Keywords: “Alpomish” dostoni, Alpomish, Boysariboy, Yortiboy, Qayqubod, Ultontoz,
Qaldirgʻoch epic, episodic image, poetic burden, ethnos, zakat.
Xalq dostonlari qadimiyatning buyuk bir ehsoni, oʻzlari yaratilgan
davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli an’anaviy ijod va ijro
sharoitlarda xalq ruhining obyektiv holatini davrlararo ifodalab, mazmun shakl
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
550
jihatdan goh kengayib, goh torayib ajdodlardan avlodlarga ogʻzaki ravishda
dostonlar gultoji “Alpomish” xalqimiz yaratgan epik she’riyat namunalaridan
biri, balki birinchisidir.
“Alpomish” dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va
xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urugʻ birligini
kuylovchi ulkan eposdir.
“Alpomish” dostonida xalqimizning qahramonlik haqidagi ideallari,
mardlik tuygʻusi yorqin tasvirlangan. Dostondagi voqealar qahramonlik,
jasurlikni, ulugʻlash, mardlik tuygʻulari vatanparvarlik gʻoyasi bilan uzviy
bogʻlangandir.
Dostondagi har bir obraz etnosning ma’lum ijtimoiy tabaqa yoki biror
guruhining ramzi sifatida qad rostlab, ularning intilishlari, fikr oʻylari, taqdirini
ham ifodalaydi.
Biz bilamizki, doston bosh qahramonlari Alpomish va Barchinoydir.
Qolgan obrazlar bosh qahramonlar atrofida sodir boʻlayotgan voqealarda
ishtirok etadi va bular epizodik obrazlar hisoblanadi. Xoʻsh, unda epizodik
obraz nima? Epizodik obraz asarning makrostrukturasida yanada kamroq
ishtirok etadigan shaxslar epizodik obrazlar hisoblanadi. Epizodik obrazlar
asosiy qahramon tabiatidagi muhim xususiyatlatlarni ishonarli yoritishga
xizmat qiladilar. Alpomish dostonidagi obrazlar Suqsuroy, Qaldirgʻoch, Tovka
Oyim, Yortiboy, Qayqubod, Ultontoz va boshqalar. Endi bu obrazlarning
ba’zilariga toʻxtalib oʻtsak: Qayqubod - oqkoʻngil, sodda, shu bilan birga
qoʻlidan har ish keladigan, oʻta topqir shaxs. Asarda Qayqubodning oʻgʻirlikka
boorish epizodi xarakterlidir. Bunda umrida hech mahal oʻgʻirlik qilmagan
sofdil Qayqubodga samimiyat, uning holiga achinish tuygʻulari ifodalanadi:
Koʻzida toʻktirib selob nurini,
Ukasini yiqay Joltong pirini,
Oh urganda xasta koʻnglin ushladi,
Gʻanimga duch boʻlmay sirim foshladi.
551
Asardagi yana bir epizodik obraz Ultontoz. Ultontoz - xalq manfaati
uchun qaygʻurmaydigan, qoʻngʻirot urugʻiga gʻamxoʻrlik qilmaydigan zolim
shaxs. U har qanday yaramas va iflos ishlarni qilishga tayyor “pastkash inson”
sifatida gavdalangan.
Dostonda Barchin obrazini toʻldirib keluvchi epizodik obraz Qaldirgʻoch.
Qaldirgʻoch Boyboʻri yashirib qoʻygan xatni topib, akasiga ma’lum qilish epizod
bilan dostonga kirib keladi. Qaldirgʻochning ichki olami uning yangasi Barchin,
jiyani Yodgor va akasi Alpomishga mehribonchiligi dostonnning ikkinchi
qismida yanada yorqinroq koʻrsatilgan
Dostonda yana Toychaxon, Surxayil kampir, Bodom bikach, Koʻkaldosh
va qolgan toʻqson qalmoq obrazi yaratilganki, bularning har biri asar syujeti va
kompazitsiyasida muayyan estetik maqsadni ochishda kata oʻrin tutadi. Bu
obrazlar voqealarning rivojlanishi bilan birga oʻsib boradi va har bir obraz
oʻziga xos xususiyatni gavdalantiradi.
Hakimbekning aql va farosati tufayli yuz bergan zakot masalasidan soʻng
aka – ukalar oʻrtasiga sovuqchilik tushadi. Ne maqsadda soʻralgan zakotga
tushunmagan uka akadan ranjidi. Boysari oʻz eliga maslahat soldi:
Oh urganda koʻzdan oqar selob yosh,
Maslahat ber oʻn mingli uyli qarindosh.
Barchinoyim boʻy yetgandir qalamqosh,
Zolim bilan hargiz boʻlmanglar yoʻldosh.
Qoʻngʻirot elidan molga zakot kelibti,
Maslahat ber, oʻn mingli uyli qarindosh.
“Shu turgan xaloyiqlardan xech bir sado chiqmadi. Shu majlisda bir
Yortiboy degan oqsoqol bor edi. Majlisi kun boʻlsa toʻrdan joy tegmay,
boʻsagʻaning oldida kovushga joy bermay kovush bilan aralashib, it yiqilish
boʻlib, poyga betda yotar edi. Toʻrda oʻtirgan kattaman deb yurganlarning hech
biridan gap, sazo chiqmagandan keyin poyga betdan Yortiboy oʻrnidan turib,
maslahat shulda” – deb:
“Maslahat bermaymiz Boysariboyga,
552
Osilmaymiz Boyboʻrining dorida,
Biring aka, biring uka, Boysari,
Maslahatni, shoxim, oʻzing bilasan …”
Yortiboy tomonidan aytilgan bu soʻzlar Qoʻngʻirot elining katta –
kichigiga ma’qul tushgandan soʻng, Boysari ketishga qaror qildi. Ana shunda
Yortiboy Qoʻngʻirot elining, ya’ni xalqning tili boʻldi.
“Ushbu damning damligini dam dema,
Boshing eson, davlatingni kam dema,
Sen ketar boʻlsang, Qalmoq yurtiga,
Bul elatni qolar deb ham gʻam yema …”
Shu “maslahat” dan soʻng Qoʻngʻirot eli Boysari boshchiligida Kashalga
keldi. Vaholanki, Kashalga kelgandan soʻng ham Qoʻngʻirot eli begona yurt bilan
singishib ketolmadi. Ularning bu xalq bilan singishib ketish muammosi Barchin
bilan xal boʻlardi. Barchinni soʻrab kelgan qalmoqlarga ne deb javob berishni
bilmagan Boysari, yana Qoʻngʻirot eliga maslahat soldi. Yana Boysarining
maslahatchisi Yortiboy boʻldi.
“Bul alplarni kuyov qilib olamiz,
Muna elda toza erkin boʻlamiz,
Bolalarni togʻa jiyan qilamiz,
Chin bermasang ikki boshdan oʻlamiz …”
Ketishga birgina zakotni bahona qilib, koʻchib xato qilganini tan
ololmagan Boysari Toychixon tomonidan taqdim etilgan tuhfalarni qabul qilib
ogʻzi bogʻliq holda qoldi. Boysarining ogʻzini bogʻlagan tuhfalar bu Yortiboyning
maslahatlari edi.
Asardagi har bir obraz ma’lum bir vazifani bajaradi. Yortiboy obrazi asar
strukturasini yuqorisida turuvchi obraz. Yortiboy asl voqealarni
boshlanmasidir. Yortiboy obrazi ham epizodik obrazi boʻlishiga qaramasdan
doston voqealarini tubdan oʻzgartirib yuboradi. Doston voqealarini tubdan
oʻzgartirib yuboradigan darajada boʻlgan inson oʻzi qanday shaxs edi?
Shomirza Turdimov “ Etnos va epos “ asarida: “Yortiboy yarimta shaxs ham
553
emas. Yorti – 0,25 yarimning yarmi “ – degan fikrni keltirib oʻtgan. U “ Maslahat
bermaymiz Boysariga, osilmaymiz Boyboʻrining doriga …” deb oʻzining tor
qarashlaridagi sarqit fikrlarni “maslahat” deb berdi. Xususan, Yortiboy
keltirgan har ikkala maslahatida xam Boysarining ikkilanishlariga barham
beradigan gaplarni aytdi. Shundan bilishimiz mumkinki, uning gaplari oʻzining
harakterini ochib beradi. Ya’ni, oʻz manfaatlarini oʻylaydigan, oʻz manfaati
yoʻlida hech narsadan qaytmaydigan obrazdir. E’tibor bersak, birinchi nutqida
paytdan foydalanib oʻzini yaxshi koʻrsatishga urinadi. Keyinchalik ham oʻzining
erkin boʻlishi uchun ovulidagi qizni begonalar qoʻliga berishgacha tayyor
boʻlgan tuban kimsa qiyofasida shakllangan. Yortiboy uchun or – nomus, millat
va vatan, kelajak nasl taqdiri tushunchalari begona. Uning joni tinch, qorni toʻq,
oyogʻi uzangida boʻlsa kifoya. Yortiboyning Barchinni alplarga berib, evaziga
“Muna elda toza erkin boʻlamiz “ deyishi oʻzining qanchalik tuban kimsa
ekanligini koʻrsatib bergan. Oʻn ming uyli qoʻngirot elining ajralishiga, begona
yurtda biyning qizining talash boʻlishiga, Alpomishning yetti yil zindonda
yotishiga ham mana shu Yortiboy sababchi. Yortiboyni xalq ichidagi “Ichki
dushman” ya’ni koʻzga koʻrinmas dushman desa toʻgʻri boʻlar. Alpomish mana
shu dushman qarshisida ojiz qoldi. Mana shu dushman sabab Qoʻngʻirot taxti
egasiz qolib, Ultontoz taxtga chiqdi. Asar voqealarinining oʻzanini oʻzgartirib
yuborgan shaxs.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Alpomish dostoni badiiy jihatdan
eng mukammal asarlardan biri. Fozil Yoʻldosh oʻgʻli asrdagi voqealarni bayon
qilishga shoshilmaydi. Har bir lavha ishtirokchisining tashqi qiyofasi va ichki
dunyosini, voqea hodisalarni izchil tasvirlaydi. Qahramonning xatti -
harakatlarini dalillashga alohida urgʻu beradi. Xuddi shunday oʻrinni Yortiboy
timsolida koʻrib oʻtdik. Uning dostondagi oʻrni bir qarashda oddiy
tuyulganday goʻyo, biroq nega Boysarining gapiga hech kim javob
qaytarmaganda poyga betda it yiqilish boʻlgan shu obraz javob bergani
barchamizni oʻylantiradigan hodisa. Yortiboy obrazi orqali bu oʻrinda
554
choʻrtkesarlik va hozirjavoblikni koʻrishimiz mumkin. Yortiboy epizodik
obraz boʻlishiga qaramay, asar tizginini ushlab turgan qahramondir.
Yortiboy xalq tomonidan yaratilgan toʻqima obrazdir. Har bir badiiy
asardagi shaxs shunchaki yaratilmaydi. Ularning prototipi boʻlgan insonlar
xalq ichida yashaydiki, mana shunday obrazlar yaratiladi. Uni yaratishdan
koʻzlangan asosiy maqsad qadimdan to bugungi kunga qadar odamlar orasida
yashayotgan “Yortiboylar” borligi hamda ular oʻzining “dono” maslahatlari
bilan insonlar hayotiga ta’sir koʻrsatib kelayotganligidir. Badiiy asar yaratilar
ekan, u insonlarga estetik zavq berish va hayotdagi voqealardan toʻgʻri xulosa
chiqarishga undashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |