Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords: folklore, public folklore, Uzbek, Turkmen, Gorogly, Korogli. 

 

 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

566 


Goʻroʻg‘li dostonlari xalq dostonchiligida har biri mustaqil yashagan va 

ayrim-ayrim nomga ega boʻlgan  asarlar  silsilasi,  muayyan  omillar  bilan  bir-

biriga birlashgan kattakon turkum boʻlib,  Yaqin  va  Oʻrta  Sharqda  juda  kеng 

tarqalgan.  Bu  turkum  oʻzbek,  tojik,  qozoq,  qoraqalpoq,  tatarlarda  Goʻroʻg‘li; 

turkmanlarda  Goʻroʻg‘li,  Koʻroʻg‘li,  Qaroʻg‘li,  ozarbayjon,  gruzin,  turk  va 

boshqalarda Goʻroʻgli nomi bilan shuhrat qozongan. Goʻroʻgʻli, asosan, turkiy 

xalqlarning sayyor dostoni hisoblanadi. Mutaxassislar dostonni ikkita katta – 

Oʻrta  Osiyo  va  Kavkazorti  guruhiga  boʻlib  tasnif  qilishadi.  Oʻzbek,  qozoq, 

qoraqalpoq  versiyalari  Oʻrta  Osiyo  guruhini  tashkil  etsa,  turk,  ozarbayjon, 

qrim-tatar, arman variantlari Kavkazorti guruhiga kiradi. “Aslida oʻzbek elida 

tarqalgan “Goʻroʻgʻli” dostonlarining soni yuzdan oshadi” [2. 112-bet]. 

Oʻrta Osiyoda islom dini kirib kelishidan burungi davrlarda maydonga 

kelgan. Ba’zilari bundan uch-toʻrt asr ilgari yaratilgan va zamonamizga qadar 

juda koʻp xalq shoirlari tomonidan har qaysisining oʻz zamoni talablariga koʻra 

qayta-qayta  ishlanib,  koʻp  variantlarda  bizgacha  yetib  kelgan. “Goʻroʻg‘li” 

dostonlari  turkumi  xalq  bahodirining  ajoyib-g‘aroyib  holda  tug‘ilishi  va 

qahramonona yoshligini tasvirlovchi “Goʻroʻg‘lining tug‘ilishi”, “Goʻroʻg‘lining 

bolaligi”  dostonlari  bilan  boshlanadi.  Ularning  Poʻlkan  variantida 

tasvirlanishicha,  Goʻroʻg‘lining bobosi Toʻliboy  sinchi  Mari  yurtining  begi 

Qovishtixonning  oʻg‘li boʻlib,  yoshligida  Yovmit  podshosi  Odilxonga  asir 

tushadi. Toʻliboy sinchi xizmatlaridan koʻngli toʻlgan Odilxon qizi Bibi Oyshani 

unga nikohlab beradi. Bulardan boʻlg‘usi qahramonning otasi Ravshan tug‘iladi. 

Taka-Yovmit  yurtining  doimiy  dushmani  Shohdorxonning  navbatdagi 

bosqinchiliklaridan  birida  Ravshan,  shuningdek,  Taka-Turkman begi 

Jig‘alixonning farzandlari Gajdumbek va Bibi Hilollar Zangar yurtiga asir tushib 

ketadi.  Zangarda  Ravshan  bilan  Bibi  Hilol  tasodifan  uchrashib  qolib,  bir-

birlarini sevib qoladilar va turmush quradilar. Bu orada Ravshanning sinchiligi 

xabari Shohdorxonga yetib keladi. Shohdorxon uni saroyga chaqirib, otlarini 

koʻrsatadi.  Ravshan  bular  ichida  tulpor  yoʻqligini  aytib,  holvachining  otini 

maqtaydi. Achchiqlangan xon Ravshanning koʻzlarini oʻyib oladi. Ravshan koʻr 




 

567 


koʻzining  xuniga  holvachining  otini  tilab  olib,  shu  ot  yordamida  qaynakasi 

Gajdumbek bilan Yovmitga qochadi. Zangarda qolgan Bibi Hilol qornidagi olti 

oylik gumonasi  bilan  vafot  etadi.  Goʻrda  oʻlik  onadan  boʻlajak  qahramon 

tug‘iladi.  Choʻpon  Rustam  uyuridagi  bir  baytal  uni  emizadi  va  keyinchalik 

Rustam yordamida shu baytalda Yovmitga qochib keladi.  

Koʻrinadiki,  epos  an’anasiga  koʻra,  Goʻroʻg‘lining  kelib  chiqishi  yuqori 

tabaqa  bilan  bog‘lansa-da,  u,  avvalo,  kambag‘al  bir  otboqar  sinchining  oʻg‘li; 

choʻpon  Rustam  tarbiyasida  voyaga  yetadi,  xalq  qahramonlariga  xos 

g‘ayritabiiy yoʻsinda tug‘iladi va bahodirlik kamolotiga erishadi. Bu bilan, bir 

tomondan,  Goʻroʻg‘lining  yoshligidanoq  xonlarga,  saroy  aristokratiyasiga 

qarshi tarbiyalanganligi koʻrsatilsa, ikkinchidan, uning epik Chambil yurtining 

qonuniy hukmdori ekanligi har jihatdan asoslanadi. “Goʻroʻg‘lining tug‘ilishi”, 

“Goʻroʻg‘lining  bolaligi”  dostonlari  koʻp  planli  asarlar boʻlib,  ularda  G‘irot 

biografiyasiga  oid  ajoyib  ma’lumotlar  ham  bor.  Bu  ma’lumotlarga  koʻra, 

qahramonni  emizgan  baytal  bilan  Xuroson  koʻlidan  chiqib  kelgan  ayg‘irdan 

(“suv oti”dan) urg‘ochi qulun tug‘iladi. Bu qulun uch yashar boʻlgach, Goʻroʻg‘li 

Rayhon  arabning  dong‘i  chiqqan  tulporidan  nasl  olishga  harakat  qiladi. 

Natijada uchinchi ot — G‘irkoʻk tug‘iladi. G‘irkoʻk yetti kunlik boʻlganda, onasi 

oʻladi.  Goʻroʻg‘li  unga  turli  xil  hayvonlarning  sutini  berib  tarbiya  qiladi. 

Goʻroʻg‘li bilan G‘irot orasida juda koʻp oʻxshashliklar bor: dostonda har ikkalasi 

ham  uchinchi  naslgacha  tilga  olinadi  (Toʻliboy  —  Ravshan  —  Goʻroʻg‘li; 

qahramonni  emizgan  baytal  —  “suv  ot”  —  G‘irkoʻk);  ikkalasi  ham  yetim; 

ikkalasi shirxoʻra va hokazo. Bu bilan qahramon va uning jangovar oti oʻrtasida 

eposga xos ajoyib bir aloqa yuzaga keltiriladiki, bu butun turkum boʻylab izchil 

davom  etadi.  Dastlabki  dostonda  yosh  qahramonning  chiltonlar  bilan 

uchrashuvi,  kelajak  yoʻlining  oldindan  belgilanishi,  epik  Chambil  yurtining 

bunyod etilishi, Yovmit eliga xon qilib koʻtarilishi kabi voqealar juda qiziqarli 

tasvirlanadi. Shohdorxon va Ravshan, Ravshan va Urayxon, Rayhon va Goʻroʻg‘li 

toʻqnashuvlarida butun turkumga xos boʻlgan ijobiy va salbiy sifatlar namoyon 

boʻladi.  Turkumning  ushbu  dastlabki  dostonlaridayoq  oʻzbek  “Goʻroʻg‘li”siga 




 

568 


xos boʻlgan cheksiz fantaziya, koʻz ilg‘amas geografik va etnografik kengliklar 

toʻla namoyon boʻladi. Bu  hol,  ayniqsa,  “Yunus  pari”,  “Misqol  pari”,  “Gulnor 

pari” dostonlarida yanada yorqin koʻrinadi. Bu asarlar Goʻroʻg‘lining uylanishi 

va  shu  bilan  bog‘liq  qahramonliklariga  bag‘ishlangan.  Epik  an’anaga  koʻra, 

Goʻroʻg‘lining  ikki  xotini  —  Yunus  pari  va  Misqol  parilar  (Poʻlkan varianti 

boʻyicha uchinchisi — Gulnor) bor. Ular Koʻhi Qofda Eram bog‘ida yashaydi, 

ularni juda katta g‘ayritabiiy kuchlar — devlar qoʻriqlaydi. Parilar Goʻroʻg‘liga 

ilgaridan “belgilangan” boʻlsa-da, ularni qoʻlga kiritish uchun yuksak jismoniy 

kuch bilan bir qatorda aql, farosat, usta tadbirkorlik ham kerak edi. Goʻroʻg‘li 

buni  qoyil  qilib  bajaradi.  Dostonlarda  parilar  podsholigi,  undagi  saroy  va 

oilaviy  hayot  inson  turmushining  ideal  koʻrinishi  sifatida  keng,  hayotiy 

lavhalarda juda real tasvirlanadi. Baxshi inson turmushi bilan bog‘liq hayotiy, 

tarixiy  va  etnografik  tafsilotlarni  muhabbat  bilan  bayon  etadi.  Kitobxon  va 

tinglovchi  shunday  bir  bepoyon  fantastik  olamga  olib  kiriladiki,  aqlbovar 

qilmas  bu  yuksak  olamda  inson  turmushi,  tafakkuri,  kurashlari,  hasrati  va 

xursandchiligi namoyon boʻladi. Real hayot bilan mustahkam bog‘liqlik bunday 

chiroyli fantaziyalar namunalarini “Goʻroʻg‘li” dostonlaridan istagancha topsa 

boʻladi  (“Balogardon”,  “Malikayi  Ayyor”,  “Mashriqo”  va  boshqa  dostonlarni 

eslash  kifoya). Turkumda  Goʻroʻg‘li  va  Chambil  yurtining  doimiy  tashqi 

dushmanlari  sifatida  Rayhon  arab,  Bektosh  arab,  Xunxorshoh  va  boshqalar 

tilga  olinadi.  Shirvon  xoni  Rayhon  arabning  Goʻroʻg‘lining  yangasi  (Ahmad 

Sardorning  xotini)  Xoljuvonni  olib  qochib  ketishi  va,  oʻz  navbatida,  yosh 

Goʻroʻg‘lining  Rayhon  arabning  qizi  Zaydinoyni  tog‘asiga keltirib berishi 

(“Zaydinoy” dostoni) ular oʻrtasidagi qator dushmanlik harakatlarining yuzaga 

kelishiga sabab boʻladi.  Bunday  dushmanlik  harakatlari  koʻpchilik  asarlarda 

epizodik  tarzda  tilga  olinsa,  ayrim  dostonlarda  (“Rayhon  arab”,  “Chambil 

qamali”,  “Bektosh  arab”,  “Xoldorxon”  va  boshqalar)  bu  narsa  ikki  taraf 

oʻrtasidagi haqiqiy jang tarzida kengaytiriladi. Lekin bosqinchilik urushini har 

gal  arab  yoki  xunxor  hukmdorlar  boshlaydi  va  har  gal  ular  Goʻroʻg‘lidan 

yengiladi.“… turkumlanish xususiyatlari, syujet sostavi va dostonlarning soni 




 

569 


jihatidan ham obrazlar talqini tomonidan ham ular boshqa-boshqa hodisadir” 

[1. 6-7-betlar]. 

“Goʻroʻg‘li”  turkumi  dostonlari  koʻpgina  xalqlar  orasida  juda  keng 

tarqalgan  boʻlib,  ayrim  xalqlarda  baxshilar  tomonidan  hozir  ham  kuylanib 

kelinmoqda.  Bu  dostonlar  oʻzbek,  tojik,  turkman,  ozarbayjon,  turk,  qozoq, 

qoraqalpoq,  arman,  gruzin,  kurd  xalqlari  epik  ijodiyotida  oʻziga  xos 

turkumlarni tashkil etadi. “Goʻroʻg‘li” turkumi dostonlari har bir xalq eposida 

shu xalq orzu-istaklari asosida yaratilgan qahramonni aks ettiradi. Shu jihatdan 

ularda oʻzaro oʻxshashlik va farqli tomonlari yuzaga keladi. 

Oʻzbek va turkman versiyalarida dostondagi sirli voqealarda bir xillikni 

koʻrishimiz  mumkin. Boʻlajak  qahramonning  yoshlik  chog‘idagi  g‘ayritabiiy 

“telbaliklari”.  Bu  holat  dostonning  oʻzbek  versiyasidagi  bir  qator  oʻrinlarda 

yaqqol namoyon boʻladi. Dastlab Xunxor yurtida yosh Goʻroʻg‘li “Shuytib har 

kuni koʻchalarda  bolalarning  oshiqlarini  yutib,  zoʻrlik  qilib  olib,  urush  qilib, 

yoqama-yoq  boʻlgan  bolalarning  qulog‘ini  ushlab  yulib  oldi,  bir  xilini  ushlab 

bosib  olib  pichoq  bilan  tilib  oldi,  belgi  qildi.  Shunda  haligilar  “yaxshi  boʻldi, 

oʻldirmadi”  deyishib  quvonib  qoldi.  Yosh  bolalar  G‘oʻroʻg‘lidan  qoʻrqib, 

koʻchaga tirq etib chiqolmay qoldi. Buni otalari eshitib, amaldor-hokimlari oʻz 

ortalarida gap qildi”.  Ahvol shu darajaga yetadiki, Goʻroʻg‘li Shohdorxonning 

Badkir polvonini oʻldirib, bu yerdan ota yurtiga ketishga majbur boʻladi. Lekin 

Xoljuvonni Rayxon arab olib ketgach, Goʻroʻg‘lining “dali”lillari haddan oshadi. 

U Bolli koʻlga  borib,  “Tong  qorong‘usi  boy  choʻponlarning  nonini  tortib  olib 

yeydirgon  boʻladi.  Choʻponlar,  podachilar  non-oshlarini  dalaga  chiqarib 

yeyolmaydi. Goʻroʻg‘li shu tariqa kun oʻtkarib yura berdi” deb hikoya qilinadi. 

Dostonda bu xatti-harakat Goʻroʻg‘lining yangasini oʻg‘irlatib qoʻyganligi alami, 

deb  izohlagan.  Araz  shu  darajaga  yetib  bordiki,  Goʻroʻg‘li  Ahmad  sardor 

yuborgan  odamlarni  ham  urib,  oʻldirib,  bir  xillarining  qoʻllarini  sindirib 

joʻnatadi. Dostonning turkman versiyasida ham ayni holni uchratamiz va har 

ikkala  versiyada  ham  Koʻroʻg‘li/Goʻroʻg‘lining  yoshligidagi  telba  xatti-

harakatinng  asl  sabablari  bizga  qorong‘u  boʻlib  qolaveradi.  Chunki  xalqning 




 

570 


himoyachisi  boʻlishi kerak boʻlgan  qahramonning  oʻzgalar  qatori  oʻz  xalqi, 

yaqin qarindoshlariga nisbatan bu dalilliklari bir arashda epik ideal haqidagi 

tasavvurlar  qolipiga  sig‘maydi.  Nega  shunday?  Biz  duch  kelgan  eng  asosiy 

dastlabki savol mana shu. 

Goʻroʻg‘li  dostoninng  oʻzbek,  turkman,  ozarbayjon  versiyalaridagi 

“alpning qayta yaralishi” voqelari oʻzaro qiyoslansa, ular bir-birini toʻldiradi va 

eposdagialpning qayta yaralishi” motivini qayta tiklashga imkon beradi: 

a) “alpning qayta yaralishi” amalga oshuvchi joy: 

- oʻzbek versiyasida : tog‘, chiltonlar g‘ori; 

- turkman versiyasida : choʻl, ulkan chinor tagi; 

- ozarbayjob versiyasida: tog‘ ustidagi sirli buloq. 

b) “alpning qayta yaralish” tafsilotlari: 

-  turkman  versiyasida:  Goʻroʻg‘linig koʻksi  yorilib,  barcha  a’zolari  nur 

bilan yuviladi; 

-  ozarbayjon  versiyasida:  Mag‘rib  va  Mashriqdan  chiqqan  yulduzlar 

qoʻshilib, ularning nuri Qoʻshabuloqqa tushgach, suvning koʻpirib toshishi va 

karomatli-ilohiy  ichimlikka  aylanishi  hamda  qayta  yaralishning  shu  suv 

vositasida amalga oshirilishi; 

- oʻzbek versiyasida: chiltonlar davrasida ilohiy ichimlikni ichib, koinot 

sirlaridan voqif boʻlishi, sohibqironga aylanishi; 

c) “alpning qayta yaralishi”da ishtirok tuvchi shifobaxsh “ilohiy suv” 

Ozarbayjon  versiyasidagi  yulduzlar  nuridan  koʻpirib,  ilohiy  quvvat 

oluvchi buloq suvi motivi oʻzbek va turkman versiyalarida sharob-u antaxur 

bilan almashirilgan. Lekin mohiyat bir xil. 

“Goʻroʻg‘li”turkumi  dostonlari  xalq  hayoti,  turmush-tarzini,  orzu-

umidlari  va  idеallarini,  axloqiy-estеtik  va  ijtimoiy  qarashlarini  kеng  planda 

tasvirlovchi  epopеyadir.

  “Goʻroʻg‘li”  turkumi  dostonlari  xalq  hayoti  va 

turmushini,  uning  orzu-umidlari  va  yuksak  maqsadlarini,  maʼnaviy-estetik 

olamini  keng  miqyosda  badiiy  aks  ettiruvchi  asar  sifatida  bebaho  meros 

sanaladi . 



 

571 



Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish