312
“ELEKTROLITLAR VA NOELEKTROLITLAR” MAVZUSINI
O‘QITISHDA GRAFIK ORGANAYZERLARNI QO‘LLANILISHI
Safayev Sh.O., Abduraxmonova T.R., Masharipova A.K.
Urganch Davlat universiteti Kimyo kafedrasi o’qituvchisi
Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’limda
yuqori
samaradorlikka erishish uchun o’qitishning noan’anaviy metodlaridan , ya’ni
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turli metodlaridan dars mavzusiga mos
ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Maktabda kimyo kursini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni juda
muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv jarayonlarida grafik organayzerlardan o‘quv
mavzusi materiallarini
ko‘rgazmali usulda taqdim etishda va o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda
foydalaniladi. Grafik organayzerlarni ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarida
samarali foydalanish mumkin. Grafik organayzerlarning
asosiy ustunligi shundaki,
o‘quvchilar mustaqil yondashgan holda o‘tilgan mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini shu
darsning o‘zida qayta takrorlashlariga va xotirasiga muhrlashlariga yordam beradi.
“Elektrolitlar va noelektrolitlar” mavzusini mustahkamlashda elektrolitlar va
noelektrolitlarning farqli va umumiy tomonlaini ko‘rsatish
maqsadida Venn
diagrammasidan foydalanish qulay. Bunda o‘quvchilarga Venn diagrammasi haqida
qisqacha ma’lumot beriladi, songra doskaga bir birini kesib o‘tgan
ikkita aylana
chiziladi.
Aylanalarning
birinchisiga
ELEKTROLITLAR
va
ikkinchisiga
NOELEKTROLITLAR deb yoziladi . Har bir aylanaga ularning farqli tomonlari va
aylanalar kesishgan joyga umumlashtiruvchi tomonlari yoziladi.
Elektrolitlarning eritmalari elektr tokini o‘tkazishi sababini o‘quvchlar
xotirasida saqlab qolishlarini ta’minlash uchun “Nima uchun?” grafik organayzeridan
foydalanish samara beradi. Bunda o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va o‘rtaga
muammo qo’yiladi va unga “nima uchun?” so’rog‘i beriladi va muammoning
dastlabki sababi aniqlanmaguncha bu jarayon davom etadi.
Grafik organayzerlardan eng ko’p qo’llaniladigan
samarali metodlardan biri
“Klаstеr” mеtоdi hisoblanadi. “Klаstеr” mеtоdi puxta oʻylangan strаtеgiya boʻlib,
Elektrolit
eritmalari elektr
tokini o‘tkazadi
Eritmada
ionlar
mavjud
Qutbli
erituvchuda
ionlarga
dissotsilanadi
Ion
tuzilishli
moddalar
Nima
uchun?
Nima
uchun?
Nima
uchun?
313
undan oʻquvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan
mashgʻulotlar jarayonida foydalanish yaxshi samara beradi. Shuningdek, klaster juda
moslashuvchan metoddir. Uni barcha fanlarni oʻrganishda
individual yoki guruhli
tarzda hamda boshqa metodlar bilan birgalikda qoʻllash juda yaxshi samara beradi.
Elektrolitlar va noelektrolitlarga qanday moddalar kirishini o‘quvchilarga
ko‘rgazmali ravishda ko‘rsatib berish uchun Klaster grafik organayzeridan
foydalanish mumkin. Dastlab doskaga kalit “Elektrolitlar”, “Noelektrolitlar” so‘zlari
yoziladi, shundan so‘ng bularning har biri kimyoviy birikmalarrning qaysi sinfiga
kirishi shajara shaklida yoziladi va moddalarga o’quvchilar mustaqil fikrlagan holda
misollar keltiradilar:
Xulosa
qilib aytganda, “Elektrolitlar va noelektrolitlar” mavzusini oʻqitishda
grafik organayzerlarni qo’llashning afzalligi shundan iboratki, bu usul yordamida
oʻquvchining ushbu mavzu doirasida koʻrish hamda fikrlash xotiralari shakllanadi va
mustahkamlanadi. mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: