305
ionlanuvchan yoki kam eruvchan moddalar boʻlgan kuchsiz elektrolitlarni hosil qiladi
va H
2
O↔H
+
+OH
-
muvozanatni oʻng tomonga siljitadi. Agar tuzlarning
gidrolizlanishida H
+
ionlari sarflanib ketsa, eritmada OH
-
ionlar ortib qoladi va eritma
ishqoriy muhitga ega boʻladi. Yoki, aksincha, OH
-
ionlari sarflangan boʻlsa, eritma
kislotali muhitga oʻtadi.
Tuzning qanday tipda gidrolizlanishi uni hosil qilgan
kislota bilan asosning
kuchiga bog'liqdir. Masalan, kuchli asos (NaOH, KOH) va kuchli kislota (HCl,
HNO
3
, H
2
SO
4
, HClO
4
) dan hosil boʻlgan tuzlar (NaCl, NaNO
3
, KNO
3
, KCl)
gidrolizlanish jarayonida ishtirok etmaydi. Chunki, bunday tuzlarning ionlari H
+
va
OH
-
ionlarini oʻziga bog'lamaydi va kam ionlanuvchi (boshqacha aytganda, yangi)
modda – kuchsiz elektrolit hosil qilmaydi. Bunday eritmalarning muhiti neytraldir.
Organik birikmalar - murakkab efirlar, yog'lar, uglevodlar va oqsillar tuzlardan
farqli oʻlaroq, koʻpincha suv bilan ta'sirlashganda ion hosil qilmaydi. Yog'
mahsulotlari suvda erimaydi ham. Xoʻsh, ularning gidrolizi qanday kechadi?
Organik birikmalarning gidrolizlanishi, odatda
katalizatorlar - mineral
kislotalar, ishqorlar, fermentlar (organizmda) ishtirokida amalga oshadi. Ular
kundalik turmushning eng muhim kimyoviy oʻzgarishlaridan biridir. Shu sabab, ular
toʻg'risida alohida fikr yuritamiz.
Yog' va moylar uzoq vaqt turib qolganda yoki ular qayta ishlanganda havo
kislorodi, yorug'lik kabilar ta'sirida taxirlanadi, ya'ni yoqimsiz hidga va ta'mga ega
boʻlib qoladi. Bu jarayonda oʻzgaruvchan miqdorga ega boʻlgan
erkin kislotalar
(masalan, moy kislota) hosil boʻladi. Ana shu kislotalar gidrolizlanishni tezlashtiradi.
Oziq-ovqat sanoatida oʻlchov birligi sifatida qoʻllaniladigan
"gidroliz soni" ham,
aynan, shu jarayonga asoslangan. Bu yerda, yana shuni qayd qilish kerakki, yog'lar
juda sekin gidrolizlanadi. Masalan, tristearin glitserid gidrolizlanganda dastlab
distearin, soʻng monostearin, nihoyat glitserin va stearin kislota hosil boʻladi.
Kundalik turmushda bunday gidrolizlanishning oldini
olish uchun ular yopiq holda,
salqin joyda saqlanishi tavsiya etiladi. Shunday hollar mavjudki, sanoatda, texnikada
yog' va moylar maqsadli gidrolizlanadi. Bu jarayonlarda uchunchi komponent sifatida
sulfokislota, kanakunjut oʻsimligi urug'idan va qora molning qorin osti bezidan
olingan lipazadan foydalaniladi.
Yog'lar ishqorlar ta'sirida oson gidrolizlanib, glitserin va sovunga aylanadi.
Kiyim - kechaklardagi kirlar sovun ishtirokida yuvilganda esa tozalanadi. Chunki,
sovun kuchsiz kislota va kuchli asosdan iborat tuz boʻlgani
uchun u suvda
parchalanadi. Natijada eritma ishqoriy muhitga ega boʻlib, yog'lardan iborat kirlarni
yumshatadi. Sintetik yuvuvchi moddalarning afzalligi shundaki, ular oʻzida magniy
va kalsiy ionlarini tutgan qattiiq suvda ham dissotsiyalanish qobiliyatiga ega.
Kraxmal mineral kislotalar ishtirokida qizdirilganda
uning katta molekulalari
suvda eriydigan kichkiroq dekstrinlarga parchalanadi. Shuningdek kraxmal, enzimlar,
ya'ni solod tarkibidagi diastaza va soʻlakdagi ptealin fermentlari ta'sirida gekstrinlar
hosil qiladi. Ular oʻz navbatida gidrolizlanib maltozaga, maltoza molekulalari esa,
ikki molekula D-glyukozaga aylanadi.
Shunday qilib, keng ma'noda olganda gidrolizlanish - turli moddalar va suv
orasidagi almashinib parchalanish reaksiyalari boʻlib,
ulardan kundalik turmushda,
texnikada maqsadli foydalanish mumkin.