Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

“Kalila va Dimna” (Hind masallari – “Panchatantra”), “Qobusnoma” , “Javome ul 

–  hikoyot  va  lavome  ul  -  rivoyot”  (hikoya  va  rivoyatlar  kitobi)  shular 

jumlasidandir.  

Birgina,  “Javome  ul  –  hikoyot  va  lavome  ul  –  rivoyot”  asarini  oladigan 

boʻlsak,  bu  asar  Muhammad  Avfiy  tomonidan  hijriy  630  (milodiy  1232/33) 




 

606 


yilda Hindistonda yaratilgan boʻlib, muallif bu asarni yaratishda fors – tojik va 

arab  tilidagi  yuzga  yaqin  manbadan  foydalangan,  hind  adabiyotidan 

bahramand boʻlgan. Manbalar orasida Abu Rayhon Beruniyning “Al – osor al – 

boqiya ani –l – qurun al – holiya” , “Kitob  ul – hind” asarlarini , “Dastur ul – 

vuzaro”,  “Tarixi  Turkiston”,  “Havossi  ashyo”,  “Tarixi  Tabariy”,  “Qobusnoma” 

asarlarini koʻrish mumkin [5, 207] Yuzga yaqin manbalardan ijodiy foydalanish 

asosida  yaratilgan  “Javome  ul  –  hikoyot”  keyingi  mulliflar  uchun  ajoyib  –u 

g‘aroyibotlarga toʻla hikoya va rivoyatlarning boy manbayi sifatida xizmat qildi. 

Ayniqsa,  asarning  toʻrtinchi  qismida  keltirilgan  “Dar  bayoni  ahvoli  sodir  va 

ajoyibi bihor va bilad va taboei hayvonot” (“Sodir boʻlgan ahvol va dengiz va 

shaharlar  ajoyibliklari  va  hayvonlar  tabiati  bayonida”  )  bobi  xilma  –  xil 

mavzudagi ajoyib va g‘aroyib hikoyalarni oʻzida mujassamlashtirgani, yuksak 

badiiy fantaziyasi, obrazlarning sirli va moʻjizakorligi jihatidan yaqqol ajralib 

turadi [5,206]. 

Oʻzbek  xalq  og‘zaki  ijodidagi  fantastik  elementlarning  ta’siri  ostida 

oʻzbek mumtoz adabiyotida ham fantastik tasvir, fantastik boʻyoqdorlik yuzaga 

kela boshladi. 

Oʻzbek 

mumtoz 


adabiyotida 

fantastik 

tasvirni 

deyarli 


koʻpchilikijodkorlar asarlarida uchratishimiz mumkin. 

Jumladan, 



Rabg‘uziyning 

«Qissasi 

Rabg‘uziy», 

Xorazmiyning 

«Muhabbatnoma», Navoiyning «Xamsa», Majlisiyning «Qissayi Sayfulmuluk» va 

h.k.. Shu oʻrinda, Navoiy ijodiyotiga bir nazar tashlashni lozim topdik. 

Navoiy dostonlarida fantastik tasvirlar tasodif emas, chunki birinchidan, 

ular judayam koʻp, ikkinchidan, ular ma’lum ma’noda e’tiqod tasavvurlarini aks 

ettiruvchi  fantastika  emas,  balki  shoir  g‘oyalarini  ifodalovchi  badiiy  uslub 

sifatida koʻzga tashlanadi. 

Navoiy  asarlaridagi  fantastika  elementlarini  tahlili  ularning  turli- 

tumanligini koʻrsatadi  va  uni  biz  nisbatan  uchta  guruhga  ajratishni  ma’qul 

koʻrdik.  Bu  tasnifni  esa  filologiya  fanlari  doktori  Ra’no  Ibrohimova  fikr- 

mulohazalariga tayangan holda bermoqdamiz: 



 

607 


1. 

Sof fantastik elementlar; 

2. 

Ilmiy fantastik elementlar; 



3. 

Noilmiy fantastik elementlar. [3, 12].  

Ma’lumki,  Navoiyning  «Farhod  va  Shirin»  dostoni  qahramonlik 

mavzusidagi asardir. Biroq, uning asosiy motivi sevgi-muhabbatdir. Farhod va 

Shirin muhabbati, sevgisi Navoiyning dostondagi koʻzlagan bosh maqsadi va 

g‘oyasini  ochishga  qaratilgan  asarning  tamal  toshidir.  Shoir  sevgi-muhabbat 

motivini  yoritish  uchun  realistik,  romantik  va  fantastik  usullardan  va 

obrazlardan  foydalanadi.  Doston  tuzilishida  biz  uchta  asosiy  fantastic 

epizodlarni koʻramiz: 

1. Farhodning birinchi qahramonligi. Uning g‘orga kirib ajdaho va devlar 

bilan olishuvi va g‘orda Aflotun xazinasini topishi, Sulaymonning sehrli qilichi 

va qalqoniga ega boʻlishi. 

2. Farhodning ikkinchi qahramonligi. Uning zulmat ruhi Ahriman bilan 

olishuvi va Sulaymonning sehrli uzugiga ega boʻlishi. 

3. Farhodning uchinchi qahramonligi. Iskandar tilsimini yechishi, Suqrot 

oldiga toqqa chiqishi va u erda «Oynai jahon» tilsimini yechishi. 

Dostondagi  bu  tasvirlar,  epizodlar  tuzilishi  va  mazmun  e’tibori  bilan 

ertaklar  motivini  eslatadi.  Biroq,  koʻz  oʻngimizda  masnaviyda  berilgan  koʻp 

motivli  ertak  yoki  ishqiy-romantik  dostonlarga  yaqin  boʻlgan folklor janri 

gavdalanmaydi.  Aksincha,  ijtimoiy-falsafiy  qarashlar  bilan  yoʻg‘rilgan,  shoir 

g‘oyasini  istifoda  etuvchi,  real  obrazlar,  qahramonlar  xatti-harakatini 

dalillaydigan  ruhiy  holatlar,  qahramon  ruhiy  olamini  koʻrsatuvchi  epizodlar 

sifatida  namoyon  boʻladi.  Bunday  holatlarni  biz  folklorda  koʻrmaymiz.  Shu 

jihati bilan ham badiiy epos folklordan farq qiladi. 

Doston  boshida  Farhod  qoʻlga  kiritgan  Sulaymonning  sehrli  qilichi  va 

qalqonini,  uzugini  asar  syujetini  rivojlanishining  boshqa  biror-bir  oʻrnida 

ishlatmaydi. Zero, bunga zaruriyat ham yoʻq. Shoirning muddaosi ham bu emas. 

Chunki,  Farhod  har  tomonlama,  jismoniy  va  ma’naviy  jihatdan  kamolotga 

erishgan,  deyarli  barcha  ilm-hunarlarni  oʻrganib,  ularni  amaliyotda  qoʻllay 



 

608 


oladigan,  Navoiy  orzu  qilgan  komil  inson  boʻlib  yetishgandi.  Demak,  doston 

boshidagi  fantastik  epizodlarni  berishdan  gumanist  shoir  Navoiyning  bosh 

maqsadi,  Farhodni  real  hayotiy  turmushdagi,  xususan,  uning  taqdiridagi 

murakkabliklarni,  sinovlarni  yengishga  qodir  ekanligini,  buning  uchun 

Farhodda yetarlicha jismoniy kuch-quvvat,bilim borligini koʻrsatishdan iborat 

edi. Eng asosiysi, Navoiyning 

Shirin tilidan aytilgan ta’bir bilan aytganda: 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish