Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet492/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   488   489   490   491   492   493   494   495   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

ID-020-30-M016 

Mahliyo Xurramova 

Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti 2-kurs talabasi 

 

DARSLIK VA MANBA QIYOSI 



  

Annotatsiya. Maqolada umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 5-sinf oʻquvchilari uchun 

moʻljallangan Adabiyot darsligidagi mumtoz adabiyot namoyandalarining ijod namunalari asl 

manba bilan qiyoslangan. Darslikdagi kamchiliklar, tuzatishlar oʻrganib chiqilgan. Bu orqali 

maktab darsligining zamon talablariga qay darajada javob bera olishi ustida izlanilgan.  



Kalit soʻzlar: adabiyot, darslik, alloma, devon, internet, telegram, instagram, facebook, 

talab, oʻquvchi, maktab, matn, kompyuter. 

Annotation.  The  article  compares  the  works  of  the  representatives  of  classical 

literature in the 5th literature textbook for 5th grade students of general secondary schools 

with the original source. Shortcomings and corrections in the textbook are studied. Through 

this,  research  was  conducted  on  the  extent  to  which  the  school  textbook  could  meet  the 

requirements of the time. 

 Keywords: literature, textbook, scholar, devon, internet, telegram, instagram, facebook, 

demand, student, school, text, computer.  

 

 



Bugun axborot texnologiyalari rivojlanib, insoniyat umri shiddat bilan 

oʻtayotgan zamonda dunyo ahli kitob oʻqish bilan birga kompyuter, telegram, 

instagram, facebook singari ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma’lumotlar bilan 

ham oʻz bilim va imkoniyatlarini oshirib bormoqda.  

Bugungi  kun  oʻquvchisi,  eng  avvalo,  mutolaa  jarayoniga  jiddiy  e’tibor 

bermogʻi lozim. Shu oʻrinda oʻquvchi asosiy oʻquv materiali sanalgan darsliklar, 

ularda  qamrab  olgan  mavzularni  astoydil  oʻzlashtirishi,  esdan  chiqarmasligi 

lozim.  E’tibor  qaratilsa,  maktab  adabiyot  darsliklariga  kiritilgan  mavzular 

matniga  talab  shundayki,  Adabiyot  darsligi  imloviy,  uslubiy  kamchiliklardan 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

840 


xoli, asl matnga tayanilgan holda yozilgan boʻlishi kerak. Chunki darslik orqali 

badiiy asar qiroati bilan doimiy hamnafas boʻlish zarurligi seziladi. Shu oʻrinda 

savol tugʻiladi: Bugungi avlod oʻqiyotgan, oʻrganayotgan darsliklar yuqoridagi 

talablarga  javob  bera  oladimi?  Bu  savolga  javobni  biz  umumiy  oʻrta  ta’lim 

maktablarining 5-sinfi uchun moʻljallangan Adabiyot darsligidan izladik.  

Maqolada  5-sinf  Adabiyot  darsligiga  Imom  Buxoriy,  Alisher  Navoiy, 

Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Aminxoʻja Muqimiy, Sa’diy Sheroziy 

singari mumtoz siymolar ijodidan lavhalar keltirilgan. 

Bugun  darsliklarning  zamon  talabiga  muvofiq  kelishi,  oʻquvchilar 

dunyoqarashi, tafakkurining shakllanishida mumtoz adabiyot namunalarining 

eng inja shakllarini yosh avlodga yetkazish masalasi muhim sanaladi. 

Darslikning  107–115-sahifalarida  Zahiriddin  Muhammad  Bobur 

ruboiylaridan namuna berilgan. Darslik mualliflari 1994-yilda   nashr etilgan 

Bobur  “Devon”iga  tayanishgan.  Nashr  bilan  darslik  solishtirib  chiqilganida 

ruboiylar  matnida  qoʻllanilgan  tinish  belgilarida  kamchiliklar  va  xatoliklar 

koʻzga tashlanadi:  

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,  

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. 

Yaxshi kishi koʻrmagay yomonlik hargiz,  

Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidur. [1.110]. 

Nashrda: 

Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur! 

Har kimki, jafo qilsa – jafo topqusidur! 

Yaxshi kishi koʻrmagay yomonlik hargiz,  

Har kimki, yomon boʻlsa – jazo topqusidur! [2.72]. 

Koʻrinadiki,  misralardagi  tinish  belgilari  tubdan  farq  qiladi.  Darslik 

mualliflari nashrdagi kamchilikni bartaraf etishgan.  

Boburning  “Har  yerda  gul  boʻlsa  –  tikan  boʻlsa,  ne  tong?!”  deb 

boshlanuvchi  ruboiyninsi  1-,  3-misrasida  ikki  xillikni  koʻramiz.  1-misrada 

“tikan” tarzida, darslikda esa “tikon” deya berilgan. Shoirning “Yo qahr-u gʻazab 




 

841 


birla  meni  tufroq  qil…”  deb  boshlanuvchi  ruboiysidagi  “Rab”  soʻzi  nashrda 

kichik harf bilan va “rab” deb yozilgan. Darslikda bu kamchilik bartaraf etilgan.  

 Darslik: 

Yo Rab, sengadur yuzum qaro gar oq qil! [1, 112]. 

 Nashr: 

Yo rab, sengadur yuzum qaro gar oq qil! [2, 81].  

Demak, darslikda bu kamchilik bartaraf etilgan. 

 Darslikda  iste’dodli  adib  Muqimiy  “Sayohatnoma”  asari  kiritilgan. 

Bunda 1974-yilda chop etilgan Muqimiy “Asarlar” toʻplamidan foydalanilgan. 

Nashr va darslikni taqqoslaganimizda ba’zi farqlar koʻrindi. 

 Darslik:  

Bir ma’raka koʻrdim butun,  



Jami yopingan boshga toʻn,  

Boqsamki, besh yuzcha xotun 

Voiz soʻzin tinglor ekan [1, 118]. 

 Manba:  

Bir ma’raka koʻrdim butun,  

Ja’mi yopingan boshga toʻn,  

Boqsamki, besh yuzcha xotun 

Voiz soʻzin tinglor ekan. [3, 427]. 

Koʻrinadiki,  darslikda  manbadagi  xatolik  bartaraf  etilgan.  Quyidagi 

xatoliklar ham darslikda toʻgʻrilab ketilgan: 

Darslik: 

Mingboshilik kimning ishi,  

 

Desam, dedi bedonishi,  



Bir “qoʻshtegirmonlik” kishi,  

Xoʻja Iso badkor ekan. [1, 118]. 

Manba: 

 

  



Mingboshilik kimning ishi,  

  

Desam, dedi bedonishi,  




 

842 


  

Bir “Qoʻshtegirmonlik” kishi,  

 Xoʻja Iso badkor ekan. [3, 427]. 

 Darslik:  

 

Magʻrur, xasis-u besh-u kam,  



 

Har gapda yuz ichgay qasam. 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   488   489   490   491   492   493   494   495   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish