92
Dunyo sehrli ertakka oʻxshaydi. Gʻaroyib sarguzashtlar kutilmaganda
roʻy beradi. Toʻra Sulaymon dunyoni qalqib turgan soyga qiyoslagan. Daryo
yoki dengiz bagʻridagi soy tinch turmaydi. Dengiz suvi uni toʻlgʻontiradi Shu
kabi dunyo ham sokin emas. Donishmandlar qaddi dilga oʻxshatilyapti ta’bi
bukchayganroq ular koʻp koʻrguliklarni koʻrib shu holga tushmagan. Osmon
bagʻrida turgan oy hammasiga guvoh. Bu manzarani koʻrib erta-yu kech afgʻon
chekadi. Biz buni koʻrmaymiz. Toʻlgʻoʻzgargandan oyning yuzlariga dogʻlar
tushgan. Bunday dardga pastdagi insonlar befarq.
Bu she’rni tahlil ya’ni ilmiy jihatdan qaraganda oy toʻlgʻonmaydi.
Metaforaning yorqin namunasidir. Toʻra Sulaymon she’riyati oʻsha haqidagi
bitikdir, janobi Toʻra Sulaymon alamzada goʻzallarga ana endi oʻzingiz javob
beravering degandi. “Goʻroʻgli sulton bir yon “degan kitobda shoir. Toʻra
Sulaymon mahbubasini yanayam ulugʻlay boshladi. Mana quyidagi jumladan
koʻrish mumkin.
Bir kokili Sir boʻlsa, ul biri Zarafshon bu!
Sir deb Sirdaryoni daryosi, Zarafshon deganda Zarafshon daryosi
nazarda tutilgan. Aynan daryo, oʻlka soʻzlari tushib qolgan. Ixchamlikka
erishgan va metonimiya soʻz koʻchishi vujudga kelgan. Toʻra Sulaymon
she’rlarida metanimiyaning mohiyati katta ixchamlikka erishish. Shoirlar
yorning sochini toʻrga oʻxshatilgandilar, zanjiriga oʻxshatgandirlar, bir
zamondosh shoir, hatto sharsharaga ne boʻpti, sharshara ne boʻpti! Toʻra
Sulaymon mahbubini shunchalar yuksaklarga koʻtardiki, ulugʻlaganda ham
ortiqcha kuchlanidhlar sezilmaydi”. Metanimiyada ikki predmet oʻrtasida
doimiy aloqaning mavjudligi sababli biri aytilganda, ikkinchisini beradi“
deyilgan.[6.28-bet.] Misol uchun quyidagi she’rni keltirish mumkin :
Yigʻlab oʻtar boʻlsam Mashrabday zor- zor
Qaygʻularim qaddi dollarga tushgay
Mashrab ishq shaydosi, Mashrabday deganda shoir tushib qolgan.
Mashrab deb yozishda uni mashhur shoirligi tushuniladi. Koʻz oldimizda
93
gʻazallari keladi. Mana shu yerda metonimiya hosil qilingan. “Orzularim“
she’rida ham mavjud:
Tabiatan tilagim:
Tutganim oltin boʻlsa.
Aytganlarim yurakka
Koʻzga qoʻshay yaqin boʻlsa.
Tutganim deganda tutgan narsani tushunamiz. Aytganlarim deganda
aytgan soʻzlarimni nazarda tutgan. Qisqartirish yoʻli orqali metonimiya
usuldan foydalanilgan.
Munosib boʻlolsam amolingizga
Yangi mehri Toʻraqullara tushgay
Toʻra Sulaymon ijodining bahosi aniq, u katta shoir edi. Toʻraqul deganda
Toʻraqul degan kishi nazarda tutilyapti.
She’r - koʻngil mulki. Olamni shoirona idrok etilmaydigan boshqalarga
noma’lum jihatlarini shoirlar koʻra oladi. Shoirlik qismat;
Qosh qorasi – qorasi
Xasta dil sadporasi.
Xol boʻlguncha boʻlarsiz
Bu jahon ovvorasi.
Qosh qorasi deganda goʻzal ma’shuqa nazarda tutilgan, qoshi orqali
qizga ishora. Qism orqali butun tushunilgan. Sinekdoxa mavjud.
Dunyo faqat ezgulikka yoʻgʻrilmagan fisq – fasod, boshiga ish tushsa,
deganda dunyo tashvishlarini tushunamiz. Sinekdoxadan foydalanilgan. Shuni
aytish lozimki, qoʻshnimni deganda butun bir oila yoxud bir shaxs koʻz
oldimizdan oʻtadi. Uning harakati, fazilatlari koʻz oʻngimizda gavdalanadi. Bu
sinekdoxaning oʻziga xos xususiyatidir.
Toʻra Sulaymon oʻzbek she’riyatining katta, qudratli safida borgan
yengilmas lochinidir. Toʻra Sulaymon shoirtabiat xalqimizning oʻz soʻzi –
obrazli tili bilan soʻzlaydi. Toʻra Sulaymon ijodida xalqchillik bor.
94
Umuman olganda, Shoirning ijodi xalqchil, uning har qanday yurakni
junbushga keltiradigan, erita oladigan, oʻylashga, mushohada yuritishga
majbur qiladigan, goʻzallikni tushunishga, borliqni chin ma’noda qabul qilishga
oʻrgatadigan, insonlarni ma’naviy shakllanishida yordam beradigan she’rlari
anchagina. Asl shoirlar, asl ijodkorlarning ikkinchi umri boʻladi, deyishadi.
Ikkinchi umr- bu ular vafot etganlaridan keyin ham xalq va odamlar yuragida,
ularning xotirida davom etadigan umrlaridir. ”She’ri xalq qoʻshigʻiga aylangan
shoirning umri uzun boʻladi. Uning umri oʻzbekman degan millat dunyoda
yashagani qadar yetadi. Aslida esa, ana shu xalq qoʻshigʻiga aylangan she’rlar
tufayli oʻzbekning umri ham dunyo turguncha turadi”[5.26-bet]Darhaqiqat,asl
shoirlar oʻlmaydi. Ular xalq yuragida mangu yashaydilar. Toʻra Sulaymon ham
betakror she’riyati, goʻzal ijodi bilan xalqimizning yuragida mangu qolajakdir.
Umrboqiy asarlar yaratib kelgan buyuk shoirimizning xotira chirogʻini aslo
oʻchirmagaymiz.
Xulosa qilib aytganda, Toʻra Sulaymon ijodiga nazar tashlar ekanmiz,
she’rlarida til lisoniy hodisalarining barcha koʻrinishlarini uchratamiz.Biz
ushbu maqolada faqatgina soʻz ma’nolarining koʻchish usullariga toʻxtalib
oʻtdik.
Do'stlaringiz bilan baham: