Bernshtam e`lon qilgan 
Farg’ona turkiy bitigi, Quvada topilgan xum sirtidagi turkiy bitig, S.T. Klyashtorniy o’qigan Farg’onadan topilgan bronza 
uzugiga yozilgan bitig va boshqalar bu fikrni tasdiqlaydi.
Tadqiqotlar O’zbekiston xududida yashagan yangi turkiy bitiglar topilishiga olib kelmo qda. 1986 yili O’z. FA 
Arxeologiya instituti tomonidan Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Lunbitepa yodgorligida qazish ishlari 
boshlandi. Bu yodgorlik maydoni 60x90 metr, balandligi 8 metr keladigan tepa bo’lib, V – VIII asrlarga oid bo’lgan 
mustahkamlangan qishloq qo’rg’oni edi. Bu erda xayot IX – X asrlarda uzilib qolgan. 
Bu yodgorlikda ko’plab ashyoviy dalillar qatori qadimgi turkiy Yozuviga daxldor muxim obida topildi. Bu obida buyi 
20 sm.dan sal ortiqroq, qorin qismining keng nuktasi 16 – 17 sm, bo’yin qismi tor xumcha bo’lib, uning og’zi labidan elkasiga 


25 
birlashuvchi bir yoqlama ushlagich bandi bor. Uning bandi sirtiga pastdan yu qoriga yo’nalgan qadimiy turkiy bitik o’yib 
tushirilgan.
Bitik idish xumdonda pishirilishidan oldin bitilgan. Bu xumcha yodgorlikning VI – VII asrlarga oid qatlamidan 
chiqdi. Xumcha bog’ida quyidagi Yozuv mavjud. 


3 4



Bu erdagi birinchi va oltinchi xarflar « k » xarfini ifodalar ekan. Har ikki o’rinda ham xarflar Urxun–Enisey 
yodgorliklaridagiga qaraganda bir oz farqli. Buni biz bu Yozuv mutaxassis bo’lmagan bir qiziquvchan kishi tomonidan 
yozilgan bo’lishi mumkin deb izoxlaymiz. To’rtinchi xarf « m » deb o’qilgan. Tunyuquq bitigtoshida shu xarfni birlashtiruvchi 
chizig’i to’g’ri
yozilgan bo’lsa, bu erda qiyaltirib yozilgan. Qolgan harflar nomlanishi quyidagicha: «k, i, a, m, i, k, ch». Turk xatinning 
tovushlar uyg’unligi (singarmonizm) qonuniga moslashganligi, bu erda so’zlarning qattiq yoki yumshoq o’zakli ekanligini 
aniqlashga imkon beradi. SHunga asosan fikr yuritadigan bo’lsak, birinchi so’z yumshoq o’zaklidir, chunki u « k » tovushi 
bilan kelgan. Turkiy so’zlarda bilamizki, ikki unli yonma-yon kelmaydi. Demak, so’z chegarasi ham shu erda bo’ladi: « i » 
birinchi so’zga, « a » harfi ikkinchi so’zga taalluqli bo’ladi. Beshinchi belgi « i » ning qattiq (variantini) undan keyingi belgi 
esa yumshoq « k » ni ifodalaydi. «i» oldingi, « k » esa oxirgi so’zga tegishlidir. SHundan kelib chiqib bitigni uch so’zga 
ajratish mumkin: o’rtadagi qattiq, ikki yondagisi esa yumshoq o’zakli so’zlardir. Endi so’zlrni o’qib chiqishga harakat qilamiz: 
1 va 2-xarfi birinchi so’zga birlashadi, ularning oldiga qadimiy turkiy imlo qoidasiga ko’ra tushirib qoldirgan yumshoq «E» 
tovushini ko’shsak, «eki» - deb o’qish mumkin bo’ladi. Qadimgi turkiy talaffuzda ikki so’zi eki tarzida ishlatilgan. Xarflarning 
ikkinchi guruxini (a, m, n) «amin» - deb o’qish mumkin. V.Radlovning turkiy loxjalar bo’yicha lug’at ida bu so’zga 
«yashamoq, turmoq, turish, xayot, makon» deya ta`rif berilgan. 
So’nggi ikki xarfni « k » va « ch » birlashtirib «xech» yoki «ekach» deb o’qilsa bo’ladi. Mahmud Qoshg’ariyning 
lug’atida o’z singlisidek qiz «ekach» deb atalgan. YAna bir faraz matndagi «ekach» so’ziga « a » qo’shimchasi qo’shilsa, u 
jo’nalish kelishigida «egachimga» shaklini oladi. YUqoridagi da`volar asosida ko’zachadagi Yozuvni quyidagicha o’qish 
mumkin bo’ladi: 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish