Kalit soʻzlar: falsafa, nafs, vijdon, tasavvuf, ilohiy ishq, odamiylik.
Annatation. In the article, the talented writer, historian and scholar Zahiriddin
Muhammad Bobur shares his views on the propagation of science, the melody of human
virtues, and the test of life in the world and life, as reflected in his work “Boburnoma”.
Keywords: philosophy, passion, conscience, tasavvuf, godly love, humanitarian.
Har bir xalqning oʻz buyuk insonlari boʻladi. Tarixda tub burulish yasay
olgan, madaniyatni rivojlantirishda oʻz hissasini qoʻshgan yoinki, ilm-fan
sohasida yuksak choʻqqilarni egallagan shaxslargina millat qalbida abadiy
qoladi. Ana shunday siymolardan biri shoh va shoir Zahiriddin Muhammad
Bobur, har sohada zukko, mehnatsevar, mukammal shoh, sodiq farzand va
mehribon ota sifatida tarixda oʻz izini qoldira olgan. Shu bois Bobur Mirzo
hamon avlodlari qalbida yashab kelmoqda. Fikrimizning yorqin dalili sifatida
shoirning buyuk ijod mahsuli boʻlgan “Boburnoma” asari mazmun-mohiyatiga
falsafiy nuqtayi nazardan yondashib, tahlil qilishga harakat qilamiz. Bobur
Mirzo oʻz asarida Samarqandan to Hindistongacha boʻlgan yerlarning ta’rifi-yu
tavsifini keltiradi. Asar fanning barcha jabhalari, tarixiy joy va shaxslar
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
601
xususida xabar beruvchi eng bebaho adabiy manba hisoblanadi. Soʻzimning
isbotini Mir Alisher Navoiyga bag‘ishlangan baytda koʻrishimiz mumkin:
Dur boʻlur bahr ichra pinhon nazmidin shoh madhida
Bahr yashurmishNavoiyhardurimaknunaro [1,13].
Ushbu baytda soʻz san’atkorligidan mohirona foydalangan Bobur Mirzo
oʻz asarida Navoiy bobomiz haqida mana shunday javohir soʻzlarni aytib oʻtadi.
Bundan koʻrinadiki, asar adabiyotshunoslikda ham qimmatli manba
hisoblanadi. Topilmalarga boy ushbu asar yuzasidan ingliz sharqshunosining
buyuk Zahiriddin Muhammad Bobur haqida aytgan fikrlari e’tiborga molikdir.
Bu xotiralarda buyuk turkiy podshohining hayoti batafsil tasvirlangan,
uning shaxsiy his-tug‘ulari har qanday mubolag‘a va pardalashlardan
holidir.Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazlidir. Shu jihatdan bu asar
Osiyodagi yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir. Shoirning yuksak
mahorati esa asarga goʻzal joziba bag‘ishlaydi. “Boburnoma”da Bobur
Mirzoning keng qamrovli falsafiy va tasavvufiy bilim zaxirasi oʻz aksini topgan.
Ona Vatanidan ayro sog‘inch alangasida yongan buyuk shoh tasavvuf yoʻlini
tanladi.
Asarning “Zahiriddin Muhammad Bobur G‘oziy farmoni” xususidagi
boʻlimida “Tangriga shukur va sano aytishning koʻpayishi Tangri
ne’matlarining ketma-ket kelib turishining sababidir” [1,303] — degan fikrlar
ilgari surilgan. Bundan koʻrinadiki, Bobur Mirzo qalbida, avvalo, Allohga
boʻlgan muhabbat va sadoqat, islomiy e’tiqod birinchi oʻrinda turgan. Demak,
qalbida iymoni boʻlgan shaxsgina haqiqiy, adolatparvar inson boʻlib yetishishi,
xalqning og‘riqli dardlariga darmon boʻlishi mumkin.
Bobur oʻz asarida har nega molik nafsini tiyishni, aks holda inson uning
yoʻliga yurib, shayton bilan doʻst boʻlib qolishi va odamiylik siyratini yoʻqotishi
mumkinligi haqida aytib oʻtadi. “Nafsimni oqlayolmadim, chunki nafs
yomonlikka amr etguvchidir” [1,307] — deya nafsni qoralagan yozuvchi
iymoni sof inson boʻlish, toʻg‘ri va halol yoʻlda yurish kabi g‘oyalarni ilgari
suradi.
602
“Boburnoma”ning “Fathnoma” boʻlimida “Ey Robbim, nafslarimizga
zulm qildik ixlosni tiliga keltirib, sening oldingda tavba qildim” [1,311] —degan
fikrlarni aytib oʻtgan. Mirzo Bobur umrining oxiriga qadar qalbida ilohiy
muhabbat bilan yashadi. “Boburnoma”da keltirilgan quyidagi bayt fikrimizga
ham ohangdir:
Din-u donishdahar kun afzun boʻl,
Davlat-u baxtila Humoyun boʻl [2,169].
Koʻrinadiki, ilm oʻrgangan va tasavvufiy bilmlarning choʻqqisiga
erishgan insongina haqiqiy ishq sohibi boʻla oladi. “Boburnoma”dagi quyidagi
misralarda ham falsafiy, tasavvufiy g‘oyalar mujassam etilgan:
Qachonki sen oʻrgansang bilim,
Hamrohingdir doimo hilm [1,183].
Darhaqiqat, ilmli insongina har qanday nafsdan, yomon illatlardan
oʻzini tiya biladi. Bobur Mirzoning ushbu fikrlari esa har bir inson qalbiga
yorug‘lik misol ziyo tarqata oladi.
“Boburnoma” dunyo xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va
boyishiga xizmat qiladigan bebaho manba hisoblanadi. Bobur Mirzo
aytganidek, “Inson oʻzini anglashi uchun, avvalo, qalbini yod unsurlardan va
nafsiskanjasidandur-u javohirkabiasramog‘ikerak” [1, 109]. Buning uchun esa
“Boburnoma” singari falsafiy-qomusiy asarlarni mutolaa qilib borish lozim.
Ushbu beqiyos asar orqali har bir inson tasavvuf ilmining nuktadoni boʻlib
yetishishi turgan gap. Zahiriddin Muhammad Boburning buyuk ijod mahsuli
hisoblanmish “Boburnoma” asari har bir soha uchun dasturulamal boʻlib
kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |