466
GIDROLIZLANGAN FIBROINNING KUMUSH VA OLTIN(III) IONLARINI
SORBSIYALASH XOSSASI
X.O. Eshchanov, M.M.Baltayeva, N.N.Razzoqberdiyev, B.G‘.Arslonboyeva
Urganch davlat universiteti
Noorganik sorbent moddalardan tashqari tabiiy polimer sorbent moddalar ham
mavjud. Bularga misol qilib tabiiy paxta tolasidan olingan mikrokristallik sellyuloza,
tabiiy ipak fibroini moddalarini ko‘rsatish mumkin.
Tabiiy ipak tolasi o‘z og‘irligiga nisbatan 30% gacha nam yutishi aniqlangan.
Bundan tashqari manbalarda ipakga turli gazlarning sorbsiyalanishi ko‘rsatilgan [1].
Fibroin tolasi har xil moddalarni yutish xossasiga ega. Jumladan tuzlar
eritmasidan rux, qo‘rg‘oshin, temir, qalay, xrom ionlarini, kraxmal, shakar, yelimlar,
tannin sovun moddalarini o‘ziga sorbsiyalaydi. Fibroin suvda o‘ziga
nam yutish
imkoniyatiga ega-natijada cheklangan bo‘kishi 30-40% ga teng. Sof fibroinning
namlikni saqlashi ipakka nisbatan 1,2 % ga kam. Tabiiy ipakning amorf qismlari 70%
namlikni, kristall qismlar esa 30% namlikni yutadi. Kislotalar va ayniqsa ishqorlar
eritmalarida fibroinning boʻkishi ortadi. Fibroinning ishqorlarda bo‘kishi qaytmas
xarakterli bo‘lishi mumkin [2].
Tabiiy ipak fibroini polifunksional tarkibli modda bo‘lgani uchun,
uni sorbent
sifatida qo‘llash imkoniyatlari juda katta. Ipak olish korxonalarida hosil bo‘luvchi
ipakning tolali chiqindilaridan sorbsiya xossasi yuqori bo‘lgan gidrolizlangan fibroin
(GF) olindi. Gidrolizlangan fibroinni turli sharoitlarda olish o‘rganildi va optimal
sharoit aniqlandi [3]. Ipakning tolali chiqindilaridan oq rangli kukunsimon GF olindi.
Ipak fibroinidan olingan kukunsimon GF zarrachalarining sirt yuzasida yoriqlar
va g‘ovakliklar vujudga kelishi tufayli sorbsion xossa kuchayadi.
Ammo suvli
eritmalarda bo‘kish xossasiga ega polimerlarning sorbsiyalash xossasini aniqlashda
ba’zi qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Chunki eritmada bo‘kuvchi sorbent ham erituvchini,
ham erigan moddani o‘ziga yutadi. Bu esa sorbsiya jarayonidan oldingi va keyin
qolgan eritmaning konsentratsiyalari farqidan sorbsiyalash darajasini aniqlashda
xatoliklarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday holatlarda agar sorbent yuqori harorat
ta’sirida parchalanuvchi yoki biror moddada eruvchan bo‘lsa
uning sorbsiyalash
darajasini aniqlash mumkin.
GF da sorbsiya jarayonini olib borganda ham xuddi yuqoridagi xususiyat ya’ni
sorbsiya jarayonida bo‘kish kuzatiladi. GF ning sorbsion xossasini aniqlash maqsadida
0,015M li Au
3+
va Ag
+
ionlarini ma’lum vaqtlar davomida sorsiyalash xususiyatlari
o‘rganildi (1- va 2-rasmlar). GF ning Au
3+
va Ag
+
ionlarini sorsiyalash xossasini
aniqlash uchun metall ionini
yutgan sorbet filtrlab olinib, mufel mechda 650-700˚C
haroratda to‘liq parchalangunicha qizdirildi. Olingan qoldiqlar xona haroratigacha
sovutildi. Kumushli qoldiq konsentrlangan nitrat kislotada va oltinli qoldiq esa zar
suvida to‘liq ertildi. Olingan eritmalardagi kumush va oltinning konsentratsiyalarini
spektrofotometriya usulida aniqlandi.
467
1-rasm. Au
3+
ionlarining GF
ga sorbsiyalanish darajasi
2-rasm. Ag
+
ionlarining GF ga sorbsiyalanish darajasi
Eritmalardagi kumush va oltinning miqdorini bilish orqali GF kukunlariga qancha
miqdorda Ag
+
va Au
3+
ionlarini sorbsiyalaganini bevosita aniqlash mumkin. Olib
borgan tadqiqotlarimiz natijasida 0,015 M li kumush ionlari tutgan eritmada sorbsiya
jarayoni 24 soat vaqtdan keyin deyarli o‘zgarmaganligi kuzatildi va sorbsiyalash
darajasi 100 mg/g ga tengligi aniqlandi. Au
3+
ionlarining GF ga sorbsiyalanish jarayoni
528 soat davomida kuzatilib borildi. Au
3+
ionlarini sorbsiyalash darajasi 16
soatdan
keyin deyarli o‘zgarmaganligi va sorbsiyalash darajasi o‘rtacha 660 mg/g ga teng
bo‘lishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: