Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Адабиётлар 
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 2 декабрдаги 
“Ўзбекистон Республикасининг туризм соҳасини жадал ривожлантиришни 
таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони. 
2. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг "Ўзбекистон 
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси 
тўғрисида"ги 4947-сонли Фармони “Халқ сўзи”, 2017 йил 7-февраль. 
3. Зияев Т.М., Исроилова Ш.Т, Ёқубов Д.Т. “Ишчи кучи ва бандлик 
назариялари” ўқув қўлланма Тошкент-2011. 
4. Абдурахмонов Қ.X, Шoюсупoва Н.Т. “Аҳoли иш билан бандлиги” ўқув 
қўлланма Тошкент-2011. 
 
Tairova M.M. 
BuxDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.n. 
Hamidov Muhammadsodiq BuxDU talabasi 
TURIZM SOHASI KORXONALARIDA INNOVATSION MARKETING 
VA UNDAN FOYDALANISH 
Iqtisodiyotda, xususan, turizm sohasidagi korxonalarda innovatsion faoliyatni 
rivojlantirishda marketingning o’rni va ahamiyati nihoyatda yuqori bo’lib 
hisoblanadi. Turistik korxonlarda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda 
innovatsion marketing texnologiyalarini qo’llash yaxshi samara beradi. 
Marketing tadbirkorlikni boshqarishning muhim asosidir, zero undan 
ko‘zlangan maqsad iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va ushbu ehtiyojlarni qondirish 
maqsadida kichik korxona resurslarini safarbar etishdan iborat. Iqtisodiyotda 
raqobatni keskinlashtirish yo ‘lida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish yanada 
muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Tijorat sohasida marketing ishi samarali 
qo‘llanilishi tufayli ushbu atama korxonani raqobat sharoitida boshqarish 
konsepsiyasi sifatida shakllandi
1
.
Har bir korxona o’ziga xos shart-sharoitlarda faoliyat olib boradi va o’zining 
muayyan maqsadlarini hal etadi va shundan kelib chiqib, marketing tizimi ham uning 
qayerda, qaysi tarmoqda qo’llanilishiga qarab turlicha ko’rinishda bo’ladi. 
Turizm sohasidagi korxonalarda marketing texnologiyalari qo‘llanilishidagi
jiddiy to‘siq bunday korxonalarning moliyaviy resurslari cheklanganligi bilan 
izohlanadi. Kichik korxonalar marketing uchun ulkan xarajatlar qilishga deyarli 
jur’at qilolmaydi. Biroq, bozorni o‘rganish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri (vositachisiz) 
savdo kabi marketing texnologiyalari har doim ham katta mablag‘larni talab 
1
Андреев С.Н., Мельниченко С.Г., Мельниченко Л.Н. Основы некоммерческого маркетинга. – М., 2007. – 
c.256.


11 
qilavermaydi va ko‘p hollarda bu kabi marketing tadbirlarini korxona o‘z ichki
resurslari bilan ham amalga oshirishi mumkin. Yana shunisi ham ma’lumki, 
marketing ishiga e’tiborsiz qarashdan ko‘rilgan bevosita zarar ko‘p hollarda “tejab 
qolingan” mablag‘lardan oshib ketadi
2

Turizm sohasidagi korxonalar kundalik amaliyotida innovatsion marketing 
faoliyatini samarali amalga oshirilishi quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozim: 
- bozordagi holat to‘g‘risida axborotni o’z vaqtida olish hamda uni to’g’ri tahlil 
qilish; 
- marketing maqsadlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va ularga erishishning asosiy 
yo’llarini ishlab chiqish; 
- resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilarning talabi bilan 
moslashtirish hamda bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun mahsulot 
turi va assortimentini shakllantirish; 
- reklamaning rag‘batlantiruvchi tadbirlarini o’tkazish hamda bozorda o’z 
o’rnini, vositachilar va xaridorlarni topish uchun harakat qilish; 
- marketing tizimini yangi korxona sharoitiga moslashtirish uchun kundalik 
boshqaruv ishini tashkil etish va boshqalar. 
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori konyunkturasini o‘rganish, 
innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib
innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad
olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalab 
beradi. 
Innovatsion marketing jarayoni yangi mahsulot to‘g‘risidagi g’oyani hamda 
xaridorning ushbu mahsulotga bo‘lgan talabini aniqlashdan boshlanadi. So’ngra esa 
bozor kompleks tadqiq qilinadi. Mazkur tadqiqotni bozorni segmentlashdan boshlash 
maqsadga muvofiqdir, bu esa bozorni xaridorlar va sotuvchilar guruhiga bo‘lib 
olishni anglatadi. Bozorni segmentlash sektorlar bo’yicha bozorni to‘liq tadqiq qilish 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tadqiqotning maqsadi talab, uning hajmi va 
bozor imkoniyatlarini aniqlash, yangi texnologiya va mahsulot turini kelgusida 
yaxshilash va kengaytirish istiqbollarini belgilash, shuningdek, innovatsiyaning 
pozitsiya egallashini aniqlash hisoblanadi. 
Korxonalarda innovatsion marketingdan foydalanishning obyekti bo’lib, 
intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi 
jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni siljitishning yangicha tashkiliy 
shakllari hisoblanadi. 
Fikrimizcha, innovatsion marketing - maqsadli marketingdir. Turizm sohasi 
korxonalarida innovatsion marketing bozorning muayyan segmentini tanlashga va 
mazkur segmentda mos innovatsiya va marketing majmuini ishlab chiqishga 
asoslanadi. Maqsadli marketingning xarakterli tomoni 
uning 
butun 
bozorga 
yo’naltirilganligi, uning alohida bo’g’inlariga emas, balki alohida qismlariga 
(segmentlar) yo‘naltirilganligidir, u bozorni segmentlash asosida oldindan tanlanadi. 
Bu esa innovatsiya jarayoni, investitsiya doirasi, sotuvchisi va xaridori uchun eng 
2
Багиев Г.Л., Тарасевич В.М. Маркетинг: Учебник. - М.: Экономика, 2007–135с.


12 
yuqori foydani ta’minlovchi bozorning aniq segmentini tadqiq qilinishiga e’tiborni 
qaratishga imkon beradi. 
Demak, “Innovatsion marketing” – korxonaning bozor sharoitlarida tadqiq 
etish asosida uning innovatsion, ishlab chiqarish va sotish faoliyatani 
optimallashtirishga qaratilgan xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Boshqacha 
qilib aytganda, innovatsion marketing - korxonada an’anaviy marketingning usul va 
shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan marketing 
konsepsiyasidir. 
Innovatsion marketingning asosiy maqsadi innovatsiyalarni bozorga kiritish 
strategiyasini ishlab chiqish va yangi mahsulotning bozorda mustahkam o‘ringa ega 
bo’lishi hamda kelgusida uni eksportini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun 
an’anaviy marketingdan farqli ravishda innovatsion marketing asosida innovatsiyalar 
bozorini tadqiq etish, bozorni test qilish, bozor konyunkturasini tahlil qilish, talabni 
shakllantirish, iste’molchilar xulq - atvorini modellashtirish orqali bozor segmentlari 
ishlab chiqish yotadi. 
Innovatsion marketing korxonaga iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, 
zamonaviy biznesda ustuvorlikni “funksional” mahsulotlardan “innovatsion” 
mahsulotlarga o’tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi: 
- funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat 
qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o’tirmasdan xarid qilinadi; 
- innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so’nggi so’zini 
ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha 
qisqaroq bo’ladi. 
Fikrimizcha, turizm sohasidagi korxonalar avvaldan o’z harakatlarini bozorni 
egallashga, 
segmentatsiyalarni 
kengaytirish 
va 
chuqurlashtirishga, 
o’z 
iste’molchilarini shakllantirishga qaratgan bo‘lishlari lozim. Zamonaviy marketing 
faqatgina bozor tahlili va tashqi omillar bilan chegaralanib qolmasdan, balki doimiy 
imkoniyatlarni shakllantirishga ham o’z hissasini qo’shadi. 
Innovatsion marketingda boshqaruv usullari vaziyatga qarab o‘zgarishi 
mumkin. Innovatsiyalarning har bir hayotiylik sikliga alohida usul va strategiyani 
ishlab chiqish talab etiladi. 
Odatda, tadbirkorlarning innovatsiyalarga rag‘bati ularning sifatli, 
raqobatbardosh hamda yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki yanada samarali va 
modifikatsiyalangan texnologiyalardan foydalanish asosida olayotgan foyda 
miqdorini oshirishga intilishi bilan belgilanadi. Muvaffaqiyatli innovatsiyalar 
haqiqatdan ham foyda va hatto qo‘shimcha foyda keltiradi. Lekin, bu qo‘shimcha 
foyda yoki qo‘shimcha foyda yo’lidagi innovatsion bo’sag’adan hamma ham o’ta 
olmaydi, yangi mahsulot va texnologiyalarni o’zlashtirish davrida xarajatlar baland 
bo’ladi. 
Biroq, innovatsion loyiha bilan shug’ullanish uchun tadbirkor imkoniyatga ega 
bo‘lishi lozim. Avvalo, ekspertizadan yoki sinov ekspluatatsiyasidan o’tgan ixtiro 
yoki ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijasi, kamida texnologik qo‘llash uchun 
yaroqli bo‘lgan innovatsion g’oya bo‘lishi lozim. 

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish