Annotation. Turan brought up many great people in his homeland and made a great
contribution to the history of Eastern civilization. The great thinkers, masters of science and
science have demonstrated their knowledge and talents in all fields. As a result, sciences such
as medicine, jurisprudence, philosophy, mysticism, algorithms, and logic developed and
became the basis for the development of the world. The article provides information about
the life and work of dedicated scholars who were born in the ancient city of Karshi - Nasaf
and devoted their lives to the development of religious and secular sciences, spirituality and
culture. The works created by Nasafi, Abu Hafs Nasafi, Lutfullah Nasafi, Fazil Qaydani,
Aziziddin Nasafi and Abul Muin Nasafi, the Islamic-mystical ideas underlying them, and the
ideas about the perfect man and his thinking are important for today. The evidence is based
on real-life situations and conclusions are drawn.
Key words: scientists, law, ideas, the inner world, the outer world, saint, on the basis of
religion.
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
556
Qadimda Qarshi shahrini Nasaf deb nomlaganlar. Ayni paytda Naxshab
nomi bilan ham atalgan. Nasafda asrlar madaniyati, ma’naviyati rivojlanishiga,
diniy va dunyoviy ilmlar taraqqiyotiga oʻz hisssasini qoʻshgan allomalar yashab
ijod etganlar. Bular qatorida oʻzlariga Nasafiy nisbasini olganlari koʻpchilikni
tashkil etgan. Bulardan Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Lutfulloh Nasafiy Fozil
Kaydoniy, Aziziddin Nasafiy va Abul Muin Nasafiylarni bugungi kunda
barchamiz bilamiz. Ularning bitmishlari va hayot yoʻllari ibratga va hikmatga
toʻla. “Hazrat Bahouddin Naqshband” asari muallifi Nasafiy haqida ma’lumotlar
kam. Hayoti haqida deyarli ma’lumotlar keltirilmagan. Yaratgan asarida ham
oʻzi haqida hech qanday axborotni uchratmaysiz. Nasafiy deya faqat taxallusi
qoʻllangan. Asarda Navoiy ta’kidlab yozganidek, “Yana soʻrdilarki:‘‘Sizning
tariqingiz binosi ne ishgadur?” Xoja Bahouddin dedilarki:‘‘Anjumanda xilvat
zohir yuzidan xalq bila va botin tarafidin haq subhonahu taolo bila “ekanligini
yoritilgan [1.5]. Bu bilan muallif bizga nimani uqtirmoqchi boʻlyapti, nimani
olg‘a suryapti? Zohirda ya’ni kundalik hayotda, muomalada xalq bilan boʻlish,
botinda esa haq bilan, ya’ni Alloh bilan boʻishni targ‘ib etyapti. Xalq bilan
deyilganda aynan nima nazarda tutilyapti? Bugun zamon shiddat bilan
rivojlanib, insoniy fazilatlar ham globallashib bormoqdaki, insonlar bir-
birlariga e’tibor bermayaptilar, bir-birlariga qiziqmayaptilar. Joʻn qilib
aytganda birovning birov bilan ishi yoʻq. Kimdadir muammoni payqasak,
“Menga nima?” deb ketaveradigan holga kelib qolganmiz. Barchamiz oʻz
tashvishlarimizga oʻzimiz qorishib yuraveramiz. “Menga ham hech kim yordam
bermagandi, men ham hech kimga yordam bermayman” kun shiori boʻlib
qolgan. Maqolani yozish jarayonida bir masala diqqatimni tortdi. “Nasaf va
nasaflik allomalar nega oʻrganilayapti, ulardan biz nima oʻrgana olamiz?” Shu
sababli maqolamda nasaflik olimlarning qachon qanday asar yozganliklariga
unchalik urg‘u bermaslikka, asarlarida bugungi kun kishisi uchun nima
demoqchi ekanliklariga fikrimni qaratishga harakat qildim. Har bir shaharda
557
yoki viloyatda mashhur allomalar, avliyolar, kechmishlari va demishlari ibratga
toʻla zotlar dunyoga kelganlar. Biz ularning mana shu zaminda dunyoga
kelganliklari, asarlari bilan faxrlanish bilan birga yaratgan asarlarida nima
demoqchi ekanliklariga ham e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Ularning
yaratgan asarlarining oʻzi bilan maqtanaversak, bu bizga kamlik qiladi. Bu holat
goʻyo toʻtining hech narsani tushunmay soʻzlashiga teng boʻlib qoladi. Nasafiy
doʻstlar davrasida boʻl, qalbing Allohda boʻlsin, Allohning yaratgan bandalariga
ham yordam qoʻlini choʻz demoqchi, menimcha. Naqshbandiylik tariqatining
asosiy aqidalari xilvatnishinlikda oʻtirish emas, balki xilvat va halovatni doʻstlar
davrasida topish, haqiqatni izlab notanish yurtlarda sarson-sargardonlikda
yurmasdan oʻz vatani, yurtining shahr-u qishloqlarini ziyorat qilish, zohirda
odatdagi ishlardan ayrilmay, u bilan hamnafas boʻlish, botinda ya’ni dilda haq
taolo bilan yashash kerakligi uqtirilgan.
Asarda insonning ilm-ma’rifatga intilishi, yaxshilardan saboq olishi
kerakligi uqtirilgan. Jomiyning “Bahoriston” asarining 1-ravzasidagi 1-rivoyat
keltirilgan: ” Mahshar kuni haq subhonahu taolo oʻzining faqir va sodiq
bandalarining biridan soʻrabdi: “Sen falon mahallada yashagan falonchi olimni
tanirmiding? Faqir javob beribdi: -Ha, tanirdim, ey parvardigorim. –Haq
subhonahu va taolo amr qilibdi: Oʻshal olimni taniganing haqqi
yog‘dirurman”[1.5-]. Rasuli akram Muhammad alayhissalom hadisi
shariflaridan birida: “Ulamolar mening vorislarim, merosxoʻrlarimdir” [1.6-]
degan ekanlar.Birinchi voqeada bir ulamoni, olimni taniganligi uchun Alloh
taolo bir faqirning gunohidan oʻtdilar. Endi doimiy hamrohimiz aql bilan oʻylab
mushohada etaylik… Alloh taolo bilim olish bilan band boʻlgan, oʻzining
kalomini zikr etgan bandalarini qanday yorlaqaydi, gunohlarini mag‘firat
aylaydi? Demak, bekordan bekorga Nasaf va nasaflik olimlar ijodi targ‘ib
etilmayapti, anjuman tashkil qilinmayapti. Hadisda esa har bir ilm olgan
moʻmin-musulmon Allohning vorisi, izdoshi ekanligi ta’kidlanmoqda.
Anglashiladiki, haq yoʻlida ilm izlab, ilm olib uni oʻzgalarga ham yetkazgan
inson payg‘ambarimizning vorisidir.
558
Nasafiyning risolasida Naqshbandiyning quyidagi ikki bayti keltirilgan:
Eranlar mozorin joy qilmas oqil,
Xalos boʻlay desang, eranday ish qil [1.6].
Tokay izlagaysan panoh mardlardan,
Mardlar ishin qilib qutul dardlardan[ 1.9].
Menimcha, Naqshbandiy haqiqiy inson, mard kishi oʻtganlarni ziyorat
qilish bilan birga, ularga mos, ularning nomlariga xos avlod sifatida er kishiga
xos ish koʻrsatmog‘i zarurligini ta’kidlagan. Naqshbandiy kibr-u havoni qattiq
qoralagan kishi boʻlganligi muallif tomonidan ta’kidlangan. Eranday ish qilgan
kishi gerdayib, kibr-u havoga berilmasligi lozim ekan.2-baytda esa qoʻlidan ish
kelmaydigan inson boʻlmasdan, mard boʻlib, dardlardan, qiyinchilklardan
qutulishni uqtirgan. Boshqalar soyasida yashashni, mehnat qilmaslikni
qoralagan. Asarda yozilishicha, Naqshbandiy “oʻzlarining ayblarini sira
yashirmay, ochiq aytadilar, bu ham yetmaganday boshqalarning ham ayblari,
gunohlarini oʻz zimmalariga oladilar”[1.6] deya uqtiriladi. Ba’zan oʻz
ayblarimizni hech qachon koʻrmaymiz, ularni aytgan, koʻrsatgan insonni esa
juda yomon koʻramiz. Nega shunday, haqiqatning yuki bizga og‘irlik qilib
qoladi? Chunki biz oʻz ayblarini ham yashirmaydigan, oʻzgalar aybini ham oʻz
zimmasiga oladigan buyuklarning kitoblarni kam mutolaa qilamiz.
Men asarni mutolaa qilish jarayonida bir haqiqatni angladim. Ibodatni
oʻn ulush deb oladigan boʻlsak, shu ulushning toʻqqiz qismi halol kasb talabiga
amal qilish ekan. Qay birimiz bu ibodatga amal qilyapmiz?... Bu savolning
hukmini albatta vijdon chiqaradi. Men universitet talabasiman. Ushbu masala
yuzasidan tengdoshlarimga, bilimdoshlarimga murojaat qilmoqchiman. Ey
tengdosh, bugun boʻlajak kasbining mutaxassisi sifatida ibodatimizni oʻz
oʻrnida qilayapmizmi? Ota-onamizning ter toʻkib topib toʻlagan kontraktlariga
munosib boʻlyapmizmi? Ertaga shu ezguliklarga, mehribonliklarga munosib
javob qaytara olamizmi? Kim koʻribdi ota-onasining haqqini toʻla-toʻkis ado eta
olganni? Loaqal bir kecha boshimizda alla aytgan onamizning bir soatlik
559
allalarini, bedorliklarini qaytara olmaymizku!? Otamizning bir kunlik halol tuz
haqlarinichi qaytara olamizmi? Mana asarda nima deyilyapti, nima targ‘ib
etilyapti. Bir oʻylab koʻr ey, bilimdosh…
G‘ijduvoniy kashf etgan sakkizta muqaddas manzil(kalimoti qudsiya)ga
Bahouddin Naqshband yana uchta manzil, daraja qoʻshganligi ta’kidlanadi:
1.Vuqufi zamoniy-vaqt manzili. Bu manzilda solik oʻz umrini qanday
oʻtkazayotganligini nazorat qiladi. Agar savob ishlar bilan oʻtkazsa, Xudoyi
taologa shukrona aytadi, aksincha, gunohlar qilsa, tavba-tazarru qiladi.
2.Vuqufi adadiy-hisob-kitob manzili: xayolan zikr, duo, niyatlarni
nazorat qilish.
3.Vuqufi qalbiy-solik oʻz qalbida Alloh zikri qanchalik teran naqshlanib
qolganligini nazorat qiladi [ 1.9-b].
Alloh taolo oldida savob ishlar uchun shukrona aytyapmizmi,
gunohlarimiz uchun-chi tavba-tazarru qilyapmizmi?... Mana nima uchun
Nasafiy singari allomalar ijodi oʻrganilayotganliginining sababi va javobi…
Nasafiy taxallusi bilan ijod etgan “Qandiya yoxud kitob ul qand fi tarixi
Samarqand” asari muallifi Abu Hafs Nasafiydir. Asarda Samarqand tarixiga doir
muhim manbalar mavjud. Samarqand shahri va uning tuprog‘ida osuda yotgan
avliyolar haqida, qadamjolar haqida, Yusuf Hamadoniy, Moturudiy,
G‘ijduvoniy, tarixiy shaxs Qusam ibn Abbos(Shohizinda)haqida ham toʻliq
ma’lumotlar bor. Tarixdan ma’lumki,Nasaf Qarshining qadimgi nomidir. Undan
boshqa Nasaf nomi boshqa viloyatlarda uchramaydi. Abu Hafs Nasafiyning
asarida yashab ijod etgan manzili haqida toʻliq ma’lumotlarni uchratmaysiz.
Lekin “Manzumat un-Nasafiyya” asariga uning zamondoshi Alovuddin
Abdulmujohid Muhammad Samarqandiy (vafoti 1157) tafsir yozganligi
aytiladi. Taxallusidan koʻrinadiki, samarqandlik alloma. Shu oʻrinda , savol
tug‘iladi. Nega Nasafiy aynan Samarqand bilan bog‘liq asar bitgan?
Samarqandda ham Nasaf degan joy nomi boʻlgan yoki ijodkor Nasafda tug‘ilib
Samarqandda ijod etgan. Albatta, bu bizning taxminimiz. Bu muammoni
aniqlash nasafiyshunoslarning oldidagi oʻrganilishi zarur boʻlgan muammo.
560
Abu Hafs Nasafiy 1068-1142-yilllarda Movarounnnahrda qoraxoniylar davrida
yashagan. Yirik muarrix, tilshunos va mudarris boʻlgan. Uning musulmon
qonunshunosligiga doir” Manzumat un-Nasafiyya fil xilofiyyot”
(“Kelishmovchiliklar haqIda nazmiy asari), “Risolayi Najmiyya” va boshqa
asarlari mavjud boʻlib, ularning bitik nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti Bitik
kitoblar Xazinasida saqlanadi.
XIII asr oxiri 14-asrning birinchi yarmida Movarounnahrda yashab ijod
etgan nasaflik faqihlardan biri, bizgacha yagona “Fiqhi Kaydoniy” asari yetib
kelgan alloma Lutfulloh Nasafiy Fozil Kaydoniydir. Ilmiy adabiyotlarda yetarli
ma’lumotlar uchramasa-da, “Sharq qoʻlyozmalari” toʻplamining 4-jildida
yozilishicha, Nasafiyning ushbu asari ibodat masalariga bag‘ishlangan boʻlib,
Oʻrta Osiyoda va umuman Sharqda, “Matlab ul-musolliy” nomi bilan mashhur
boʻlgan.
Yashagan davri yurtimiz uchun nihoyatda murakkab va nisbatan kam
oʻrganilagan davrga toʻg‘ri kelgan. Chunki davlat boshqaruvi allaqachon
moʻgullar qoʻliga oʻtib, ilm-fan madaniyat inqilobi inqirozga yuz tutgandi. Shu
sababli ham Nasafiy yashagan davrning ijtimoiy-madaniy hayoti haqidagi ma’-
lumotlar kam uchraydi. Allomaning tug‘ilgan yili aniq emas, vafotlari 1349-yil.
Kaydon degan joy Nasaf shahri qishloqlaridan boʻlishi mumkin. Kaydoniy va
Nasafiy nisbasi shu sababli beriladi. Izlanishlar davomida Lutfulloh ibn Umar
an-Nasafiy ya’ni ibn Umar deb kelgan nusxasi borligi ham aniqlangan.
Anglashiladiki, otasining ismi Umar boʻlgan. Asar 14-asrning birinchi yarmida
yozilgan. Unda islom fiqhining asoslari boʻlmish namozga doir masalalar keng
va tushunarli berilgan. Risola qalamga olingandan boshlab to 19-asrning 2-
yarmigacha madrasalarda fiqh fanidan boshlang‘ich darslik sifatida oʻqitib
kelingan. Asarning arab, fors, turk tillariga tarjima qilinganligi ham nihoyatda
mukammmal boʻlganligini isbotlaydi.
Asar islom an’analariga muvofiq Alloh taologa hamd va uning suyukli
Rasuliga salovatlar, as’hobi kirom va ulamon solihinlarga maqtovlar bilan
561
boshlangan. Namozga oid shar’iy hukm haqida, amallar haqida toʻxtalganda
ularni “buyurilgan” va ‘‘buyurilmagan” amallarga ajratilgan. Lutfulloh Nasafiy
yozadi: ‘‘Bilginki, banda Alloh taologa itoat qilib savob topish yoki unga osiylik
qilib azoblanish orasida sinaladi. Sinov biror bir ishni qilish va qilmaslik e’tibori
bilan mashru’ va g‘ayri mashru’ amallarga bog‘liqdir”[3.25]. Anglashiladiki,
Allohning yaratgan bandasi biror amalni qilish va qilmaslik doirasida sinaladi.
Inson doimo sinovda boʻladi. Unga qiyinchilik, mashaqqat, mehnat yuborilib
sinovdan oʻtkaziladi. Aslida bugun bosayotgan har bir qadamimiz sinov
emasmikan? Har bir harakatimiz, soʻzimiz imtihondan, oliy imtihondan
oʻtmayaptimikan? Aynan “Fiqhi Kaydoniy” asari oʻsha davr uchun ham, oʻzidan
keyingi davr uchun ham, bugungi kun uchun ham oʻz hissasini qoʻsha oldi,
qoʻsha olgan va qoʻsha olmoqda, bundan keyin ham qoʻsha oladi. Oʻrta Osiyoda
birinchi marta Muhammad Rahimxon Feruz tomonidan ishga tushirilgan milliy
matbaada ham “Fiqhi Kaydoniy”ning birinchi marta nashr etilganligi asarga
berilgan yuksak bahodir. Alloma yozadi: ‘‘Farzning hukmi shuki, uni qilgan
kishi savob topadi, uzrsiz qilmasa, azoblanadi. Ammo uzr sababli qilolmay
qolsa, gunohkor boʻlmaydi” [3.16]. Demak, biror farzni uzrli tarzda qilolmay
qolsa, kishi azoblanadi.
Nasafiy taxallusi bilan ijod etgan yana bir alloma Aziziddin Nasafiydir.
Nasafda tug‘ilgan bu zot dastlabki savodni shu yerda chiqarib, keyingi tahsilni
Buxoroyi sharifda oʻrgangan. Uning ustozi Sa’diddin Hamaviy Najmiddin
Kubroning peshqadam xalifalaridan boʻlgan.Alloma 13-asr boshlarida
tug‘ilgan, ammo tug‘ilgan yili aniq emas. 1273-yil Buxoroni tark etgan, Eronga
borib, Bahrobod, Sifahon, Sheroz, Abrkoʻh shaharlarida yashagan va 14-asr
boshlarida Abrkoʻhda vafot etgan. Asarlari turk, nemis, ingliz, fransuz tillariga
tarjima qilingan. N. Komilov alloma haqida quyidagilarni keltiradi: ‘‘Aziziddin
Nasafiyni inson tadqiqotchisi deyish mumkin, chunki uning barcha risolalarida
inson hilqati, iste’dodi va nuqsonlari, insonni kamol toptirish masalalari
oʻrganiladi.Uning fikricha, inson koinotning kichraytirilgani, insonda barcha
ilohiy va moddiy olamlarning xislati jamuljam. Inson shuni anglashi va oʻz ruhi
562
javharini anglashi lozim”[4.5]. Bu satrlardan barchamiz uchun tushunarli
boʻlgan: inson oʻzini anglagandagina, poklagandagina inson degan nomga
munosib va loyiq boʻladi, degan ma’no anglashiladi. Bugungi kunda Aziziddin
Nasafiyning bizga ma‘lum asari ‘‘Zubdat ul-haqoyiq”dir.
Men Qarshi tumaniga qarashli Qovchin qishlog‘ida tavallud topganman.
Aynan ana shu qishloqda Abu Muin an-Nasafiy ziyoratgohi joylashgan. Nasafda
tug‘ilgan alloma Moturudiy ta’limotini davom ettirib, yozgan asarlarida aynan
shu ta’limot mohiyatini, dinning mazmunini, bilimning ta’rifini haqqoniy tarzda
ochib bergan. 1046-1114-yillarda yashab oʻtgan bu zot yigirmaga yaqin asarlar
muallifidir. Umar ibn Muhammad Nasafiy ‘‘Al Qand fi zikri Samarqand” asarida
Abu Muin Nasafiy haqida quyidagi fikrlarni keltiradi ‘‘Sharq-u g‘arbning olim-
ulamolari Abu Muin Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, u taratgan ziyo
nurlarini koʻzlariga toʻtiyo qilib surtganlar”[7.6]. Xoʻsh, Abu Muin Nasafiy
taratgan ziyo nimadan iborat edi? Birinchidan, muallif moturudiya
ta’limotining mohiyatini ochib bergan. Ikkinchidan, islom dinining g‘arazli
raqiblariga, uni notoʻg‘ri talqin etuvchilarga nisbatan oʻz asarlarida javob
bergan. Muallifning mashhur asarlaridan biri ‘‘Tabsiart-ul adilla fi usulid
din”(“Din asoslari boʻyicha dalillar bayoni”)dir. Asarda Alloh taoloning
sifatlarini tasdiqlash, ilm sifati borasida, olamning yaratuvchisi bor ekani
haqida mulohaza yuritiladi. Alloma “Alloh taoloning sifatlarini tasdiqlash”
bobida “Olamlarni yaratgan Zotning barcha nuqsonlardan pok holda Qadim
ekanligi sobit ekan, U Zotning Hay(Tirik), Qodir(barcha narsaga qodir), Same’
(Eshituvchi), Basir(Koʻruvchi) va Olim(barcha narsani Biluvchi)ligi ham sobit
boʻladi”[5.4]deya fikr bildiradilar. Zero, bizni yaratgan Alloh har narsani
Koʻruvchi, Eshituvchi, Qodir va Biluvchi zotdir.
Bugun dunyo ahli globallashuv jarayonida mobil qurilmalardan,
kompyuter, telefonlardan foydalanib insoniy tuyg‘ularda, fazilatlarda,
munosabatlarda xato va kamchiliklarga, koʻngil og‘ritishlarga yoʻl qoʻymoqda.
Inson oʻzi yaratgan telefonga oʻzi mahliyo boʻlib, koʻp vaqtini shu buyumga
sarflamoqda. Vafosiz yor deya ta’riflangan bu matohlarni oʻzimizdan-da aziz,
563
yaqinlarimizdan-da yaqin koʻrishimiz kishini oʻyga toldiradi. Nasafda ijod
etgan Abu Hafs Nasafiy, Lutfulloh Nasafiy, Aziziddin Nasafiylar bugun insoniyat
yoʻl qoʻyayotgan kamchilklarning, qusurlarning oldini olish yoʻllarini, Allohni
tanish, uni doim zikr etishni asarlariga jo etganlar.”Fiqhi Kaydoniy” asari
madrasalarda koʻp oʻqitilgani bois talablar orasida quyidagi forsiy bayt keng
tarqalgan ekan:
To naxoni “Fiqhi Kaydoniy”
Lazzati ilmi namidon”
Ma’nosi:
Toki “Fiqhi Kaydoniy”ni oʻqimas ekansan,
Ilmning lazzatini bila olmaysan [3.98].
Biz ham buyuklar asarlarini oʻqib, oʻrganib, yosh avlodni ham shu
asarlardan bahramand etaylikki, nasaflik allomalarni faqat nasafliklar yoki shu
soha izlanuvchilari emas, butun Oʻzbekiston ahli, butun dunyo bilsin. Aziziddin
Nasafiy “Zubdat ul-haqoyiq” asarida yozgandi:
Bir savat shirmoy non turar boshingda,
Tilaysan eshikdan burda non nechun?
Kishilar eshigin taqillatguncha,
Qoqsang-chi, ey nodon, dilning eshigin?! [4.87-b].
Ota-ona bugun kitob mutolaa qilsagina ertaga farzand ham kitobni oʻziga
doʻst biladi. Buning aksi boʻlsa, farzand oʻzga doʻstlar eshigini taqillatishga
majbur boʻladi. Farzandlarimizning kelajakda komil inson, din-u diyonatli boʻ-
lishlarini istasak, bugun oʻzimiz kitob oʻqiylik. Abu Muin Nasafiy, Aziziddin
Nasafiy, Lutfulloh Nasafiylar asarlarini oʻqish, oʻrganish, mushohada etish
uchun ularning asarlari nashrlarini koʻpaytirish, konferensiya, anjumanlarni
yanada dolzarblashtirish zarur.
Men Nasafdek buyuklar yetishib chiqqan makonlda tavallud
topganimdan, mana shu goʻshada yashayotganimdan faxrlanaman. Imom Muin
Nasafiyga hazratlariga munosib avlod boʻlish mening oliy burchim sanaladi
Do'stlaringiz bilan baham: |