Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet487/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 Tarjimasi: 

 Bu xat emas, har bir shodlik negizidir. 

 Xursandchilik va ayni hosil qilishning yangi sababidir. [1.190b.] 

Bertels  har  ikkala  ijodkor  ham  ma’no  uchun,  ham  she’riyat  mazmuni 

uchun kurashganliklari, muhabbatni tarannum etganliklari, ijodlaridagi rang-

barangliklar haqida ham o‘zining xulosalarini keltirib o‘tgan. 

Mashhur  matnshunos  olim  Porso  Shamsiyev  “Jomiy  va  Navoiy” 

majmuasining muqaddimasida bu ikki yondosh qalb egalari haqida quyidagi 

fikrlar bildirgan edi: “Chin insoniy xislatlardan sabot, matonat, g‘ayrat tolmas 

mehnatkashlik  bu  ikki  do‘stning  mushtarak  xususiyatlari  bo‘lib  qoldi.  Bu 

mushtarak xususiyat bulardagi buyuk ijodiy kuch va mahoratning deyarli bir 

mezonda  borganligida  ko‘rinadi.  Jomiy  biror  asar  yozsa,  birinchi  galda 

Navoiyga taqdim etar, kerak miqdorda isloh etishni, kamchilik va nuqsonlarni 

ko‘rsatib berishni talab etar edi. Navoiy Jomiyni o‘ziga madadkor, qiynalganida 

mushkullarini  hal  qiluvchi  va  ishlarga  rag‘batlantiruvchi  ulug‘  homiy  va 

murabbiy deb bilar edi.” [2.]Porso Shamsiyev ularning maktub va yozishmalari 

asosida “Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy” nomli to‘plam e’lon qilgan. Ikki 

ulug‘  shoirning  hayoti,  ilmiy  va  adabiy  faoliyati  haqida  tanishtiruvchi  ushbu 

asar ular haqidagi eng muhim ma’lumotlar bilan boyitilgan. Ustoz tomonidan 

ilmiy jamoatchilik uchun eng muhim manba “Xamsat-ul mutahayyirin” asari 

nashr ettirilgan. 

Navoiy  va  Jomiyning  ustoz-shogirdlik  munosabatlari  asosida  ijod 

qilganliklari ular yaratgan asarlarida ham ko‘zga tashlanadi. Ulug‘ tojik shoiri 

va mutafakkiri bo‘lmish Jomiy o‘z shogirdi va muridi Alisher Navoiy maslahati 

bilan  1486–1488-yillarda  “Nafohat  ul-uns  min  hazorat  ul-quds”  [3.]  (“Pok 

zotlar  huzuridan  esgan  do‘stlikning  xush  islari”)  asarini  yaratadi.  Qomusiy 

yo‘nalishda yozilgan asar tarkibi muqaddima bilan boshlanib, unda 618 zohid, 

so‘fiy, mutasavvif hayoti va faoliyati haqida bayon qilinadi. Asar xotima bilan 

yakunlangan.  Oradan  biroz  muddat  o‘tgandan  keyin  Navoiy  “Nasoyim  ul-



 

830 


muhabbat min shamoyim ul-futuvvat”  [4]  (“Ulug‘lik  xushbo‘yliklarini 

taratuvchi muhabbat shabbodalari”)ni Jomiy asari asosida o‘zbek tiliga tarjima 

qilib,  unga  ayrim  yangiliklar  qo‘shadi.  Muqaddimaga  navoiyona  ruh  beradi. 

Navoiy  Jomiy  asariga  kiritilmagan  turk  mashoyihlarini  “Nasoyim  ul-

muhabbat”ga  kiritib,  unda  770  nafar  tasavvufiy  ijodkorlar  haqida  ma’lumot 

beradi.  “Nafahot  ul  uns  min  hazorat  ul-quds”  asarida  keltirilgan  ijodkorlar 

haqida  ham  yangi  qo‘shimcha  manbalar  keltirilgan. Bu asarlarning 

muqaddimalarida tasavvufning ko‘pgina nazariy masalalari haqida ma’lumot 

berilgan. A. Abduqodirov muqaddimalardagi o‘xshash va farqli jihatlar haqida 

to‘xtalib o‘tgan [5.69]. 

 Abdurahmon Jomiy vasfi Navoiyning ko‘p asarlarida uchraydi. Alisher 

Navoiy “Xamsa”, “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat” kabi asarlarida 

Jomiy  haqida  ayrim  boblarni  bitgan  bo‘lsa,  “Xamsat  ul-mutahayyirin” 

to‘laligicha “vasfi vasfg‘a sig‘mas” va ta’rifi ta’rifiga rost kelmas” ulug‘ insonga 

bag‘ishlangan.  Alisher  Navoiy  Jomiyni  ta’riflar  ekan,  unga  nomiga  o‘xshash 

bo‘lgan “jom” so‘zini shakldosh sifatida oladi, tajnis va ihyom san’atlari orqali 

ustozining  barkamol  ma’naviy  olamini  ko‘rsatuvchi  poetik  timsolini 

tasvirlaydi.  

Mumtoz  adabiyotimiz  necha  asrlardan  buyon  g‘arb  olimlari  nigohida 

bo‘lib  kelmoqda.  Xususan,  Fransiyada  Mark  Tautant  Navoiy  ijodiy  faoliyati 

borasida  ko‘plab  tadqiqotlarni  amalga  oshiradi  va  tarixiy  konteksda,  asl 

manbalar  orqali  o‘rganishga  jiddiy  e’tibor  qaratadi.  U  “Jomiyning  Navoiyga 

bo‘lgan  ta’sirini  o‘rganish:  “Saddi  Iskandariy”  va  “Xiradnomayi  Iskandariy” 

(Evaluating Jami’s Influence on Nava’i: The case studies of the Khiradnama-yi 

Iskandari  and  the  Sadd-i  Iskandari)  [6]  nomli  maqolasida  Navoiy  va  Jomiy 

o‘rtasidagi  munosabatlarni,  Jomiyning  ta’sirini  matnli  dalillar  bilan  ko‘rsatib 

beradi [6.60]. Navoiy yaratgan “Saddi Iskandariy dostoni” Jomiy masnaviysini 

ham tushunishga yordam beruvchi vosita sifatida baholaydi. 

 Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  Navoiy  va  Jomiy  aloqalarini,  ijodiy 

hamkorligini, shaxsiyatini o‘rganish har ikkala shoirning adabiyot sohasidagi 




 

831 


yangi ijod qirralarini kashf etishiga, har ikki ijod sohibining adabiy merosini 

boyitishga  xizmat  qiluvchi  omillarni  yaratishga  yordam  beradi.  Navoiy  va 

Jomiyning o‘zaro do‘stlik rishtalari biz yosh avlod uchun doimo ibrat maktabi 

bo‘lib xizmat qiladi. 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish