604
tutgan oʻrni jihatidan, butun dunyo adabiyotining eng nodir javohirlaridan biri
hisoblanadi. Ushbu nodir, mumtoz javohirni oʻrganish, uni tadqiq etish, uning
shu’lasidan ong-u shuurimizni bahramand etish uchun esa, biz oʻquvchilardan,
avvalo, sabr, ishtiyoqmand – yoniq ruh hamda bilim va zakiylik talab etiladi.
Mumtoz asarlarni tadqiq qilar ekanmiz, ularning goʻzal badiiyati, yuksak
axloqiy mezonlari, benazir falsafiy qarashlari bizni qanchalik oʻziga rom etsa,
ulardagi cheksiz xayolot ummoni poʻrtanalari oʻlaroq yaralgan, aql bovar
qilmas g‘aroyibotlar, moʻjizalarga boy turfa voqeliklar, sirli – sehrli tilsimlar ,
ajoyib afsona-yu rivoyatlar , bir soʻz bilan aytganda, benihoya yuksak badiiy
fantaziya kishi aqlini lol qoldirar darajada hayratlantiradi.
Shu oʻrinda adabiyotshunoslikdagi fantastik asar terminiga aniqlik
kiritib oʻtsak. Fantastik asar – faraz, xayol, tasavvur qilish orqali ilmning soʻnggi
yutuqlariga tayanilgan holda yaratilgan asarlar boʻlib, Jahon adabiyotida
fantastik asarlarning eng sara namunalari Gerbert Uells, Jyul Vern, Aleksey
Tolstoy, Aleksey Belyayev kabi yozuvchilar tomonidan yaratilgan [2, 355].
Albatta, fantastik adabiyotning shakllanishida ilmiy -texnikaviy
taraqqiyot, xususan, Jyul Vern asarlarining paydo boʻlishi muhim rol oʻynadi.
Zero, Jyul Vern asarlarida hali hayotda, turmushda boʻlmagan, keyinchalik
amalga oshgan koʻplab kashfiyotlar, ixtirolar tasvirlab berildi.
Zero, birgina uning «Kapitan Nemo» asarida suv osti kemasi, suv osti
skafandrlarining tasvirlanishi keyinchalik texnik ixtirolarning yaratilishiga olib
kelgan. Demak, badiiy fantastika hali inson qoʻli, aqli yetmagan koinot deb
atalmish buyuk ummonning, cheksiz galaktikalarining ehtimoldan uzoq yoki
yaqin boʻlgan sir-sinoatlarini, asrorlarni tasvirlash qudratiga ega.
Bugungi kunda ilmiy-fantastik janr nafaqat rivojlangan Yevropa va
Amerika adabiyotlari uchun xos boʻlmasdan, balki oldinlari bunday mustaqil
janrga ega boʻlmagan oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz adabiyotlarida
shakllanib rivojlanib bormoqda. Bu adabiyotlarda ilmiy fantastik janrning
shakllanishi fan-texnika inqilobi asrining samarasi, shu bilan birga, jahon ilmiy
fantastikasining ta’siri ostida ham rivojlanmoqda [3,6].
605
Ma’lumki
, «fantastika» soʻzi
«fantazion»-yunoncha soʻzdan olingan boʻlib,
fantaziya, xayolot, uydirma, boʻlmagan narsa, haqiqatdan uzoq, tafakkur va
mushohadaning cheksizligi singari ma’nolarni anglatadi. Fantaziya tufayli
buyuk ixtirolar, kashfiyotlar qilinadi, badiiy adabiyotda esa buyuk asarlar
yaratiladi. Demakki, soʻz bemaqsad, bema’no orzu haqida emas, balki, hayotiy
asosga ega boʻlgan orzu, xayolot haqida bormoqda. Bu esa oʻz navbatida inson
mehnati, insoniyatning butun yaratuvchanlik faoliyati bilan bog‘liqdir.
Inson fantaziyasi uning tarixi singari qadimiydir. Biroq, fantaziya qilish
qobiliyati inson bilan birga tug‘iladi, deb qarash notoʻg‘ri. Chunki, tafakkur
singari u turli sabablar: ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar, imkoniyatlar va
ehtiyojlar, lekin eng asosiysi ijtimoiy-kommunikativ sabablar ta’siri ostida
paydo boʻlgan. Jamiyatning ibtidoiy rivojlanish davrida inson fantaziyasi sodda
va oddiy boʻlgan. U darajada boy ham boʻlmagan. Ijtimoiy ong evolyutsiyasi, bir
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning boshqasi bilan almashuvi inson
dunyoqarashini oʻzgartirdi, fikrlashini kengaytirdi va chuqurlashtirdi.
Natijada inson xayoloti murakkab va boy, «konstruktiv» boʻla boshlagan.
Shu boisdan, qadimda samarasiz, ba’zan amalga oshmaydigan orzular bugun
haqiqatga aylandi [3,4].
Fantastik asarlarning ilk ibtidoiy ildizlari esa oʻz navbatida, eng qadimgi
davrlarga – xalq og‘zaki ijodiga, mifologiya, afsona va asotirlarga borib taqaladi.
Xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalanish , uning bemisl badiiy merosiga qayta
– qayta murojaat qilish an’anasi yozma badiiy asarning ta’sirchan va xalqona
boʻlishini ta’minlovchi omil sifatida sharq mumtoz adabiyoti vakillarining
deyarli barcha asarlarida uchraydi.
Yaqin va Oʻrta Sharqda yaratilgan “Ming bir kecha” (arab ertaklari),
Do'stlaringiz bilan baham: