117
qalamiga mansub “Qutadgʻu bilig” dostoni turkiy yozma badiiy adabiyotning ilk
yirik namunasi boʻlib, Yusuf Xos Hojibdan bizgacha yetib kelgan yagona adabiy
meros sanaladi. Mazkur asar yillar oʻtsa hamki oʻz qiymatini yoʻqotmagan. Boisi
ushbu asar, bir tomondan, yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan boʻlsa, boshqa
tomondan esa “Qutadgʻu bilig” didaktik ruhdagi, ta’lim-tarbiya, odob-axloq
mavzusiga bagʻishlangan badiiy asardir. Yusuf Xos Hojib asarda shaxs tarbiyasi,
uning jamiyatdagi oʻrni, komillik shartlari, umrni bekorga oʻtkazmaslik, turli
ijtimoiy tabaqaga mansub kasb-kor egalarining ma’naviy-axloqiy mezonlari,
davlatchilik, qat’iyat tamoyillarini qalamga olgan. Shuning uchun bu asar
hozirgi kunda ham, yuqorida aytilganidek, badiiyligi va boy ma’naviy,
tarbiyaviy ahamiyatini yoʻqotmagani holda, bugungi hayotimizda, ayniqsa,
davlat arboblari uchun dasturulamal boʻlib xizmat qiladi.
“Qutadgʻu bilig” dostoni bugungi kunda nafaqat adabiyotchilar
tomonidan, balki tilshunos olimlar tomonidan ham atroflicha oʻrganilmoqda.
Mazkur maqolada ham asar tili tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlilga tortiladi.
Maqolada “Qutadgʻu bilig” dostonining til xususiyatlarini tahlil qilar ekanmiz,
ularni hozirgi zamon tilshunosligining yangi yoʻnalishlaridan biri hisoblangan
pragmalingvistika nuqtayi nazaridan koʻrib oʻtamiz.
Ma’lumki, zamonaviy tishunoslikning til birliklarini inson omili bilan
bogʻliq holda oʻrganuvchi yoʻnalishlardan biri pragmalingvistikadir. Bu
yoʻnalishda til birliklarini tahlil qilish jarayonida ularni nutq vaziyati, soʻzlovchi
va tinglovchilarning obyektiv borliq toʻgʻrisidagi umumiy bilimlari singari
tashqi omillarga e’tibor qaratiladi. Pragmalingvistikada til birligining nutq
vaziyati, kontekst bilan bogʻliq holda oʻrganuvchi masalalaridan biri deyksis
nazariyasidir.
Pragmalingvistikada til birliklari orqali kommunikativ muloqot
ishtirokchilari, muayyan voqelik, u amalga oshirilgan vaqt, oʻrin kabilarga
ishora qilish deyksis hodisasi sifatida, tilning ishora birliklari esa deyktik
birliklar tarzida talqin etiladi. “Deyksis” soʻzi yunoncha “koʻrsatish”, “ishora”
degan ma’nolarni anglatadi. Tilshunoslikda esa “voqelikka ishora” demakdir.
118
Deyktik vositalarning asosiy vazifasi nutqiy faoliyatda lisoniy shaklni
voqelik bilan bogʻlash hamda unga nisbatan shaxsiy munosabat bildirishdir.
“Deyksis belgilarning mohiyati shundan iboratki, ular mazmunni – voqea, belgi,
narsalarni bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora, havola qiladi, shunga
koʻra ularni mazmunan kuchsiz, boʻsh soʻzlar sifatida qarash mumkin” [1, 18]
Deyktik birliklarning muhim xususiyatlaridan biri uning ishoraviyligi
boʻlsa, asosiy vazifasi esa soʻz takrori orqali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan
uslubiy gʻalizlikdan xalos etish, matn qismlarini bogʻlashdir. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, “kontekst qurshovining kuchi, ayniqsa, deyksis hodisasi
Do'stlaringiz bilan baham: