Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Kalit soʻzlar: “Tarixi muluki Ajam”, nomshunoslik, antroponim, etimologiya, leksika.

  

 

 



Bugungi kunda dunyo tilshunosligida aql bovar qilmas darajada ulkan 

kashfiyotlar,  yangiliklar  sodir  boʻlmoqda.  Tilning  ichki  va  tashqi  tuzilishini 

oʻrganishga  jiddiy  e'tibor  qaratilmoqda.  Ayniqsa,  til  tizimida  muhim  oʻrin 

tutuvchi  unsurlararo  munosabatlar  masalasi  barcha  milliy  tillarda  kun 

tartibiga  chiqmoqda.  Bundan  oʻzbek  tili  ham  mustasno  emas.  Xalqimiz 

tarixining ming yillik ifodasi, milliy qadriyatlarimizning oʻlmas in'ikosi sifatida 

oʻzbek tili har sohada boshqa tillardan qolishmaydi. Fikrimizni birgina Alisher 

Navoiyning “Tarixi  muluki Ajam” asarida  qoʻllangan antroponimlar misolida 

isbotlab berish mumkin. 

Tilimiz  qonuniyatlarini  oʻrganish yoʻlida  onomastika(nomshunoslik) 

faniga alohida e’tibor qaratib, ushbu maqolamizda antroponimlar yuzasidan 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

50 


tadqiqot olib bordik. Atoqli otlar bir marta nomlangan predmetlardan bittasini 

ajratish  uchun  qayta  nomlangan  ikkilamchi  nomlardir.  Atoqli  otlar  bilan 

obyektiv olamdagi narsalar oʻrtasidagi aloqa soʻzlovchi tomonidan oʻrnatiladi. 

Agar  ma’lum  bir  atoqli  ot  soʻzlovchi  tomonidan  muayyan  bir  obyektga 

bogʻlanmasa, u hech narsa bildirmaydi. 

Atoqli  otlarni  tadqiq  etishning  murakkabligi,  uning  bir  qator  fanlar 

(tarix,  geografiya,  etnografiya,  arxeologiya  kabilar)  bilan  bogʻliqligini 

koʻrsatadi.  

Har bir nomda ularning predmetlariga tegishli qandaydir tarzdagi katta 

yoxud  kichik  tarix  yoki  tarixiy  voqelik  ramzi  muhrlanganligini  esdan 

chiqarmaslik kerak. Shuning uchun bu sohada tarixiy voqealar nomi hodisalar 

nomi, jarayonlarning nomlari ham e’tiborga olinadi hamda rejali holatda ilmiy 

tahlilga tortiladi.  

Tadqiqotlarimiz  davomida  quyidagilarni  oʻrganishni  oʻz  oldimizga 

maqsad qilib oldik:  

- onomastik birliklarning ko`lami, uning mazmuni;  

- ularning tarixiy-etimologik tahlilini amalga oshirish;  

- atoqli otlarning o`ziga xosligi muammolarining o`rganilishi;  

Izlanishlarimiz  yoʻlida,  xususan,  nazariy  onomastika  sohasi  boʻyicha 

boʻlib,  “Tarixi  muluki  Ajam”  asariga  tegishli  atoqli  nomlarning  paydo 

boʻlishi(etimologiyasi),  ularning  nominatsiya  (nomlanish)  asoslari, 

rivojlanishi,  shu  jarayondagi  turli  xil  oʻzgarishlari,  onomastik  birliklarning 

nutqda qoʻllanilishi, onomastik birliklarning tarkibiy tuzilishi oʻrganildi.  

XX asrning 90-yillariga kelib oʻzbek  antroponimiyasida  tarixiy 

nomshunoslik yoki tarixiy  antroponimiya  masalalari  maxsus  oʻrganildi. 

Masalan,  Sh.Yoqubov  “Navoiy  asarlari  onomastikasi”  mavzuida  nomzodlik 

ishini  himoya  qildi,  undan  oldin  B.Bafoev  “Navoiy  asarlari  leksikasi”  nomli 

monografiyasida  Navoiy  asarlaridagi  kishi  ismlari  va  geografik nomlarni 

semantik va statistik jihatdan tahlil qilgan edi

..  



 

51 


Bundan tashqari, “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati”ning 4-

tomida Alisher Navoiy asarlarida qoʻllangan barcha kishi nomlari, geografik, 

astronomik  va  boshqa  nomlar,  Alisher  Navoiy  ijodida  uchragan  asar 

nomlarining toʻla roʻyxati berilgan

..

 

Alisher Navoiy yashagan davr hayoti oʻta serqirra va murakkab boʻlib, bu 



holat  oʻz-oʻzidan  oʻsha  vaqtda  yashagan  insonlar  tilida  ham  zuxr  bergan. 

Movarounnahrda  yashovchi  koʻp  sonli  oddiy  xalq  tili,  ya'ni  turkiy  til  diniy 

e'tiqod va qarashlarning va ilm-fanning bayroqdori boʻlgan arab, badiyat tili 

hisoblangan  fors  tili  ta'sirida  qolib  ketgan,  sal  boʻlmasa yoʻqalayozgan  bir 

muhit  bor  edi  oʻshanda.  Faqat  ulugʻ  Navoiyning  sa'y-harakatlari tufayligina 

turkiy til muqarrar tanazzuldan qutqarib qolindi.  

Alisher  Navoiyning  tarixiy  asari  ”Tarixi  muluki  Ajam”  hijriy  

890  (milodiy  1485)  yildan  soʻng  yaratilgan.  Bu  asarda Eronda 

hukmronlik qilgan  toʻrt sulola:  Peshdodiylar,  Kayoniylar,  Ashkoniylar  va 

Sosoniylar togʻrisida 

malumot 

keltirilgan. 

Navoiy  bu  toʻrttala sulolalaning 

hukmronlik yillari 4336 yil-u 6 oy davom etganligini bayon qiladi. 

Asar oxirida 

Sulton Husayn Mirzo  madhi  oʻrin olgan.  Agar  biz avvalroq  yaratilgan 

«Saddi Iskandariy»  dostonida  ham toʻrt sulola haqidagi ma’lumot  borligini 

nazarda  tutsak,  doston  yaratish  jarayonida  Alisher  Navoiy toʻplagan 

ma’lumotlarni  maxsus  tarixga  oid  asar  sifatida  ijod  qilgan  koʻrinadi. Bunda 

Alisher Navoiy yuqorida nomlari zikr etilgan asarlar qatorida yana Abu-al-Hayr 

Nasiriddin 

Abdulloh 

binni 

Umar ul-Qozi 



Bayzaviyning 

(vaf.685/1266) “Nizom ut-tavorix”  (yozilgan  674/1275),  Abu  Homid 

Gʻazzoliyning  (1058-1111) “Nasihat  ul-muluk”  va  boshqa  asarlarni,  xususan, 

oʻz  zamondoshi  Mir Muhammad  Mirxondning  “Ravzat  us-safo”  asaridan 

boxabar holda, Eron tarixiga oid arab va fors tillarida tarixiy asarlardan farqli, 

bu 


kitobni 

turkiy 


tilda yaratdi. 

Ushbu 


asardagi 

shaxslar 

toʻgʻrisidagi ma’lumotlar  Alisher  Navoiy oʻzining  dostonlarida  ham 

mavjudligini eslatib  oʻtgan. Bu asar ilmiy tanqidiy matnini  sharqshunos 




 

52 


L.Xalilov  tuzib,  nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgan edi.  Afsus  hamon 

uning tanqidiy matni chop etilmagan.  

 

“Tarixi  muluki  Ajam” asarini  malum darajada,  “Xamsa”,  xususan, 



“Saddi Iskandariy”  dostoniga  tarixiy  ilmiy  ilova  sifatida  ham qabul  qilish 

mumkin. Uning ichidagi ma’lumotlarning  she’riy ifodasi ”Saddi Iskandariy”da 

keltirilgan boʻlib, ularni boshqa tarixiy asarlar bilan qiyosiy oʻrganish Alisher 

Navoiyning tarixchi  olim sifatidagi  ijod  qirralarini  ochishga  yordam  berishi 

mumkin. 

Alisher  Navoiy  she’riy  asarlari  bilan  bir  qatorda  uning  ijodida  «Tarixi 

anbiyo va hukamo», «Tarixi mulki Ajam» kabi kitoblari salmoqli ahamiyat kasb 

etadi. Bu ikki asar «Zubdat ut-tavorix» - «Tarix tahlili» nomi ostida bitta kitob 

qilingan.

 

“Tarixi muluki Ajam”



 qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon 

qilingan 

„Tarixi Tabariy“

“Shohnoma”



 asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi 

faktlarni  izchil  ilmiy  tizimga  soladi.  Afsonaviy  shoh  Kayumarsdan  boshlab, 

sosoniylarning  soʻnggi  vakili  Yazdi  Shahriyorgacha  boʻlgan  shohlar  tarixini, 

mifologik talqinini beradi.

 

“Tarixi  muluki  Ajam”  asarida  har  bir  onomastik  nom,  jumladan  asar 



nomining oʻzi ham etimologik tadqiqot talab etadi. Navoiy ushbu asarni turkiy 

tilda yaratgan boʻlsada, asar tilida arab va fors atamalarni, onomastik nomlarni 

kuzatishimiz  mumkin.  Jumladan,  Navoiy  “davlat”  soʻzini  turkiy  til  nuqtayi 

nazaridan “mulk” deb beradi. “Ajam” soʻziga toʻxtalsak, asli bu soʻz avval Semit 

xalqlari tilidan kirib kelgan. Bu soʻz qadimda turli shakllarda (ajama, a’jama, 

ajjama)  talaffuz  etilgan.  Hozirda  zamonaviy  arab  tilida  esa  “ajam”  shaklda 

saqlangan  boʻlib,  “arabdan  tashqari”  degan  ma’noni  anglatadi.  Boshqa 

manbalarda  bu  soʻzga  aynan  oʻzakdosh  boʻlgan  (aja`m,  ajam)  soʻz  mavjud 

boʻlib,  uning  ma’nosi  “danakning  oʻrtasi,  mevaning  urugʻi”  degan  ma’nolarni 

anglatgani aytiladi. 




 

53 


“Ajam” soʻzi nafaqat fors adabiyotida, balki arab adabiyotida ham birdek 

qoʻllanilgan. Arab tilida bu soʻz 2 xil ma’noda qoʻllaniladi:  

1. Arab boʻlmagan;  

2. Forsiy.  

Xususan,  tarjimada  bu  soʻz  ma’nolari  “savodsiz  odam”,  “jimlik”,  yoki 

“ovozsiz”  degan  ma’nolarini  anglatadi.  Boshqa  bir  manbalarda  esa,  neytral 

leksika sifatida “notanish”, “chet ellik” degan ma’nolarni yuzaga keltiradi deb 

koʻrsatiladi.  

Avvaliga  bu  soʻz  ifodalanishi  “Ah  –  jahm”  tarzida  boʻlib,  birikma 

boshidagi “ah” predlogini choʻzib talaffuz etishni talab etadi. Birinchi marotaba 

bu soʻz arablar tomonidan hindistonliklar (indo-aryan) hududlariga nisbatan 

qoʻllanilgan.  Lekin,  forslar  oʻzlarini  (oʻz  jamoalari  tarkibida)  bu  nom  bilan 

atashmagan. 

Hozirgi  kunda  Eronda  milliy  musiqa  turi(maqom)ga  nisbatan  ham 

“ajam” atamasi ishlatiladi.  

Fors  tilida  “ajam”  terminiga  nisbatan  “aljamiado”  va  “ayam”  soʻzlari 

dublet  soʻzlar  sifatida  qoʻllanadi.  Mahaliy  Eron  fuqarolariga  nisbatan 

ishlatiladigan “kushaiti” termini “ayam” atamasi bilan ma’nodoshdir.  

Bundan tashqari, ba’zi xalq ogʻzaki ijodi namunalarida “ajam” soʻzining 

kelib chiqish etimologiyasiga boshqacha toʻxtaladi. Rivoyatlarga koʻra, bu soʻz 

tarixan dunyoning birinchi hukmdori (yoki paygʻambari deb yuritiladi) “Jam” 

degan podsho nomidan kelib chiqqan. Arablar bu nom ostida koʻpgina xalqlar: 

xususan, 

forslar, 

pokistonliklar, 

yunonlar, 

etiopiyalik(habash)lar, 

nabataliklarga nisbatan ishlatgan.  

Demak, qadimgi tarixda Eron va Turon hududida ilk bor tashkil topgan 

davlatni  “Ajam”,  ya’ni  “arab  davlatidan  tashqari”  degan  nom  bilan  atalgani 

uchun Navoiy ham oʻz asarini “Tarixi muluki Ajam” deb nomlagan. 

 

Maqolamizda  har  bir  antroponimlarning  birma-bir etimologiyasiga 



nazar solsak. 

 



 

54 



Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish