101
Etak-etak teradir… (Terim zarbdori)
Xoʻp saralab teradir,
Xas-u choʻpdan tozalab. (Terim zarbdori)
Xullas, shoirning badiiy til mahorati uning leksik ma’nodoshlikdan
foydalanishida ham kuzatiladi. Ma’nodoshlar tasvir tiniqligi, badiiy
barkamollik, nazarda tutilayotgan asosiy gʻoyaga urgʻu berishlikni ta’minlash
maqsadida qoʻllaganligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Usmon Nosirning mahorati
yana shundaki, u faqat tilda mavjud boʻlgan, tayyor ma’nodosh soʻzlardangina
foydalanib qolmaganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: