113
№
Bolalar tilida
Izohi
1
Atata
Urmoq, kaltaklamoq
2
Achom
Quchoqlash
3
Totoy
Tik turish
10-jadval. Tajriba ishtirokchilar nutqida qoʻllangan neologizmlar.
№
Berilgan savol
Bolaning javobi
Ismi, sharifi,
yoshi
Ota-onasining
kasbi
1
Uyingizda qanday
hayvonlar bor?
Uyimizda chip-
chiplar... quqular,
bobolar bor
RY (4 yosh)
Otasi harbiy,
onasi bogʻcha
tarbiyachisi
2
Yana nimalar bor?
Xoʻshoʻsh, babachaq
bormi?
...bor
RY (4 yosh)
Otasi harbiy,
onasi bogʻcha
tarbiyachisi
3
Nechta babachaq bor?
Mashincha (qoʻlini
koʻrsatadi) 2 ta
babachaqni qassob
kelib soʻydi
RY (4 yosh)
Otasi harbiy,
onasi bogʻcha
tarbiyachisi
4
Choy qanaqa ekan?
Poooo, pooo
MA (2 yosh)
Ota-onasi
vaqtincha
ishsiz
5
Sizga qaqa bersam
nima deysiz? Mana
qaqa beraman
...Boʻyiz huchcha
boʻlsin
SA (3 yosh)
Otasi
tadbirkor,
onasi bank
xodimi
6
Sizga nima qilishdi?
Qoʻlizga nima qilishdi?
Meni tomoqim
ogʻridi, Oʻzbegimda
morojna yedim.
Duxtiy jiqqa qildi.
Yaqibbek keldi.
RY (4 yosh)
Otasi harbiy,
onasi bogʻcha
tarbiyachisi
8
Nima yeysiz? Menga
nima berasiz yeyishga?
Bermayman,
ketasiz...
Nanna, qaqa
bermang, apa...
Menga planshetizni
tashlab ketasizmi?..
AS (5 yosh)
Ota-onasi
vaqtincha
ishsiz
Qaqa bering, lala
berasizmi?
9
Yosinbek, parkda nima
boʻlibdi?
Bogʻda... boʻji
tishtavoldi
qorovildi
RY (4 yosh)
Otasi harbiy,
onasi bogʻcha
tarbiyachisi
10
Qanaqa diditlar bor?
Haligi nima...
minadiganlar bor,
soati bor diditlar
bor
RY (4 yosh)
Otasi harbiy,
onasi bogʻcha
tarbiyachisi
114
Sifat turkumiga mansub soʻzlar orasida keltirilgan “po” “issiq” ma’nosini
ifodalovchi soʻz bolalar nutqida qoʻllanganda bir narsa e’tiborimizni tortdi.
Agar bolalar juda issiq demoqchi boʻlishsa, “po” soʻzining boʻgʻinini
kuchaytirish orqali “poooo” tarzida qoʻllashadi va bu grammatikada
uchraydigan sifatning orttirma darajasini hosil qilishdagi qoidaning aynan oʻzi
boʻladi. Katta soʻzining orttirma nisbatini hosil qilish uchun kaaatta (birinchi
boʻgʻinni choʻziq talaffuz qilish orqali) tarzida aytishning oʻzi ham kifoya.
Yuqoridagi “babachaq” va “pooo” soʻzlarini inobatga oladigan boʻlsak, bolalar
tilida ham ayrim grammatik xususiyatlar mavjud boʻladi. Bundan tashqari,
bolalar neologizmining yuzaga kelish sabablari bilan tilning vujudga kelish
sabablaridagi oʻxshashliklar ham shundan dalolat beradiki, bola nutqi
haqiqatan ham nutqning ibtidosidir.
Fe’l turkumiga mansub neologizmlar orasida “totoy” soʻzi hali bir yoshga
toʻlmagan yoki yurishni bilmaydigan bolalar uchun kattalar tomonidan
qoʻllanadigan soʻz boʻlib, u buyruq maylida “tik tur, bitta-bitta qadam bos”
ma’nolarida ishlatiladi. Bolalar neologizmni asosida vujudga kelgan
odatlarimiz ham mavjud boʻlib, bola yurishni boshlagan vaqtda mahalladagi
uch-toʻrt bolani yigʻib, qand sochish – “qaqasochaloq” marosimi oʻtkaziladi.
(Andijon viloyati Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlogʻida hali ham
mavjud.) Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, “rus tilshunosligida amalga
oshirilgan ba’zi tadqiqotlarda e’tirof etilishicha, bolalar nutqidagi hech bir
yangi soʻz original boʻlmaydi” [3]. Mazkur fikrni rad etmagan holda yuqorida
biz neologizm deb hisoblagan soʻzlarning aksariyati tilimizda taqlid va undov
soʻzlar sifatida qoʻllanishini aytadigan boʻlsak, boshqa tomondan bu soʻzlar
oʻzining lugʻaviy ma’nosini yoʻqotib boshqa ma’no kasb etayotganligi bu farazni
rad etadi. Bu hodisani balki transpozitsiya atamasi bilan ham izohlash
mumkindir. Lekin tilimizda hech qanday vazifada qoʻllanmaydigan “xoxoy”,
“nanna” va shu qator soʻzlarning mavjudligi yana fikrimizni tarqatib yuboradi.
Yana bir e’tiborli tomoni bolalar nutqidagi neologizmlarning yosh xususiyati
boʻlib, bu koʻrsatkich asosan 1-4 yoshlar oraligʻida deb baholansa boʻladi.
115
Yuqoridagi til paydo boʻlishiga oid farazlar misolida ham bolalar tilini tilning
chin ma’nodagi ibtidosi deb atashimiz mumkin.
Xulosa. Fan-texnika taraqqiyoti bolalar nutqidagi neologizmlarga ham
ta’sir koʻrsatmay qolmagan. Tadqiqot mobaynida bolalarga mashinani
koʻrsatib, bu nima deb savol berilganda, “Cobalt” deb javob berganlari ham
topildi. Bolalar nutqida uchraydigan neologizmlar noyob va kamyob
hisoblanadi. Oʻzbek tili uchun sheva xususiyatlari qanchalik kerakli boʻlsa,
bolalar nutqidagi neologizmlar ham etimologiya, psixolingvistika fanlari uchun
shunchalik muhimdir. Bundan tashqari ularda yana ahamiyatlisi neologizmlar
bola oʻzi tomonidan yaratilishi ham, ota-onalar ta’siri ostida ham yaratilishi
mumkin. (taktak, achom) Bolalar neologizmlari aniqlanganda ularning vaziyat,
sheva va ijtimoiy muhit bilan bogʻliq hodisalari inobatga olinishi kerak.
Neologizmlar til strukturasining inson ongi tomonidan oʻzlashtirilishi
jarayoni tilning paydo boʻlish jarayoni bilan muayyan oʻxshashlikka ega. Bu
jarayonda til strukturasida koʻzga tashlangan bir qancha qonuniyatlarni ham
koʻrishimiz mumkin:
Babachaq (baba – asos, -chaq qoʻshimcha) – qoʻzichoq;
Poooo – iiiisssiq.
Bola qaysidir tushunchani nomlar ekan, ongning oʻxshatish funksiyasini
qoʻllaydi. Uning chiqargan ovozi, tashqi koʻrinishi bola uchun ahamiyatli.
Do'stlaringiz bilan baham: