Oraliq iste`mol – ishlab chiqarish jarayonida sarflangan tovar va xizmatlar
qiymati, masalan, ishlab chiqarishda sarflangan xomashyo, materiallar, yoqilg’i,
energiya, asbob-uskunalar qiymati, shuningdek, reklama agentliklari, yuridik
konsultatsiyalar, transport agentliklari va h.k. xizmatlari uchun to`lovlar va h.k.
Imoratlar, uskunalar va mashinalar ijarasi uchun to`lovlar ham oraliq
iste`molning muhim moddasi hisoblanadi. Lekin asosiy kapital iste`moli oraliq
iste`mol hisoblanmaydi. Oraliq iste`mol qiymati oxirgi foydalanish bahosida
hisoblanadi va unga barcha savdo-transport ustamalari ham qo`shiladi.
Shuni qayd qilish lozimki, oraliq iste`mol sotib olingan vaqtidagi baho
bilan emas, balki ishlab chiqarishda foydalanilgan vaqtdagi baho bilan o`lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |