Grammatikani o‘rgatadigan:
https://youtu.be/USlucVmBGOk
Muammolar:
•
To‘g‘ri talaffuz;
•
Grammatika (morfologiya va sintaksis);
•
Lug‘at;
•
Madaniyatni o‘rgatish;
•
Bilimlarni sinash.
Eng katta muammo shundaki, chet elliklarga o‘zbek tilini o‘qitishga
mo‘ljallangan hozirgacha yaratilgan onlayn mazmunning deyarli 50 foizi
boshqa millat vakillari tomonidan ishlab chiqilgan.
Yechim:
Fonetika. Har bir tilning deyarli boshqa barcha tillardan farqlanuvchi
alohida talaffuz tizimi mavjud. Ayni bir belgi turli tillarda turlicha, so‘zning har
xil qismida o‘zgacha talaffuz qilinadi. O‘zbek tili alifbosi lotin alifbosiga
asoslangan bo‘lsa-da, tovushlar lotin alifbosidan foydalanuvchi boshqa
tillardagidan anchayin farqli. Ba’zi tadqiqotchilar tilni grammatikadan
boshlash kerak, degan fikrni ilgari surishadi. Bizning fikrimizcha, agar tilni
o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida to‘g‘ri talaffuz me’yorlari o‘rgatilmasa,
grammatik qoidalar to‘liq o‘rganilgandan keyin ham, talaffuzni qayta tuzatish
anchayin qiyin, ba’zan imkonsiz. Shu sababdan, o‘zbek tilini o‘rgatish ishini
fonetikadan boshlash kerak va bunda avval chet elliklar uchun talaffuz
qoidalari o‘rgatilishi, undan keyingi bosqichda o‘zbeklar tomonidan talaffuz
qilinishi qiyin so‘zlar o‘rgatilishi kerak. Bu o‘rganuvchilarning haqiqiy til
muhitiga integratsiyasini tezlashtiradi.
•
Chet elliklar uchun muammo tug‘diradigan o‘zbek fonologiyasi
xususiyatlarini o‘rgatish:
https://youtu.be/C6WqhKZ0nuo
;
•
Til egalari (o‘zbeklar) duch keladigan fonetik muammolar bilan
tanishtirish:
https://youtu.be/x4T96RReg4c
902
Grammatika. Ma’lum bir reja ishlab chiqilib uslub tanlab olinsa,
grammatik qoidalarni onlayn darslar orqali o‘rgatish qiyin emas. Izohlar o‘zbek
yoki ingliz tilida berilish+idan qat’i nazar, istalgan mavzuni aniq tushuntirish
mumkin.
Lug‘at. Videoda lug‘atni faqat izoh yoki animatsiya yordamida
tushuntirish mumkin. Izoh uslubida o‘qituvchi ma’lum bir so‘zni aytadi va
uning nimaligini tushuntirib beradi. Animatsiya yordamidagi izoh usulida
izohlanayotgan so‘zning tasviri ko‘rsatiladi va o‘qituvchi uni orqa fondan
tushuntiradi. Umuman olganda, video ko ‘rinishidagi lug‘at o‘rgatishda audio
albatta bo‘ladi. Matn ko‘rinishidagi lug‘at onlayn bo‘lsa, audiosi bo‘ladi, oflayn
faylda audio bo‘lmaydi.
Izohlab lug‘at o‘rgatish:
https://www.youtube.com/watch?v=nuMIRI8Ypi4&feature=youtu.be
Animatsiya
yordamidagi
lug‘at
o‘rgatish:
https://youtu.be/rVk6dTmAWvc
Audiosiz matn ko‘rinishidagi lug‘at:
https://ieltsliz.com/crime-and-
punishment-vocabulary/
Audioli matn ko‘rinishidagi lug‘at:
https://www.english-at-home.com/vocabulary/english-words-for-
crime-and-punishment/
Do'stlaringiz bilan baham: |