Peshdodiylar (eramizgacha boʻlgan 3223-782-yillar) – “Bundaxshin”,
“Dinkard”, “Shohnoma” kabi manbalarga koʻra bu sulola 2441 yil hukmronlik
qilgan. “Peshdod” soʻzi “Avesto”ning “Yasht”larida hamda pahlaviy tilidagi
yodgorliklarda ma’lumot berilishicha bu sulolaning birinchi hukmdori
Kayumars( ba’zi manbalarida Hushang)ning unvoni “paradata(peshdod)”
(“hukmdor” boʻlgan). Keyinchalik bu nom sulola nomiga koʻchgan. Fors tilining
izohli lugʻatida “pesh” - old, avval; “dod” - adolat, toʻgʻrilik ma'nolarida keladi. -
iy qoʻshimchasi esa sifat yasovchi qoʻshimcha sanaladi. Demak, “peshdodiy”
soʻzi “avvaldan, boshdan adolatni, toʻgʻrilikni oldinga surganlar” degan ma'noni
bildiradi.
5
Bu sulola hukmdorlari (bu sulolaga tegishli 11 ta shoh haqida aytiladi)
nomlari etimologiyasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |