16.3. Kapital qo`yilmalar va ularning moliyaviy manbalari
Kapital qo`yilmalar investitsiyalarning asosiy qismi bo`lib hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida kapital qo`yilmalar deb, yangi asosiy fondlarni
tashkil etishga, kengaytirishga, rekonstruktsiya qilishga, modernizatsiya qilishga
va mavjud korxonalarni qayta qurollantirishga qaratilgan kapital qo`yilmalarga
aytiladi. Statistika kapital qo`yilmalarni faqat moliyaviy kategoriya sifatida emas,
balki asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish jarayonidagi ko`p qirrali investitsion
jarayon sifatida o`rganadi.
Ularning tarkibiga har xil nisbatda muhandis qidiruv, loyihalash, qurilish-
montaj ishlari, mashina va uskunalarni sotib olish va ularni yaratish, ularni
o`rnatish va h.k. xarajatlar qo`yilmalarning texnologik tarkibida quyidagi
elementlarni ajratadi:
loyihalash-qidiruv ishlari xarajatlari. Bularga asosiy fondlar ob`ekti va
kompleks qurish bo`yicha muhandis-qidiruv va loyihalash ishlari xarajatlari
kiradi;
163
qurilish ishlari xarajatlari. Bular kapital qo`yilmalar tarkibidagi
xarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Qurilishga loyihaga kiritilgan bino va
inshootlarni ko`tarish, kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va tiklash kabi ishlar
kiritiladi. Masalan, fundament osti uchun katlovan qazish, bino g’ishtlarini terish,
metall va temirbeton konstruktsiyalarni montaj qilish, qurilish ob`ektlari
hududlari atrofini obodonlashtirish va boshqalar;
uskunalarni o`rnatish ishlari xarajatlari. Ularga ishlab chiqarish,
texnologik, energetik uskunalarini yig’ish va o`rnatish, shuningdek, qo`yilmalarga
ulash, ehtiyotkorlik ishlari va boshqalar;
o`rnatishni taqozo etadigan uskunalarni sotib olish. Ularga texnologik,
energetik va boshqa ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish xarajatlari kiradi.
Ularni faqat oldin yig’ish va qattiq joyga o`rnatish va montaj qilingach
ekspluatatsiyaga kiritish mumkin. Bu uskunalarga, masalan, metallni qayta
ishlovchi
stanoklarni,
poligrafiya
uskunalari,
statsionar
turbinalar,
elektrogeneratorlar va boshqalar kiritiladi.
o`rnatishni taqozo etmaydigan mashina-uskunalarni sotib olish. Bularga
ekspluatatsiya qilish uchun hech qanday montaj ishlarini talab etmaydigan
mashina-uskunalar
kiradi.
Masalan,
buldozerlar,
ekskavatorlar,
elektromotoparomlar, avtomobillar, lokomotivlar va h.k. Bu xarajatlarga qurilish
smetasiga kiritilmagan mashina va uskunalar xarajatlari, masalan, eskirgan
uskunalarni yangilash yoki mavjud mashina parkini kengaytirish xarajatlari va
h.k. kiritiladi;
ishlab chiqarish instrument va inventarlari. Ularga barcha turdagi ishlab
chiqarish instrumentlari, tez eskiradigan va emiriladigan predmetlar kiritilib, ular
ob`ektlarni qurish smetasiga kiritilgan bo`ladi;
asosiy podani tashkil etish xarajatlariga asosiy fondlarga kiritiladigan
ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish xarajatlari kiritiladi;
asosiy fondlar qiymatini oshirmaydigan xarajatlar. Bularga ushbu
investitsion ob`ektni qurilishiga ahamiyati bo`lmagan ba`zi ishlarni amalga
oshirish, tayyor ob`ektlarni ishga tushirish bo`yicha kadrlarni tayyorlash
xarajatlari kiritiladi;
boshqa kapital xarajatlar. Bularga boshqa firmalarning bitirilmagan
ob`ektlarini sotib olish, ko`p yillik o`simliklarni o`stirish xarajatlari kiradi.
Statistika investitsion faoliyatni o`rganishda ularni texnologik tarkibi bilan
birga kapital qo`yilmalarni tipologik gruppalashni ham amalga oshiradi: iqtisodiy
vazifasi bo`yicha (ishlab chiqaradigan va xizmat ko`rsatadigan sohalarga
qo`yilgan kapital mablag’lar), milliy iqtisodning yagona klassifikatori asosida
keltirilgan sektorlar va tarmoqlar bo`yicha qo`yilgan kapital mablag’lar.
SHuningdek, kapital qo`yilmalarni moliyaviy manbalari va mulk formasi
bo`yicha gruppalash ham muhim ahamiyatga ega.
Kapital mablag’larning ichki va tashqi manbalarni 3 turga ajratish mumkin:
1. Korxona va tashkilotlarning o`z mablag’lari:
o korxonalar ixtiyorida qoladigan foyda;
o amortizatsiya fondi.
164
2. Jalb etilgan byudjet mablag’lari:
o davlat byudjeti mablag’lari;
o mahalliy byudjet mablag’lari;
o boshqa byudjet mablag’lari.
3. Byudjetdan tashqari jalb qilingan va qarzga olingan mablag’lar:
o bank kreditlari va aholi mablag’lari;
o boshqa tashkilotlardan qarzga olingan mablag’lar;
o byudjetdan tashqari fond mablag’lari;
o xorij qo`yilmalarini ham qo`shgan holdagi boshqa byudjetdan
tashqari mablag’lar.
O`zbekiston Davlat statistika qo`mitasi axborotnomasiga qaraganda 2005
yilning yanvar-dekabrida respublikaning asosiy kapitalni ko`paytirishga 3012,9
mlrd. so`m miqdorida investitsiyalar kiritilib, o`sish sur`ati 2004 yil yanvar-
dekabriga nisbatan 107,0%ni tashkil qildi.
Moliyalash
manbalari
bo`yicha
asosiy
kapitalga
kiritilgan
investitsiyalarning taqsimlanishi quyida keltirilgan:
(yakunga nisbatan foiz hisobida)
Jami
inves-
titsiya-
lar,
mlrd.
so`m
SHu jumladan moliyalash manbalari bo`yicha
Res-
pub-
lika
byud
jeti
Kor-
xona
lar
byud
jeti
CHet el
investi-
tsiyalari
va
kreditlari
Aholi
mab-
lag’-
lari
Bank
kreditlari
va
boshqa
qarz
olingan
mablag’-
lar
Byudjet-
dan
tashqari
fondlar
mablag’-
lari
Jami
3012,9 12,7
48,5
19,2
11,8
3,1
4,7
shu jumladan:
Davlat
korxonalari
1922,5
0,5
55,7
20,5
18,4
4,9
0,0
Nodavlat
korxonalari
1090,4 34,3
35,8
16,8
0,1
0,1
12,9
Do'stlaringiz bilan baham: |