Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

USES LITERATURES 
1. https//simple/m Wikipedia 
2. Thinking through tourism. Julie Scott, Tom Selwyn 
3. Cuture on display: The production of Contemporary Visitability. Bella Dicks 
 
Djabbarov I.G. 
oʻqituvchi, Buxoro davlat universiteti
MEHMONXONA XIZMATLARI SIFATINI JARAYONLI YONDASHUV 
ASOSIDA TAHLIL ETISH 
 
Xizmat koʻrsatish sifati mehmonxona turlaridan birini tanlashda asosiy 
me’zonlardan biri hisoblanadi. Mehmon ishonchini qozonish va uni doimiy mijozga 
aylantirish – mehmonxona barcha boʻlimlari tashvishi hisoblanadi. Shu bilan birga 
xizmat koʻrsatish baholash nisbatan mushkul boʻlgan murakkab kategoriyalardan 
birini tashkil etib, baholashni amalga oshirishda an’anaviy usullarni qoʻllash koʻp 
hollarda nomaqbul hisoblanadi.
Mehmonxonalarda xizmatlar koʻrsatish sifatini baholashni tashkil etish jarayoni 
olimlar M.B. Yefremova va O.B. Chkalovalar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, bu 
toʻrt bosqichni oʻz ichiga oladi.
Uning oʻziga xosligini alohida va kompleks biznes jarayonlarini ishlab chiqilgan 
protsedura va sifat koʻrsatkichlari orqali baholash imkonini beruvchi majmuiy 
yondashuvda namoyon boʻladi.
Mehmonxona xizmatlari sifatini baholashda jarayonli yondashuvni qoʻllash 
chogʻida eng mushkul bosqich – bu biznes jarayonlarni ishlab chiqish hisoblanadi. 
Bunda, dastlab umumiy biznes jarayoni ishlab chiqiladi, keyinchalik koʻrsatkich va 
sifat me’zonlari aniqlanadigan jarayon osti va operatsiyalar shakllantiriladi. Olimlar 
tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarga tayanadigan boʻlsak, mehmonxonadgi umumiy 
biznes jarayonlar soni oʻrta hisobda 200 dan 500 birlikkachani tashkil etishi mumkin. 
Buni aniq misolda keltirib oʻtamiz.
Mehmonxonalarda xizmat koʻrsatish biznes jarayonlarining umumiy koʻrinishi 
2-rasmda koʻrsatilgan.


15 
Mehmonxonalarda xizmat koʻrsatish umumiy biznes jarayonlari oltita 
jarayonostilardan iborat boʻladi: bronlash, tashrif paytida roʻyxatdan oʻtish, oldindan 
toʻlovlar, xonaga joylashtirish, turli xizmatlarni koʻrsatish(ovqatlantirish, 
sogʻlomlashtirish, konferens zallar, xona xizmati, maishiy xizmatlar, chipta 
buyurtmasi servisi va hokazolar), ketish oldidan yakuniy hisob-kitoblar.
Nomerni bronlash(Reservation) haqidagi soʻrov turli kanallar (elektoron pochta, 
faks, telefon, teleks) orqali kleishi mumkin. Soʻrov kelganda komputer yoki daftarda 
mijoz haqida quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi[1, 151]: 

Famliyasi, shaxslar soni, yashash manzili; фамилияси, шахслар сони, 
яшаш манзили; 

Qanday nomer va qancha muddatga kerakligi; қандай номер ва қанча 
муддатга кераклиги; 

Nomer haqini toʻlash kafolati va haqini kim toʻlashi; номер ҳақини тўлаш 
кафолати ва ҳақни ким тўлаши; 

Mijozning alohida xohish-istaklari(xonada gullar, allergiyasi borlar uchun 
parsiz yostiq va sh.k.).
Bronlash, bronlash talabnomasini qabul qilishdan va u haqida yakuniy qarorni 
rasmiylashtirishgacha boʻlgan kichik jarayonostilar yigʻindisidan iborat boʻladi. 
Sifatli xizmat koʻrsatishni taʻminlash uchun ushbu kichik jarayonostilar aniqlab 
olinishi lozim. Xususan, mehmondan buyurtma talabnomasini olish koʻplab 
operatsiyalar koʻrinishida tasavvun qilish mumkin. Muallif tomonidan bronlash 
talabnomasini qabul qilish chogʻida ishlab chiqilgan operatsiyalar 3 blokdan iborat.
I. Shaxsiy aloqani oʻrnatish:
– aniq tanishtiruv: “Xayrli tong(kun, kech), Mehmonxon “X”, “oʻz ismini 
aytish”;
– agar abonent oʻzbek tilida gapirmasa, salomlashuv ingliz tilida takrorlanishi 
lozim;
– yumshoqlik bilan mehmonning ismi aniqlanadi: “Iltimos, oʻzizni tanishtiring” 
yoki, “Sizga qanday murojaat etsam boʻladi?”
II. Kommunikatsiyaning asosiy qismi: 
– mehmondan uning ehtiyojlari haqida ma’lumot olgandan soʻng, albatta 
mehmon talablari toʻgʻri tushunilganligiga ishonch hosil qilish uchun takroriy soʻrash 
lozim;
– ma’lumotlar maxsus bloknotga yozib borilishi zarur.
III. Xayrlashuv: 
– Agar mehmon mehmonxonaga qolishga qaror qilgan boʻlsa, unga 
“Mehmonxonamizda vaqtni maroqli oʻtkazing” deb ayting;
– Agar u mehmonxonada yashamayotgan boʻlsa, xayrlashuvni “Xayr, 
ishlaringizga muvaffaqiyat” deb yakunlash mumkin.
Odatda mijoz eng yaxshi mehmonxonani qidirib, bir nechta mehmonxonaga sim 
qoqadi. Binobarin, rezervlash stoli vakili oʻz mehmonxonasining boshqa 
mehmonxonalardan afzal jihatlarini tavsiflab, mijozning tanlashiga ta’sir koʻrsatishi 
mumkin [1,164]. Oʻzi faoliyat yuritayotgan mehmonxonaning mavjud 
imkoniyatlarini jonli muloqot tartibida olib borishi, berilishi mumkin boʻlgan 
savollarga oldindan tayyorlangan javoblar bilan munosabat oʻrnatishi, muloqot 


16 
qilishning odob-axloq qoidalarini oʻzlashtirganligi administratorning kasbiga 
layoqatliligi va mahoratini aniqlab beradi. Bunda mehmonxona xoʻjaligi xizmaltlari 
bir biri bilan uzviy bogʻlangan xizmatlar va jarayonlardan iboratligini inobatga olib 
har bir karayonni oldindan tuzilgan mezonlardan kelib chiqib xolisona baholash, 
mavjud kamchiliklar yoki mehmonxona iqtisodiy ravnaqiga toʻsqinlik qiluvchi salbiy 
omillarni erta aniqlagan holatda ularning oldini olish mumkin boʻladi.
Jarayonli yondashuv asosida mehmonxona xizmatlari sifatini baholashni 
tashkillashtirishning murakkabligi koʻplab omillarni: mehmonxona turi va 
kategoriyasi, mehmon holati, uning yoshi, millati, xizmat koʻrsatish vaqti va h.k. 
e’tiborga olish bilan shartlangan. Masalan, VIP kategoriyadagi mehmonga xizmat 
koʻrsatish aeroportning oʻzidan boshlanadi: yuqori sinfga tegishli dabdabali 
avtotransport yuboriladi, mehmonni mehmonxona boshqaruvidan bir vakil bir dasta 
gul bilan kutib olishi shart. Mehmonni yuki joyidaligiga ishonch hosil qilgandan 
soʻng mashinaga kuzatib boriladi. Agar VIP mehmonning aniq kelish sanasi aniq 
boʻlmagan hollarda, qabul qilish va joylashtirish xizmati oldindan maʻlumotni 
kuzatib borish, va davriy ravishda mehmonxonaning manfaatdor xizmatlarini 
xabardor qilishi kerak.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish