Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy adabiyotning qadimgi davri. -Toshkent: Yangi asr
avlodi. 2005.
2. Normurod Norqobilov. Ovul oralagan boʻri.
3. Said Ahmad. Ufq. Roman. –Toshkent. Yangi asr avlodi. 2015
4. Said Ahmad. Qorakoʻz majnun.
5. Togʻay Murod. Otamdan qolgan dalalar. Sharq, 1994
6. Togʻay Murod . Yulduzlar mangu yonadi. Sharq, 1994.
7. Ziyo. uz. com internet ma’lumoti.
595
ID-020-30-A064
Muhsinabonu Alimardonova
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi
NAVOIYNING DEVONLARGA KIRMAGAN G‘AZALLARI
XUSUSIDA
Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy hayotining soʻnggi yillarida yozilgan,
“Xazoyin ul maoniy” kulliyotiga kirmay qolgan g‘azallar va ularning lirik xususiyatlari haqida
ma’lumot berilgan.
Kalit soʻzlar: “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti, g‘azal, mavzu, yoshga doir g‘azallar.
Annotation. This article was written in the last years of Alisher Navoi’s life, there is
information about the ghazals and their lyrical features, which are not included in the
collection “Xazoyin ul maoniy”.
Key words: “Xazoyin ul-maoniy” collection, ghazals, themes, ghazals about age.
Alisher Navoiy ulug‘ shoir sifatida oʻzidan boy adabiy meros qoldirdi.
Shoirning “Xazoyi ul-maoniy” kulliyotiga ilk ijod qila boshlagan davrdan to
umrining oxirigacha, ya’ni XIV asrning 90-yillarigacha ijod etgan she’rlari oʻrin
olgan. Keyingi izlanishlar natijasida navoiyshunos olimlarimiz Navoiyning bu
va boshqa devonlarga kirmay qolgan ba’zi g‘azallari mavjud ekanligini
aniqlashgan. Jumladan, olima F.Sulaymonova shunday ma’lumotlarni keltiradi:
“Navoiy she’riyati tanqidiy matni va yigirma jildlik akademik nashrning
“Xazoyin ul-maoniy” qismini nashrga tayyorlash eng qadimiy qoʻlyozma
hisoblangan Istanbulda, Turkiya sultonlarining saroy kutubxonasi boʻlmish
Toʻpqopi revanda saqlanayotgan 1496-1497-yillarda Hirotda Navoiy
kutubxonasining xattotlaridan Muhammad Toqiy tomonidan koʻchirilgan
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
596
kulliyot va Fransiyaning Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan, 1525-1527-
yillarda Hirotda, yana oʻsha doiradagi xattot Ali Hijroniy tomonidan
koʻchirilgan kulliyot ustida ish olib borar ekanmiz, bu qoʻlyozmalarda “Xazoyin
ul-maoniy”ga kiritilmay qolgan yoki keyin yozilgan 40 g‘azal borligi aniqlandi”.
Shu va boshqa dunyoning turli kutubxonalarida saqlanayotgan Navoiy
devonlarining qoʻlyozma nusxalarida Chor Devonga kiritilmay qolgan 73 she’ri
borligini olima alohida ta’kidlaydi. F.Sulaymonova bu she’rlarning kulliyotga
kiritilmay qolganligini ularning “Xazoyin ul-maoniy”ga tartib berilgandan
keyin yozilgan boʻlishi mumkinligi bilan izohlaydi.
Devonga kirmay qolgan she’rlarning asosiy qismini g‘azal, shuningdek,
ruboiy, qit’a, fard kabi janrlar oʻz ichiga oladi. Mazkur g‘azallarni mavzu
jihatidan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Hamd g‘azallar.
2. Oshiqona yoki ishqiy mavzudagi g‘azallar.
3. Ijtimoiy mavzudagi g‘azallar.
4. Orifona yoki tasavvufiy-falsafiy g‘azallar.
Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kirmay qolgan g‘azallar
tarkibida ham hamd g‘azallar mavjud:
Yo rab, ulus nihoni emastur nihon sanga,
Ne dey nihon g‘amimni, erur chun ayon sanga.
Qaysi makon aro seni istayki, kavnda,
Sensiz emas makoniyu yoʻqtur makon sanga.
Ushbu misralarning nasriy bayoni quyidagicha: Yo rab, xalqning barcha
sir-u sinoati senga nihon (yashirin) emasdir. Oʻz g‘amlarimni sendan nechun
yashiray, axir ularning barchasi senga ayon boʻlsa. Kavn (dunyo)da seni qaysi
manzildan izlashni bilmayman. Sening makoning yoʻq, lekin biror makon sensiz
emasdir. Sen hamma yerda borsan, dunyodagi hech bir manzil sening
nazaringdan chetda emas.
Lirik qahramon oʻz yaratuvchisiga murojaat etarkan, uning qudrati-yu
moʻjizalariga hayratlanib tahsin aytmoqda. Unga xalqning biror ishi pinhon
597
emas. U hamma narsadan voqif, undan hech narsani yashirishning imkoni yoʻq.
Zero, oʻn sakkiz ming olamlar podshosiga bu qiyin ish emasdir. Yaralmishning
bu ishlarni anglab yetishga aqli noqislik qiladi, ular faqat oʻz aqllari
darajasidagina bila oladilar. Buni quyidagi baytda koʻrishimiz mumkin:
Tuzub majlis asosin, soqiyo, aqlimni zoyil qil,
Ki hayrat ojiz etmish charxning oliy asosinda.
Ishqiy mavzudagi g‘azallar ham shoir lirikasida muhim oʻrin tutadi. Unda
lirik qahramon oʻz ma’shuqasiga dil izhorlari, vafo va sadoqat, yorning oshiqqa
bergan ozorlari haqida fikr yuritadi:
Zarra-zarra jismim oʻrtandi g‘amingdin, ey quyosh,
Vahki, sendin boʻlmadi, mehr-u vafo bir zarra fosh.
Har necha qilsam vafo, sendin vafodin yoʻq asar,
Tosh ekin bag‘ringmu yoxud bog‘lading bag‘ringga tosh.
Yoki boʻlmasa yor goʻzalligining ta’rifida ham Navoiy bu g‘azallarda ham
juda chiroyli oʻxshatishlarni keltiradi:
Aytur ermishsenki, oy bir kamtarin quldur manga,
Koʻrki, bore qilmish oyning tol’ei farxandasi.
Ishqiy mavzudagi g‘azallarda tazod, takrir, tashbeh kabi san’atlar muallif
fikrini yanada ochiqroq ifodalashga xizmat qilgan.
Shuningdek, kulliyot tarkibiga kirmay qolgan g‘azallar orasida Alisher
Navoiyning tasavvufiy-falsafiy mavzudagi g‘azallarini ham uchratishimiz
mumkin. Bu g‘azallarda tasavvuf adabiyotiga xos boʻlgan an’anaviy timsollar:
soqiy,may, boda, zuhd, taqvo,jom kabilarni uchratish mumkin:
Boda tut,soqiyki, ayyomi visol oʻldi yana,
Doʻst berdi shodlig‘, g‘am poymol oʻldi yana.
May mudom ich ul labi maygun sanam davridakim,
Zuhd ila taqvo harom-u may halol oʻldi yana.
Tasavvuf haqida biroz bilimga ega boʻlgan oʻquvchi bu g‘azalda ilohiy
ishq, oshiqning haq visolidan mastligi, uning visoli har qanday zuhd-u
taqvodanda ustun turishi haqida fikr yuritilayotganligini anglaydi. Bu
598
g‘azallarni yosh nuqtayi nazaridan tahlil qiladigan boʻlsak, shoirning keksalik
yillari vafotidan oldin yozilganligini koʻrsatadi. Shu sababdan ham aksariyat
g‘azallarda bu foniy dunyoning tashvishlaridan charchagan, bu dunyodan hech
umidi qolmagan, uning oʻtkinchiligini anglagan lirik qahramonning oʻy-fikrlari,
iztiroblari koʻrishimiz mumkin:
Qachonki topmasangiz dahr aro nishonimni,
Fano yoʻlida tilang jismi notavonimni.
Qari quyosh bila eski oyni ham gardun
Chiqarmag‘ay bir agar koʻrsa navjavonimni.
Darhaqiqat, bu dunyo oʻtkinchi, unga kelgan har bir inson bir oz fursat
mehmon boʻlib, yana kelgan joyiga qaytadi. Undan faqat notavon jism, bir
uyumgina turoq qoladi. Bu dunyoga kelgan har kimsa oʻz vazifasini oʻtab
boʻlgach (umrini yashab boʻlgach) boshqalarga oʻrin boʻshatadi. Hatto falak
ham qari quyosh va eskirgan oyni ham soʻndiradi.insonlar kelib-ketguvchi bu
toʻgarak jahon boshqalar kabi shoirga ham vafo qilmadi. Keldimi , demak,
ketish shart. Bu hayotning asosiy qonuniyatidir. Shoir keksaygan chog‘ida
shunday fikrlarni xayolidan oʻtkazadi , oʻzi uchun tegishli xulosa chiqaradi va
oʻzidan keyingilarga ibrat qoldiradi. Bu, asosan, shunday g‘azallarning maqta’
qismida uchratamiz: Navoiy, ayla gul avroqi uzra holin sabt ki, bulbul-oʻq oʻqusin
ushbu dostonimni. Yoki:
Ey Navoiy, har nafaskim xush kechar, tut mug‘tanam,
Hech kimga umrining ma’lum emas chun muhlati.
Shoir bu oʻtkinchi dunyoning turli nayranglari haqida gapirib, ba’zida
uning ishlaridan ozorlanadi. Ba’zida oʻz doʻst-yori g‘animlariga qoʻshilib unga,
xalqqa jafo qilganidan aziyat chekadi.
Alisher Navoiyning g‘azallardan tashqari devonga kirmay qolgan boshqa
janrdagi she’rlarini ham mavzu jihatidan keng qamrovli deyishimiz mumkin.
Xususan, qit’alarda ijtimoiy-siyosiy va pand-nasihat mavzusi yetakchilik qiladi.
Ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi qit’alarda Navoiy jamiyat hayotidagi
599
adolatsizliklar, shohlar bilan fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlarni ochib
beradi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiyning ”Xazoyin ul-
maoniy” kulliyotiga kirmay qolgan she’rlari ham xuddi devonlardagi g‘azallar
singari badiiy jihatdan mukammal hisoblanadi hamda ularni ham lirik,badiiy,
ilmiy jihatdan tadqiq etish kerakdir. Zero, Alisher Navoiyning devonga kirmay
qolgan bu g‘azallar har jihatdan avvalroq yozilgan ijod namunalaridan
qolishmaydi. Ularni biz muallifning umri davomida anglab yetgan hayotiy
xulosalarning mantiqiy xotimasi sifatida baholashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |