31
· turistlarga ovqatlantirish xizmatini ko‘rsatish vaqti;
· dam olishda maxsus qulayliklar (masalan, nogironlar, faxriylar uchun vah.k.);
· personallar gapirishi kerak bo‘lgan tillar;
· turistlar kelishini tasdiqlash muddatlari (bron qilish);
· jarima sanksiyalarini e’lon qilmasdan kelishlarni bekor qilish muddatlari;
· bekor qilish o‘lchami va muddatlari bo‘yicha jarima sanksiyalari;
· ko‘p miqdordagi kelishlar va doimiy bandlik uchun chegirmalar;
· miqdor jihatdan kam kelish, kelishlarning uzilishi, mehmonlarni
joylashtirishdan bosh tortish uchun moddiy javobgarliklar;
· boshqa spetsifik masalalar (masalan, mehmonxonada sauna, bilyarddan
foydalanish nomer narxiga kiradimi yoki yo‘q, basseynning ish vaqti va boshqalar).
Bundan tashqari, xizmatlar yetkazib beruvchi hamkor berayotgan kafolatlarga
ham e’tibor berish lozim. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarda
(shartnomada) narxlarning teskari oshishi imkonsizligi haqidagi shartni (narxlarni
faqat sotilmagan xizmatlargagina oshirish mumkin) ko‘rib chiqish kerak va bu
shartning bajarilishi mexaniznmi ishlab chiqish lozim.
Pastdagi 2-chizmada “K.Komil Bukhara Boutique” mehmonxonasida bir oy
ichida kelgan mehmonlarning qaysi vosita orqali kelganligi ko’rsatilgan.Bundan ham
mehmonxona biznesining rivojida turoperatorning roli qanchalik muhimligini ko’rsak
bo’ladi.Deyarli 65% turist bir oy ichida turoperatorlar tomonidan qilingan taklifga
binoan kelyapti.Bu esa mehmonxonaning deyarli 65% daromadi turoperatorning say-
harakatlari tufayli desak xato bo’lmaydi.
Turoperator turizm rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.Turoperator o’z ishini
bajara turib bir vaqtning o’zida mamlakat elchisi sifatida ham o’z ishini
bajaradi.Mamlakat nomidan reklamani amalga oshirish orqali u mamlakatni tanitish
vazifasini ham o’z bo’yniga oladi. Agar mamlakatga turist olib kirsa, har bitta soha
rivoji uchun ulkan hissa qo’shadi. Mehmonxona tashkiloti, ovqatlantirish
tashkiloti,transport, savdo-sotiq sohasi hamma soha bundan birdek manfaatdor
bo’ladi. mamlakatda turizm sohasining ulushini oshirishni istasak avvalambor
turoperatorlik faoliyatiga e’tibor qaratishimiz lozim. Zero donolar aytganidek,
“Daraxt tomiridan suv ichar”. Biz turizm sohasini bir daraxt deb oladigan bo’lsak,
turoperatorlar shu daraxtning ildizlaridir, mehmonxona esa barglari. Agar ildiz suv
ichsa, daraxt ham gullab yashnaydi, o’z navbatida mehmonxonalar ham. Shunday
ekan, turoperatorlarlik faoliyati bilan shug’ullanadiganlarga imkoniyatlar berish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: