Keywords: literature, research, source, writer, ghazal, rubai, manuscript, comparison,
tradition.
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
833
Bugungi kunda xalqning jahonda tan olingan oʻringa va dunyo
voqeliklarini talqin etishda oʻziga xos shaklga ega boʻlishi muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Bunda har bir xalqning ma’naviy merosini, mafkurasini, milliy
ruhini koʻrsatib beruvchi mumtoz adabiyot ham katta ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim-tarbiya sohasida ajdodlar merosini yoshlar ongiga singdirish ustuvor
yoʻnalishlardan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi
“Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga
ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-
tadbirlari” da: “Yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng
dunyoqarashga ega boʻlgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash,
oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda,
mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazish” [1] kabi vazifalar belgilangan. Bu esa
barcha fanlarni, xususan, adabiyot darslarini oʻquvchilar ruhiy, psixologik, yosh
va jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish, zamonaviy
oʻquv materiallari va texnologiyalari yordamida dars soatlari tashkil etishni va
kitobxonlik madaniyati shakllantirish lozim ekanligini koʻrsatmoqda.
Mazkur vazifalarni ado etishda umumta’lim maktablarda mumtoz
adabiyotning bugungi oʻqitish holatlarini, mumtoz matn ustida ishlash
jarayonidagi xato va kamchiliklarini koʻzdan kechirish hamda ularni aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Umumta’lim maktablarida mumtoz adabiyot oʻqitish
samarasini qoniqarli ahvolda deb, afsuski, ayta olmaymiz. Bu borada Valijon
Qodirov “Umumta’lim maktablarida oʻzbek mumtoz adabiyoti na’munalarini
oʻqitishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi dissertatsiyasida:
“Bizningcha qoniqarsiz ahvolning ikki: obyektiv va subyektiv sabablari mavjud
boʻlib biri boshqasining chuqurlashuviga sabab boʻlmoqda. Obyektiv omillar
oʻqituvchi shaxsiyatidan koʻra koʻproq ta’lim mazmuniga mas’ul muassasalar,
direktiv hujjatlar bilan bogʻliq. Biz bunda, avvalo, standartlar, dasturlar, darslik
va metodik hamda oʻquv qoʻllanmalarini nazarda tutmoqdamiz…
834
…Oʻqitishdagi nomukammalliklarning subyektiv – adabiyot oʻqituvchisi
shaxsi bilan bogʻliq sabablari ham bor. Muallimlar tayyorgarligining pastligi
mumtoz adabiyot na’munalarini oʻrganishdagi oqsashlarning asosini tashkil
qiladi” deb ta’kidlaydi [6, 14-15].
Darhaqiqat, metodis olimning bu fikrlari ilmiy, nazariy jihatdan dolzarb.
Xususan, 6-sinf uchun moʻljallangan adabiyot darsligining “Soʻzda hikmat bor”
nomli boʻlimida mumtoz adabiyot na’munalaridan – xalq qoʻshiqlari, Alisher
Navoiy, Muhammadsharif Gulxaniy, Avaz Oʻtar, Abay ijodidan na’munalari oʻrin
egallagan [2, 27-78]. Oʻquvchilar aynan shu nazariy ma’lumot orqali
oʻqitilmoqda. Ammo eng dolzarb tomoni shundaki, ular faqat darslikdagi
nazariy ma’lumot orqali cheklanib qolishmoqda. Yozuvchining tili, uslubi va
badiiy mahorati, asarning mohiyatini anglash oʻrinlari esa ochiq qolmoqda.
Valijon Qodirov dissertatsiyasida: “… oʻqituvchilar oʻquvchi baribir mumtoz
matnni tushunmaydi, undan ma’no chiqarishga qiynaladi degan bahonani
roʻkach qilib asarlar mazmunini soʻzlab beradilar va bolalardan ham shuni
talab qiladilar” [ 6, 17].
Bu mumtoz matnning oʻqitishdagi eng katta ogʻriqli nuqtaga
aylanmoqda. Bolalar matn mazmunini soʻzlab berish bilan cheklanmoqda. Bu
nomukammallikning subyektiv –oʻqituvchi shaxsi bilan bogʻliq sabablari ham
bor. B.Toʻxliyev yozadi: “…badiiy asarni qanday tahlil qilish kerak? – degan
savolga bir xildagi javobni berib boʻlmaydi. Bunga tahlilning maqsad va
vazifalari, uni tahlil qilayotgani va kim uchun tahlil qilayotgani, badiiy
matnning yaratilgan davri, muallif maqsadi, janri, uslubi, shakli singari koʻplab
omillar ta’sir oʻtkazib turadi” [ 3,3]. Kuzatamizki, darsliklarning deyarli
barchasida asar na’mularidan soʻng ularning mazmuni nasriy bayon sifatida
beriladi. Bu agar matn oʻquvchiga tushunarli boʻlmasa yoki uni oʻzlashtirishda
qiynalsa nasriy bayondan foydalanib, oʻzi chiqargan xulosa bilan taqqoslab
oʻrganishi uchun berilgan.
6-sinf adabiyot darsligida mumtoz na’munalaridan A.Navoiyning
“Mahbub ul-qulub” asaridan parcha keltirilgan. “Mahbub ul-qulub” tili bir
835
qadar mukammal boʻlgani holda darslikda asar tabdili ham havola qilingan [2,
36-46]. Biroq ba’zan oʻqituvchi oʻquvchilarga asarning faqat tabdilinigina
oʻqittirib, undan tayyor luqma sifatida foydalanmoqdalar. Ya’ni oʻquvchilar
faqat nasriy bayonni oʻqib, asarning asl varianti parchasi bilan xatto
tanishmayaptilar. Misol tariqasida “Mahbub ul-qulub” 11-tanbehning Saxovat
va himmat bobidan keltiramiz:
Asl variantda: “Saxovat insoniyat bogʻining borvar shajaridur, balki ul
shajarning mufid samaridur. Odamiyliq kishvarining bahri mavjvari, balki ul
mavj bahrining samin gavhari. Saxovatsiz kishi – yogʻinsiz abri bahor va
royihasiz mushki tator
.
Mevasiz yigʻoch hamon-u oʻtun hamon va yogʻinsiz
bulut hamon-u tutun hamon”, tarzida kelgan.
6-sinfda berilgan tabdil: “Saxovat insoniyat bogʻining hosildor daraxti,
balki u daraxtning foydali mevasidir. Saxovat odamiylik mulkining mavj urib
turgan dengizidir, balki u toʻlqinli dengizning bebaho gavharidir. Saxovatsiz
odam yogʻinsiz bahor bulutiga va hidi yoʻq mushk-anbarga oʻxshaydi. Mevasiz
daraxt ham bir-u, oʻtin ham bir; yogʻinsiz bulut ham bir-u, tutun ham bir” [2,
36-46].
Oʻylaymizki, tushinilishi qiyin boʻlgan soʻzlar izohi matn ostida keltirilsa
ham oʻquvchi uni tushuna oladi. Albatta, oʻqituvchi lugʻat bilan ishlash
koʻnikmasini shakllantirishda oʻquvchiga yordam beradi. Xattoki,
oʻrganuvchining soʻz boyligi oshadi. Tayyor tabdilni oʻrganish ularning fikr-
doirasi faqat muallif chiqargan xulosa bilan cheklanib qolishiga olib keladi.
Mumtoz adabiyotni oʻrganishda berilgan mazvu va matnlardan soʻng
savol va topshiriqlar berilgan. Bu topshiriqlar oʻquvchilar mavzu boʻyicha
olgan fikrlarini mustahkamlash, matn mohiyatini ochishga qaratilgan.
Oʻquvchilar bular orqali hayot haqiqatiga tayangan badiiy haqiqatni anglashi
lozim.
Valijon Qodirov dissertatsiyasida aytadi: “Ijodkor badiiy matn yaratar
ekan, hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantiradi. Adabiyot darslarida
muvaffaqiyatli tuzilgan savol, topshiriqlar esa ters jarayonni vujudga keltiradi:
836
oʻquvchi badiiy haqiqat orqali hayot haqiqatiga qaytadi, turmushga chuqurroq
nazar tashlaydi, olam va odam muammolari borasida fikr yurita boshlaydi” [6,
23].
Savol va topshiriqlar ularni izlanishga, asarga badiiy yondashishga,
fikrlarini umumiy xulosa tarzida ifodalay olishga undashi kerak. Ularni qay
tarzda tuzilgani ham oʻrganish saviyasini belgilab beradi. Amaliyotda savol va
topshiriqlar mohiyatiga koʻra ikki guruhga ajratiladi:
a) Faktologik;
b) konseptual.
Faktologik savollar asosan darslikdagi faktlarni qayta soʻzlab berishni
koʻzlaydi. Bunday savollar koʻp boʻlgan darslikda oʻquvchilar matn mohiyatini
tushunish uchun izlanmaydilar, fikrlamaydilar, faqat tayyor javobni matn
ichidan topadilar. Mumtoz adabiyotni oʻrganishda bu bir nuqtada qotib
qolishning omili boʻlib qoladi. Savol va topshiriqlarning berilishidan asl
maqsad esa oʻquvchi fikrini yanada oydinlashtirish.
Konseptual savollar oʻquvchilarni oʻylashga, fikrlashga, mustaqil nazar
bilan qarashga, e’tiborli boʻlishga, oʻziga xosliklarini topishga, farqlay olishga
chorlaydi. Berilgan na’munaning mohiyatini anglashga yordam beradi. 6-sinf
darsligidagi “Zarbulmasal”da quyidagi savollar keladi:
1. Gulxaniy haqida bilganlaringizni gapirib bering.
2. “Kabutar bilan Zogʻ” hikoyatidan qanday ma’no uqdingiz?
3. Qoʻlidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta, sharmanda boʻladi
degan fikr qaysi masalda aks etgan?
4. “Tuya bilan Boʻtaloq” hikoyati nima haqida? Boʻtaloq onasidan nega
xafa boʻldi? Ona tuyaning javobini sharhlang.
5. “Toshbaqa bilan Chayon” hikoyati mazmuni orqali qanday ibratli fikr
ilgari surilgan? Tushuntirib bering.
6. Oʻz ahvolidan doim shikoyat qilib yurish, noshukurlik illatlari fosh
qilingan hikoyani topib sharhlashga urinib koʻring-chi.
837
7. “Yodgor poʻstindoʻz” hikoyalarida qanday xulqli odamlar hajv qilinadi?
8. “Zarbulmasal”dan keltirilgan naqllardagi odamlarning latifanamo holatini
sharhlang. 9. “Zarbulmasal” deb qanday asarga aytiladi?
10. Daftaringizga “Zarbulmasal”dagi maqol va iboralarni koʻchirib oling.
Ularni hozirgi maqollar bilan taqqoslang [ 2, 62].
Ushbu savol va topshiriqlardan 4-5-6-7-8-10- savollar konseptual savol
sifatida berilgan va bu oʻquvchini matnni sharxlashga, taqqoslashga fikr
erkinligini oshirishiga yoʻl ochadi. Oʻquvchilar oʻz mulohazalarini bildirishga va
asoslashga harakat qiladilar. Bu ularni shaxsiy fikrlash doirasini kengaytiradi.
“Asoslashga urindimi, u mustaqil fikrlay boshlaydi, mustaqil fikrlay boshladimi
, demak, shaxs sifatida shakllana boradi [5, 79].
Mumtoz adabiyot oʻqitishdagi bu muammolarga xalq ta’lim
muassasalarida ayni bir oʻqituvchining ham adabiyot, ham ona tili fanining
oʻqitayotgani ham sabab boʻlmoqda.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, mumtoz adabiyotni oʻrganishda
oʻqituvchi mahorati, oʻquvchilarni tushinishga harakat qildirishi muhim omil
hisoblanadi. Endi shakllanib kelayotgan avlod uchun oʻqituvchi koʻrsatayotgan
yoʻnalish e’tibor markazidadir.
Oʻquvchilar mumtoz adabiyot mazmun- mohiyatini tushunishda
koʻnikma hosil qilishi maqsadida berilgan muallif fikrlaridan toʻgʻri
foydalanishi lozim.
Shuningdek, umumiy oʻrta ta’lim ikkinchi bosqichining dastlabki boʻgʻini
boʻlgan 5-6-7-sinf yoshidagi oʻsmirlari uchun “Adabiyot” darsliklariga material
tanlashda ularning psixologiyasi, ma’naviy olami, fikrlash doirasining ham
hisobga olinishi ta’lim samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. Oʻqitishda
zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham foydalanish ahamiyatlidir. “Oʻquv
materiallarini oʻquvchi yaxshi oʻzlashtirishi uchun unga doir illyustratsiyalarni
koʻpaytirish, ijodkorlarning uy-muziylari haqidagi ma’lumotlarni ham kiritish,
ular haqidagi badiiy va hujjatli filmlar katalogini berish maqsadga muvofiqdir”
[6, 20].
838
Mumtoz mavzularni oʻzlashtirishda quyidagi holatlarga amal qilish
kelajakda samara beradi, deb oʻylaymiz. Bir umumta’lim maktablarida ona tili
va adabiyot fanlarini oʻqitishda mutaxassis masalasiga e’tibor qaratish,
xususan, ona tili fanini oʻtadigan oʻqituvchi adabiyot fanini chuqur oʻtishi
gumon. Yoki aksincha.
Darsliklarda asar matnini asliyati berilishi maqsadga muvofiq koʻrinadi.
Nasriy bayonlar darslikka kiritilishi shart emas. Bu holat oʻqituvchini ham,
oʻquvchini ham oʻz ustida ishlamasligiga sabab boʻladi. Asliyatni tushinish
uchun matn ostida lugʻatlar berilishi yetarli. Shundagina oʻquvchi mumtoz soʻz
sehrini sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |