Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


 Investitsiyalar samaradorligini statistik baholash



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   208
Bog'liq
Statistika

16.4. Investitsiyalar samaradorligini statistik baholash. 
Investitsiyalarni  statistik  o`rganish  masalalaridan  yana  biri  ularning 
samaradorligini baholash hisoblanadi. Bunday holat korxona, firma, korporatsiya 
va  boshqa  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarning  rivojlanishi  bo`yicha  strategik 
maqsadlaridan  kelib  chiqib,  ularda  yangi  ishlab  chiqarish,  ishlab  chiqarishni 
kengaytirish,  rekonstruktsiya  qilish,  texnik  jihatdan  qayta  qurollanish  va  boshqa 
tijoriy  faoliyatdan  kelib  chiqadi.  Bu  ishlarning  amalga  oshirish  uchun  katta 
hajmdagi  investitsiya  mablag’lari  kerak  bo`lsa  ham,  lekin  investitsion  resurslar 
hajmi  doim  chegaralangan  bo`ladi.  SHuning  uchun  korxona  investorlarini, 
rahbarlarini, menejerlarini qo`yilgan kapital qo`yilmalarni o`rnini qoplash qachon 
va qanday amalga oshiriladi yoki ularni samaradorligi qanday bo`lishi hammasini 
ham qiziqtiradi. 
Investitsiyalar  samaradorligi  darajasini  o`rganishda  statistika,  iqtisodiyot 
nazariyasi  uslublarini  qo`llaydi.  Uning  samaradorlik  ko`rsatkichlarini  aniqlash 
uslubiyati  maxsus  hujjat  «Investitsion  loyihalar  samaradorligini  baholash 
bo`yicha  uslubiy  tavsiyanomalar»da  keltirilgan.  Bundan  ko`zlangan  maqsad 
ob`ektlarni  loyihalash  jarayonida  eng  samaradorligini  tanlab  olishdan  iborat 


 
166 
bo`lsa, statistikaning vazifasi boshqacha – u investitsion ob`ektlardan foydalanish 
jarayonidagi  samaradorlikni  aniqlashdan  iborat.  SHuning  uchun  samaradorlikni 
statistik  baholash  investitsion  ob`ektlarni  ham  loyihalash,  ham  ulardan 
foydalanish jarayonlarini o`z ichiga oladi. 
Investitsiyalar  samaradorlik  darajasini  aniqlash  maxsus  hujjatlarda 
keltirilgan  uslubiyotlardan  katta  farq  qilmaydi,  lekin  ular  endi  amaliy 
ma`lumotlarga, ya`ni ob`ektlarni ekspluatatsiya qilish jarayonidagi ma`lumotlarga 
tayanadi.  Ob`ektlar  ishlatilayotgan  sohalar,  tarmoqlarni  e`tiborga  olgan  holda 
tijorat, byudjet va umumiy iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlari aniqlanadi. 
Investitsiyalar samaradorligini aniqlashda boshlang’ich nuqta bo`lib, natija 
(samara)ni  investitsion  resurslarni  barpo  etish  xarajatlariga  bo`linadi.  Natija 
sifatida  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarning  ma`lum  davrda  olgan  sof  daromadlari 
olinsa,  investitsion  xarajatlar  sifatida  barcha  resurslar:  pul,  material,  intellektual 
resurslar xarajatlari tushuniladi. 
Investitsiyalar  samaradorligini  aniqlash  uchun  statistika  quyidagi 
ko`rsatkichlar  tizimidan  foydalaniladi:  sof  daromad,  o`rnini  qoplash  muddati, 
investitsiyalar foydalilik indeksi va boshqalar. 
Korxonalar  amaliyotida  investitsiyalar  samaradorligini  aniqlashda  har  xil 
yo`nalishlar  mavjud.  Bunda  muhim  omil  sifatida  vaqt  omili:  joriy  xarajatlar  va 
olingan  iqtisodiy  naf  hajmi  hisoblanadi.  Agar  vaqt  omili  hisoblanmasa,  olingan 
naf  hajmi  bir  xil  bo`lish  ham  mumkin,  lekin  u  har  xil  vaqt  davomida  olingani 
uchun ularni solishtirib bo`lmaydi. 
Statistika  amaliyotida  kapital  qo`yilmalarning  amaldagi  samaradorligini 
aniqlashda  ikki  xil  yo`nalish  mavjud.  Birinchi  yo`nalishda  amaldagi  investitsion 
xarajatlar  va  ularning  amaliy  natijalari  vaqt  omilini  hisobga  olmagan  holda 
o`rganiladi. Ikkinchi yo`nalish har xil vaqtlardagi xarajatlarni diskontirlash orqali 
bir xil vaqtga va solishtirish mumkin bo`lgan holga keltirishga asoslanadi. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish