Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Paulsen, F. Morten, Online Education. Global learning from a Scandinavian Perspective.
(NKI Forlaget. Norway, 2003), 25-28
2.
https://www.learndash.com/how-long-should-videos-be-for-e-learning/
3.
Mayer, R. E., & Moreno, R. (2003). Nine ways to reduce cognitive load in multimedia
learning. Educational Psychologist, 38(1), 43–52.]
905
ID-020-30-X004
Sevara Umurzakova
Oʻzbek tili fakulteti 1-kurs talabasi
ALISHER NAVOIY IJODINI O‘RGATISHDA O‘ZBEK TILI
O‘QITUVCHILARIDA KOMPETENTLILIK XUSUSIYATI
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek mumtoz adabiyoti
namunalarini o‘rgatishda innovatsion yondashuv talab qilinishi, bunda o‘zbek tili
o‘qituvchisida kompetentlikning muhim ahamiyatini Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”
asari misolida tahlil qilinishi keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Kompetentlilik, Alisher Navoiy, “Mahbub ul-qulub”, xulq-atvor, o`quvchi,
ijod, axloq, fikrlash, nasihat, falsafa.
Annotation. This article calls for an innovative approach to teaching Uzbek classical
literature in other language groups, with an analysis of the importance of competence in the
Uzbek language teacher on the example of Alisher Navoi's Mahbub ul-Qulub.
Keywords: Competence, Alisher Navoi, “Mahbub ul-qulub”, behavior, student, creativity,
ethics, thinking, advice, philosophy.
Mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganish, o‘rgatish asrlar osha
sayqallanib kelgan adabiyotimiz mohiyatini oydinlashtiradi. Hazrat Navoiy
asarlaridagi ezgulik, milliy qadriyatlarni o‘zga tilli guruh o‘quvchilariga
tushuntirishda o‘qituvchidan ta`limga an`anaviy va zamonaviy yondashuvni
talab qiladi.
O‘zga tilli guruhlarda Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarini
o‘rgatishda kompetentlik masalasi qanday ahamiyatga ega ekanligini tahlil
qilishga harakat qilamiz. Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida yuksak
insoniy fazilat va ezgulikni madh etish, targ‘ib, tashviq etish bilan
cheklanmaydi. U ayni zamonda odamlardagi yomon, nopok, insoniylikka xilof
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
906
xislatlarni, insonlar uchun, jamiyat uchun zararli, sharafli inson sha’niga
yarashiqsiz xulq- atvor va sifatlarni qoralaydi, tanqid ostiga oladi. Navoiy bu
qismda, o‘zining ijtimoiy qarashlariga oid fikrlarini davom ettiradi,
chuqurlashtiradi, yangi-yangi dalillar bilan asoslaydi. Navoiy ilm ahlini g‘oyat
yuksak baholaydi, mamlakat obodonligini ta’minlashda, xalq ahvolini
yengillashtirishda ularga juda katta umid bog‘laydi.
Yangi mavzuni tinglashga, diqqatini qaratish uchun o‘quvchilarga savol
bilan murojaat qilishdan boshlash kerak.
Siz Alisher Navoiyning axloqiy –falsafiy yo‘sinda yozilgan qanday
asarlarini bilasiz? Bildiriladigan fikr-mulohazalarga “Nima uchun?”, “Nima
sababdan?” so‘rovlari orqali yondashiladi. Javoblar qabul qilingach, o‘qituvchi
tomonidan yangi mavzuning mohiyati haqida ma`lumot beriladi. O‘zbek tili
o‘qituvchisida kompetentlik muhim ahamiyat kasb etadi. Kompetentlik nima?
Kompetentlilik-lotincha “competens” so‘zidan olingan bo‘lib, layoqatli,
qobiliyati bor degan ma’nolarni anlatadi. Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy
bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik, hamkorlik,
guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati, real baholay olish, mantiqiy
fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.
O‘qituvchi shu tamoyillarni yaxshi o‘zlashtirib, dars jarayonida faoliyat
ko‘rsatadi. Quyida darsni tashkil qilish va asarni tahlil qilishga oid usullar bilan
tanishamiz.
Yangi mavzuning bayoni, xususan, “Mahbub ul-qulub” asarida tanbeh va
hikoyatlarning mohiyati o‘qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi.
Navoiy ijodkor inson, kashfiyotchi olim, teran mushohadali tarixchi,
nozik didli mutasavvuf, aruz ilmining bilimdoni bo‘lganlar. She’riyat mulki
sultonining qay bir asarini olmaylik, unda insonning ma’naviy tarbiyasi bilan
bog‘liq biron fikr, hikmat uchramasdan qolmaydi
Hikmatli so‘z, pand-u o‘git sharq adabiyotining qon-qoniga singib
ketgan. “Mahbub ul-qulub” asarida pand-u nasihat, axloqiy qarashlar bosh
mavzuga aylanib, to‘g‘ridan to‘g‘ri ifoda etiladi, ularga har tomonlama ta’rif
907
berilib, falsafiy-axloqiy xulosalar chiqariladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib
chiqib “Mahbub ul-qulub” pandnoma yoki nasihatnoma ekanligiga amin
bo‘lamiz. Darsda taqdimotdan foydalanish mumkin:
Alisher Navoiy bu asarni 1500-yilda yaratgan, arab tilidan
“Ko‘ngillarning sevgani” deb tarjima qilinadi. Asarda o‘zining 60 yillik umri
mobaynida ko‘rgan–kuzatganlarini teran tahlildan o‘tkazib muayyan xulosalar
chiqargan donishmand adibning bizlarga qoldirgan buyuk ma’naviy merosidir.
O‘quvchilarga darslikdan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlar ham beriladi.
“Mahbub ul-qulub” 3 qism, 127 ta tanbeh, 13 ta hikoyatdan iborat.
Musajja san’atining nodir na’munasi hisoblanadi. [2, 25-bet]
1-qismda insonlar xulq-atvorida uchraydigan yaxshi- yomon xislatlar,
illatlar haqida;
2-qismda tasavvufiy allomalar va ular hayoti bilan bog‘liq hikoyatlar;
3-qismda pand-nasihat ruhidagi 127 ta tanbeh kiritilgan.
O‘quvchilarning faolligini oshirish uchun ularga asardagi mashhur
jumladan o‘qib berish yaxshi taassurot hosil ettiradi, masalan:
Bahrdin qatrag‘a ta’zim ila tahsin ko‘rdim,
Mehrdin zarraga e’zoz ila ehson topdim.
Ya`ni, Dengizning tomchiga ta’zim ila tahsin qilganini ko‘rdim.
Quyoshning zarraga e’zoz va ehson ko‘rsatganiga guvoh bo‘ldim.
Mavzuni mustahkamlash uchun “Xotira” mashqidan foydalaniladi.
O‘quvchilarga tarqatmalar beriladi, shu tarqatmadagi berilgan jumlaga o‘z
munosabatini bildiradilar.
1-O‘quvchi: Saxovat insoniyat bog‘ining hosildor daraxti.
908
2-O‘quvchi: Hilm bu- muloyim tabiatlik odamiylik olamining javohir
tog‘idir.
3-O‘quvchi: Bayt; Yaxshi so‘zga kim mast-u behush bo‘lsa
Sharbat ichida zaharni totli qiladi.
4-O‘quvchi: Har kimningki so‘zi –yolg‘on,
Yolg‘onligi bilingach, uyatda qolg‘on.
5-O‘quvchi: Qita’ Yor uldirki,o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani
Yoriga ham ravo ko‘rmagay
O‘zi yori uchun o‘lmoqqa tayyor esada
Lekin yorini bu ishga sherik qilmagay.
6-O‘quvchi: Bayt; Gahi topdim falakdin notavonlig‘,
Gahi ko‘rdum zamondin kamronlig‘,
Base issig‘, sovug‘ ko‘rdum zamonda,
Base achchig‘, chuchuk totdim jahonda.
7-O‘quvchi: Safar-xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni
singdiruvchidir. Odam uchun doim harakatda bo‘lish hayotlikdan asardir;
jonsiz mavjudotlar tiriklik nishonasidan bexabardir.
O‘qituvchi: Safar-ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi
mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir.
Bildirilgan fikr-mulohazalarga “Nima uchun?’’, “Nima sababdan?’’
so‘rovlari orqali yondashiladi, izohi talab qilingan so‘zlar uchun lug‘at ishi
amalga oshiriladi.
“Moslikni toping” usulidan foydalanib, o‘quvchilarga jadval
to‘ldirtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |