Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Har ishki qilmish odamiyzod, 

Tafakkur birla bilmish odamiyzod. 

Zero,  inson  aql-zakovati,  bilimi  oldida  har  qanday  tilsim,  sehr-jodu 

ojizdir.  

«Sab’ayi sayyor» ishqiy sarguzasht dostondir. U oʻz kompozitsiyasi bilan 

«Xamsa»ning  boshqa  dostonlaridan  tubdan  farq  qiladi.  Bu  doston  «hikoya 

ichida  hikoya»  usulida  yaratilgan.  Doston  Bahrom  va  Dilorom  haqidagi 

qoliplovchi hikoya va shu hikoyaning kompozitsion silsilasiga bog‘langan yetti 

mustaqil  hikoyadan  iborat.  Dostondagi  yetti  sayyoh  tilidan  aytilgan  Navoiy 

hikoyatlari tamomila yangi hikoyalar boʻlib,  ular  xalq  og‘zaki  ijodi  asosida 

yaratilgan. Ular sevgi va vafo, doʻstlik va sadoqat, himmat va saxovat, mardlik 

va  qahramonlik,  donishmandlik  va  ijodkorlik  kabi  xislatlarga  bag‘ishlangan. 

Ularda  real  hayot  lavhalaridan  tortib  fantastic  manzaralarga  qadar,  oddiy 

turmush voqealaridan tortib kishini esankiratuvchi hayotiy sarguzashtlar ham 

bor. 


Xususan, dostondagi ikkinchi rumlik sayyohning Zayd Zahhob haqidagi 

hikoyati shu turdagi hikoyalardan oʻzining g‘oyat qiziqarli ifoda yoʻsini, yorqin 

va g‘aroyib syujeti hamda aql bovar qilmas hislatlarga ega boʻlgan uddaburon 

Zayd obrazi bilan yaqqol ajralib turadi.  

Mashhur  rus  olimi  Ye.  E.  Bertels  ham  1948-  yilda  yozgan  “Navoiy” 

monografiyasida “Sab’ayi sayyor” dostonidagi ikkinchi hikoyani alohida qayd 

etib oʻtib, Zayd har tarafga yurishi mumkin boʻlgan taxtning sakkiz zinasi oʻz-

oʻzidan  harakatga  kelishini  yozar  ekan:  “Navoiy  qiziqishlarini  –  texnik 



 

609 


fantaziyani  ifodalovchi  bu  g‘aroyib  tasvir  bizning  kunda  amalga  oshirilgan: 

Navoiy  taxti  oʻzida  avtomobilni  va  eskalatorni  birlashtiradi”

[7]

,  deydi  . 



Haqiqatdan  ham,  Alisher  Navoiy  asarlarini  mutolaa  qilgan  oʻquvchi  buyuk 

oʻzbek dahosi xayolot olamining serqirra moʻjizalarga boy ekanidan hayratga 

tushadi.[4,2]

 

Dostondagi  uchinchi  hikoyada  ham  fantastika  ustuvorlik  qiladi.  Sa’d 



hikoyasi syujeti va kompozitsiyasi bilan ham, obrazlari va g‘oyaviy motivlari 

bilan ham boshqa hikoyatlardan farq qiladi. 



Sa’d  og‘ir  shartlarni,  dahshatli  toʻsiqlarni  yengib,  sinovdan  oʻtib, 

sevgilisining  visoliga  erishgan  jasoratli  botir  yigitdir.  U  hayotning  va  inson 

tole’sining ashaddiy dushmani boʻlgan kuchlarni mahv etadi, tilsimlarni ochadi, 

donishmandning  mushkul  savollariga  aql  va  farosat  bilan  javob  beradi.  Shu 

bilan  birga,  u  Shahrisabz  shohining  begunoh  kishilar  qonini  toʻkishiga  chek 

qoʻyadi. Qahramonlik va jur’at dahshat va razolatni, tadbir va tafakkur hiyla va 

jaholatni yengadi. 

Hikoyadagi dev Qatron va jodugar Zol yomonlikning majoziy obrazidir, 



moʻysafid  (Palyakus  hakim)  esa,  fikr-qarashlaridagi  ayrim  elementlarga 

qaramay, aql va tafakkurning tajassumidir. 

«Sab’ayi  sayyor»  dostonining  yakunidagi  Bahromning  butun  arkoni 

davlati bilan er qa’riga tortib ketilishi tasvirida fantastik ifoda yotsa ham, biroq 

unda  hayotiy  ma’no  mohiyati  bor.  Zero,  Navoiy  aytmoqchiki,  inson  tabiatga 

ozor yetkazsa, tabiat undan oʻch oladi [3,14]. 

«Saddi Iskandariy» dostonini jahon adabiyotida birinchi ijtimoiy va ilmiy 

fantastik  asar  desak  yanglishmaymiz.  Bu  dostonda  fantastika  yordamchi 

element sifatida ishtirok etsa ham, biroq asarning g‘oyaviy mazmuni tuzilishida 

g‘oyat katta rol oʻynaydi. 

Navoiy Iskandar obrazini ideal shoh timsoli sifatida yaratar ekan, uning 

harbiy yurishlarini tasvirlashni bosh maqsad qilmaydi. Balki, Iskandarni olam 

yaratilishining  sir  asrorlarini  bilishga  intiluvchi,  markazlashgan  ideal  davlat 



 

610 


tuzish yoʻlida turli-tuman ijtimoiy va ilmiy muammolarni yechishga intiluvchi 

hukmron sifatida tasvirlaydi. 

«Saddi Iskandariy» dostoni ilmiy-fantastik xarakterdagi epizodlar bilan 

toʻlib-toshgan.  Xususan,  Iskandarning  suv  osti  olamini  bilishga,  oʻrganishga 

boʻlgan intilishi buning yorqin dalilidir. Suqrot boshchiligidagi suv osti olamiga 

sayohatda Iskandar daryolarning uzunligini oʻlchashni hamda suv osti olami 

toʻg‘risida qaydlar yozib borishni buyuradi. Iskandar suv osti olamini koʻrish 

uchun  oynadan  yasalgan  shar  shaklidagi  maxsus  asbobni  yasashga  Suqrotni 

jalb etadi. U tayyor boʻlgandan keyin 100 kun suv osti olamini tomosha qiladi. 

Navoiy zamonasida bunday epizod tasvirini faqat xayolot olami tasviri bilan 

berish mumkin edi. 

Shuningdek, dostonda Navoiy xayoloti bilan yaratilgan «suzuvchi orol» 

epizodi ham bor. Iskandar eng zoʻr kema yasovchilarni yig‘ib, 3 mingta kema 

yasashni va shu bilan «suzuvchi» shahar barpo qilishni buyuradi.  

Toʻg‘ri,  bizning  zamonamiz  odamlarini  bunday  hodisa  bilan  hayratga 

solib boʻlmaydi. Biroq, Navoiyning asarlaridagi fantastik epizodlar, voqealar, 

uydirmalar oʻzining real zaminiga ega edi. 

«Saddi  Iskandariy»  keskin  konflikt,  kurash  va  toʻqnashuvlar  asosiga 

qurilgan dostondir. Dostonning deyarli har bir bobi oʻziga xos konfliktga ega. 

Biroq,  dostonning  deyarli  barcha  konfliktlarini  jamlovchi  umumiy 

konflikti ham bor. Bu adolat bilan zulm, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi 

kurashdir. Qirvon oʻlkasida ya’juj va ma’jujlarga qarshi kurash – konfliktning 

choʻqqisidir. Bu konflikt - turli oʻlka farzandlarining Iskandar boshchiligidagi 

sa’d - devor qurishi bilan yechiladi, insoniyat zulmat va dahshat hamlasidan 

abadiy najot topadi [3, 17]. 

Navoiy «Saddi Iskandariy»da real hayot lavhalarini, tabiat manzaralarini 

qanchalik  mohirlik  bilan  tasvirlasa,  fantastik  manzaralarni,  afsonaviy 

mahluqlarni,  g‘aroyib  voqealarni  ham  shunchalik  san’atkorlik  bilan  chizadi

Mag‘rib  va  Qirvon  tasviri,  u  yerdagi  voqealar,  dengiz  safari  va  ajoyibotlari 

shular  jumlasidandir.  «Saddi  Iskandariy»da  realistik  tasvir  bilan  badiiy 




 

611 


fantaziya  koʻpincha  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘lanib  boradi,  shoir  romantik, 

fantastik  tasvirdan  realistik  xulosa  chiqaradi.  Masalan,  ya’juj  va  ma’jujlarga 

qarshi  kurash  romantik  tasvir  bilan  berilgan,  lekin  shoir  bundan  realistik 

xulosa chiqarib, agar kishilar ahil-ittifoq boʻlsa, zulm va zulmat yoʻllarini oʻtib 

boʻlmas g‘ov bilan toʻsishi mumkin degan fikrga keladi. Yoki dengiz tasvirini 

olaylik.  Bu  tasvir  qanchalik  fantastik  boʻlmasin,  uning  mohiyatida  insonning 

aql-zakovati  tabiat  sirlarini  kashf  qilishga  qodirdir,  degan  real  maqsad  va 

ishonch bor. 

Fikrlarimiz yakuni oʻlaroq shuni aytib oʻtish mumkinki, adabiyotimizda 

fantastika  janri  qanday  shaklda  namoyon  boʻlmasin  va  shakllanmasin,  u 

birinchi navbatda real haqiqatni anglash, olamning, borliqning paydo boʻlish 

sir-asrorlarini  tushuntirishga  intilish  shakli  sifatida  yuzaga  keldi.  U  oʻzining 

butun tarixiy rivojlanish jarayonida hayotni badiiy, yorqin  

aks ettirishning oʻziga  xos  usuli  sifatida  shakllandi  va  inson  ong-u 

shuurining, estetik kamolotining yana ham sayqallanishida muhim rol oʻynadi.  

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish