Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 

1.  Abdurashid Abdurahmonov. Turkiy adabiyotning qadimgi davri. -Toshkent: Yangi asr 

avlodi. 2005.  

2.  Normurod Norqobilov. Ovul oralagan boʻri.  

3.  Said Ahmad. Ufq. Roman. –Toshkent. Yangi asr avlodi. 2015 

4.  Said Ahmad. Qorakoʻz majnun.  

5.  Togʻay Murod. Otamdan qolgan dalalar. Sharq, 1994 

6.  Togʻay Murod . Yulduzlar mangu yonadi. Sharq, 1994.  

7.  Ziyo. uz. com internet ma’lumoti.  

 

  



  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

595 


 

ID-020-30-A064 

Muhsinabonu Alimardonova 

Oʻzbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi 

 

NAVOIYNING DEVONLARGA KIRMAGAN G‘AZALLARI 



XUSUSIDA 

 

 

Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy hayotining soʻnggi yillarida yozilgan, 

“Xazoyin ul maoniy” kulliyotiga kirmay qolgan g‘azallar va ularning lirik xususiyatlari haqida 

ma’lumot berilgan. 



Kalit soʻzlar: “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti, g‘azal, mavzu, yoshga doir g‘azallar. 

 

Annotation. This article was written in the last years of Alisher Navoi’s life, there is 

information  about  the  ghazals  and  their  lyrical  features,  which  are  not  included  in  the 

collection “Xazoyin ul maoniy”. 



Key words: “Xazoyin ul-maoniy” collection, ghazals, themes, ghazals about age.  

 

  



Alisher  Navoiy  ulug‘  shoir  sifatida  oʻzidan  boy  adabiy  meros  qoldirdi. 

Shoirning  “Xazoyi  ul-maoniy”  kulliyotiga  ilk  ijod  qila  boshlagan  davrdan  to 

umrining oxirigacha, ya’ni XIV asrning 90-yillarigacha ijod etgan she’rlari oʻrin 

olgan. Keyingi izlanishlar natijasida navoiyshunos olimlarimiz Navoiyning bu 

va  boshqa  devonlarga  kirmay  qolgan  ba’zi  g‘azallari  mavjud  ekanligini 

aniqlashgan. Jumladan, olima F.Sulaymonova shunday ma’lumotlarni keltiradi: 

“Navoiy  she’riyati  tanqidiy  matni  va  yigirma  jildlik  akademik  nashrning 

“Xazoyin  ul-maoniy”  qismini  nashrga  tayyorlash  eng  qadimiy  qoʻlyozma 

hisoblangan  Istanbulda,  Turkiya  sultonlarining  saroy  kutubxonasi  boʻlmish 

Toʻpqopi  revanda  saqlanayotgan  1496-1497-yillarda  Hirotda  Navoiy 

kutubxonasining  xattotlaridan  Muhammad  Toqiy  tomonidan  koʻchirilgan 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

596 


kulliyot va Fransiyaning Parij Milliy kutubxonasida saqlanayotgan, 1525-1527-

yillarda  Hirotda,  yana  oʻsha  doiradagi  xattot  Ali  Hijroniy  tomonidan 

koʻchirilgan kulliyot ustida ish olib borar ekanmiz, bu qoʻlyozmalarda “Xazoyin 

ul-maoniy”ga kiritilmay qolgan yoki keyin yozilgan 40 g‘azal borligi aniqlandi”. 

Shu  va  boshqa  dunyoning  turli  kutubxonalarida  saqlanayotgan  Navoiy 

devonlarining qoʻlyozma nusxalarida Chor Devonga kiritilmay qolgan 73 she’ri 

borligini olima alohida ta’kidlaydi. F.Sulaymonova bu she’rlarning kulliyotga 

kiritilmay  qolganligini  ularning  “Xazoyin  ul-maoniy”ga  tartib  berilgandan 

keyin yozilgan boʻlishi mumkinligi bilan izohlaydi.  

Devonga kirmay qolgan she’rlarning asosiy qismini g‘azal, shuningdek, 

ruboiy,  qit’a,  fard  kabi  janrlar  oʻz  ichiga  oladi.  Mazkur  g‘azallarni  mavzu 

jihatidan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

1. Hamd g‘azallar. 

2. Oshiqona yoki ishqiy mavzudagi g‘azallar. 

3. Ijtimoiy mavzudagi g‘azallar. 

4. Orifona yoki tasavvufiy-falsafiy g‘azallar. 

Navoiyning  “Xazoyin  ul-maoniy”  kulliyotiga  kirmay  qolgan  g‘azallar 

tarkibida ham hamd g‘azallar mavjud: 



Yo rab, ulus nihoni emastur nihon sanga, 

Ne dey nihon g‘amimni, erur chun ayon sanga. 

Qaysi makon aro seni istayki, kavnda, 

Sensiz emas makoniyu yoʻqtur makon sanga. 

Ushbu misralarning nasriy bayoni quyidagicha: Yo rab, xalqning barcha 

sir-u sinoati senga nihon (yashirin) emasdir. Oʻz g‘amlarimni sendan nechun 

yashiray, axir ularning barchasi senga ayon boʻlsa. Kavn (dunyo)da seni qaysi 

manzildan izlashni bilmayman. Sening makoning yoʻq, lekin biror makon sensiz 

emasdir.  Sen  hamma  yerda  borsan,  dunyodagi  hech  bir  manzil  sening 

nazaringdan chetda emas. 

Lirik qahramon oʻz yaratuvchisiga murojaat etarkan, uning qudrati-yu 

moʻjizalariga  hayratlanib  tahsin  aytmoqda.  Unga  xalqning  biror  ishi  pinhon 



 

597 


emas. U hamma narsadan voqif, undan hech narsani yashirishning imkoni yoʻq. 

Zero, oʻn sakkiz ming olamlar podshosiga bu qiyin ish emasdir. Yaralmishning 

bu  ishlarni  anglab  yetishga  aqli  noqislik  qiladi,  ular  faqat  oʻz  aqllari 

darajasidagina bila oladilar. Buni quyidagi baytda koʻrishimiz mumkin: 



Tuzub majlis asosin, soqiyo, aqlimni zoyil qil, 

Ki hayrat ojiz etmish charxning oliy asosinda. 

Ishqiy mavzudagi g‘azallar ham shoir lirikasida muhim oʻrin tutadi. Unda 

lirik qahramon oʻz ma’shuqasiga dil izhorlari, vafo va sadoqat, yorning oshiqqa 

bergan ozorlari haqida fikr yuritadi: 



Zarra-zarra jismim oʻrtandi g‘amingdin, ey quyosh, 

Vahki, sendin boʻlmadi, mehr-u vafo bir zarra fosh. 

Har necha qilsam vafo, sendin vafodin yoʻq asar, 

Tosh ekin bag‘ringmu yoxud bog‘lading bag‘ringga tosh. 

 Yoki boʻlmasa yor goʻzalligining ta’rifida ham Navoiy bu g‘azallarda ham 

juda chiroyli oʻxshatishlarni keltiradi: 

Aytur ermishsenki, oy bir kamtarin quldur manga

Koʻrki, bore qilmish oyning tol’ei farxandasi. 

Ishqiy mavzudagi g‘azallarda tazod, takrir, tashbeh kabi san’atlar muallif 

fikrini yanada ochiqroq ifodalashga xizmat qilgan.  

 Shuningdek, kulliyot tarkibiga kirmay qolgan g‘azallar orasida Alisher 

Navoiyning  tasavvufiy-falsafiy  mavzudagi  g‘azallarini  ham  uchratishimiz 

mumkin. Bu g‘azallarda tasavvuf adabiyotiga xos boʻlgan an’anaviy timsollar: 

soqiy,may, boda, zuhd, taqvo,jom kabilarni uchratish mumkin: 

Boda tut,soqiyki, ayyomi visol oʻldi yana, 

Doʻst berdi shodlig‘, g‘am poymol oʻldi yana. 

May mudom ich ul labi maygun sanam davridakim

Zuhd ila taqvo harom-u may halol oʻldi yana. 

Tasavvuf  haqida  biroz  bilimga  ega  boʻlgan  oʻquvchi  bu  g‘azalda  ilohiy 

ishq,  oshiqning  haq  visolidan  mastligi,  uning  visoli  har  qanday  zuhd-u 

taqvodanda  ustun  turishi  haqida  fikr  yuritilayotganligini  anglaydi.  Bu 




 

598 


g‘azallarni yosh nuqtayi nazaridan tahlil qiladigan boʻlsak, shoirning keksalik 

yillari  vafotidan  oldin  yozilganligini  koʻrsatadi.  Shu  sababdan  ham  aksariyat 

g‘azallarda bu foniy dunyoning tashvishlaridan charchagan, bu dunyodan hech 

umidi qolmagan, uning oʻtkinchiligini anglagan lirik qahramonning oʻy-fikrlari, 

iztiroblari koʻrishimiz mumkin: 

Qachonki topmasangiz dahr aro nishonimni, 

Fano yoʻlida tilang jismi notavonimni. 

Qari quyosh bila eski oyni ham gardun 

Chiqarmag‘ay bir agar koʻrsa navjavonimni. 

Darhaqiqat, bu dunyo oʻtkinchi, unga kelgan har bir inson bir oz fursat 

mehmon boʻlib,  yana  kelgan  joyiga  qaytadi.  Undan  faqat  notavon  jism,  bir 

uyumgina  turoq  qoladi.  Bu  dunyoga  kelgan  har  kimsa  oʻz  vazifasini  oʻtab 

boʻlgach  (umrini yashab boʻlgach)  boshqalarga  oʻrin boʻshatadi.  Hatto  falak 

ham qari quyosh va eskirgan oyni ham soʻndiradi.insonlar kelib-ketguvchi bu 

toʻgarak  jahon  boshqalar  kabi  shoirga  ham  vafo  qilmadi.  Keldimi  ,  demak, 

ketish  shart.  Bu  hayotning  asosiy  qonuniyatidir.  Shoir  keksaygan  chog‘ida 

shunday fikrlarni xayolidan oʻtkazadi , oʻzi uchun tegishli xulosa chiqaradi va 

oʻzidan keyingilarga ibrat qoldiradi. Bu, asosan, shunday g‘azallarning maqta’ 

qismida uchratamiz: Navoiy, ayla gul avroqi uzra holin sabt ki, bulbul-oʻq oʻqusin 

ushbu dostonimni. Yoki:  

Ey Navoiy, har nafaskim xush kechar, tut mug‘tanam, 

 Hech kimga umrining ma’lum emas chun muhlati. 

 Shoir bu oʻtkinchi dunyoning turli nayranglari haqida gapirib, ba’zida 

uning ishlaridan ozorlanadi. Ba’zida oʻz doʻst-yori g‘animlariga qoʻshilib unga, 

xalqqa jafo qilganidan aziyat chekadi. 

Alisher Navoiyning g‘azallardan tashqari devonga kirmay qolgan boshqa 

janrdagi she’rlarini ham mavzu jihatidan keng qamrovli deyishimiz mumkin. 

Xususan, qit’alarda ijtimoiy-siyosiy va pand-nasihat mavzusi yetakchilik qiladi. 

Ijtimoiy-siyosiy  mavzulardagi  qit’alarda  Navoiy  jamiyat  hayotidagi 




 

599 


adolatsizliklar,  shohlar  bilan  fuqarolar  oʻrtasidagi  munosabatlarni  ochib 

beradi.  

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiyning ”Xazoyin ul-

maoniy” kulliyotiga kirmay qolgan she’rlari ham xuddi devonlardagi g‘azallar 

singari badiiy jihatdan mukammal hisoblanadi hamda ularni ham lirik,badiiy, 

ilmiy jihatdan tadqiq etish kerakdir. Zero, Alisher Navoiyning devonga kirmay 

qolgan  bu  g‘azallar  har  jihatdan  avvalroq  yozilgan  ijod  namunalaridan 

qolishmaydi.  Ularni  biz  muallifning  umri  davomida  anglab yetgan hayotiy 

xulosalarning mantiqiy xotimasi sifatida baholashimiz mumkin. 

 

 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish