Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

 
Abbosiylar  diplomatiyasi.  VII  asrning  30-  yillarida  ulkan  davlatga  asos 
solgan  arablar  bosib  olgan  hududlar  Rim  imperiyasini  ham  ortda  qoldirgan. 
Pireney  yarim  orolidan  G’arbiy  Hindistongacha,  Kavkaz  va  O’rta  Osiyodan 
Yaman  va  Afrika  hududlarigacha  bo’lgan  ulkan  hududlarni  o’ziga  bo’ysindirgan 
arablar davlatida xalqaro munosabatlarga alohida e’tibor qaratilgan.  
Muhammad  alayhissalomning  vafotidan  so’ng  arablar  keng  miqyosdagi 
istilolarni  amalga  oshirdilar.  661-  yilda  hokimiyat  tepasiga  Ummaviylar  sulolasi 
hukmronligi  davrida  qo’shni  mamlakatlar  bilan  munosabatlar  asosan  harbiy 
to’qnashuvlar tusini kasb etgan.  
Abbosiylar  hukmronligi  davri  (750–1258)da  xalqaro  munosabatlarda 
diplomatiyaga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Davlat  boshqaruvida  devon  alohida 
ahamiyat  kasb  etib,  uning  tarkibida  tashqi  ishlar  bilan  shug’ullanuvchi  vazir 
(devon-ar-risolat)  lavozimi  joriy  etilgan.  Uning  qo’l  ostida  elchilik  bilan 
shug’ullanuvchi ko’plab mulozimlar faoliyat ko’rsatgan. Diplomatik munosabatlar 
yaxshilangan  davlatlar  hududida  doimiy  elchiliklar  tashkil  etilb,  aynan  ma’lum 
maqsadni ko’zlovchi vaqtinchalik elchiliklar ham mavjud edi.  


43 
Abul  Fazl  Bayhaqiy  (995–1077)ning  yozishicha,  qo’shni  davlatlarga 
yuboriladigan  elchilar  ikki  kishidan  iborat  bo’lgan.  Ulardan  biri  nufuzli 
zodagonlardan,  ikkinchisi  esa  o’qimishli  mullalardan  saralab  olingan.  Elchilarga 
ikkita  turli  xatlar  berilgan.  Birinchi  xat  qo’shni  davlat  hukmdoriga  atalgan  bo’lib, 
xat  boshida  albatta,  Qur’ondan  sitata  keltirilgan  va  hukmdor  sha’niga  hamdu-
sanolar o’qilgan. Shundan so’ng asl muddaoga o’tilgan va asosiy maqsadlar bayon 
etilgan.  Xatda  yuborilgan  elchilarning  vakolatlari  va  vazifalari  ham  ko’rsatib 
o’tilgan.  Xat  oxirida  elchilarni  uzoq  ushlab  qolmaslik  va  zudlik  bilan  qaytarib 
yuborish so’ralgan. Ikkinchi xat esa qo’shni davlatda doimiy faoliyat yuritayotgan 
elchiga  yuborilgan.  Xat  “O,  bizning  ishonchli  og’amiz”  degan  so’zlar  bilan 
boshlanib, elchiga muzokaralar o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berilgan.  
Favqulodda  vaziyatlarda  elchiga  keng  vakolatlar  berilgan  bo’lib,  ayrim 
muzokaralar chog’ida o’z bilim va tajribalariga tayangan holda ish olib borganlar. 
Davlatlar o’rtasidagi shartnoma imzolab bo’lingach, har ikki hukmdor yaqinlari va 
qarindoshlarini  o’rtaga  qo’yib  qasam  ichganlar.  Qadimgi  Hindiston,  Xett  va 
Ossuriyada  bo’lgani  singari  garovga  olish  va  nikoh  diplomatiyalaridan  ham 
samarali foydalanganlar. Ayrim qaltis masalalarni hal etish jarayonida muzokarada 
ishtirok  etuvchi  davlat  masala  hal  etilgunga  qadar  hukmdorning  o’g’illari  yoki 
yaqin  qarindoshlaridan  biri  Abbosiylar  saroyida  yashab  turishi  shart  bo’lgan. 
Bundan  tashqari,  o’zaro  munosabatlarni  mustahkamlash  maqsadida  qo’shni 
davlatlarga  malikalarni  kelinlikka  berilgan  yoki  o’z  o’g’illarini  qo’shni  davlat 
malikalariga uylantirganlar. 
Abbosiylar  saroyiga  tashrif  buyurgan  elchilarga  dastlabki  uchrashuv 
chog’idanoq sovg’a-salomlar ulashilgan. Ularning missiyasi yakunlangach, masala 
ijobiy hal etilgan bo’lsa, yanada qimmatbaho sovg’alar ulashilgan. Xalifa saroyida 
sovg’a ulashuvchi alohida lavozim mavjud bo’lgan. 
XI  asrga  oid  Nizomilmulkning  “Siyosatnoma”  asarida  arablar  saroyidagi 
elchilik  munosabatlariga  bag’ishlangan  alohida  bob  mavjud.  Unda  yozilishicha, 
mamlakat  hududiga  kirib  kelgan  elchilar  xoh  do’st,  xoh  dushman  mamlakatdan 
bo’lsin,  ularga  yuqori  darajada  e’tibor  ko’rsatilgan.  Elchilar  alohida  qo’riqchilar 


44 
otryadi,  oziq-ovqat,  yotoqxona  va  kiyim-kechaklar  bilan  ta’minlangan.  Elchidan 
bir  vaqtning  o’zida  mohir  ayg’oqchi  bo’lish  ham  talab  etilgan.  Elchi  o’z  tashrifi 
chog’ida tashrif buyurgan mamlakatning tabiiy sharoiti, daryolari, soylari, ko’llari, 
tog’ va adirlari, qo’shin soni, uning harbiy intizomi, saroydagi muhitning sog’lom 
yoki  nosog’lom  ekani,  shahzodalarning  o’zaro  munosabatlari,  nizolari, 
ziyofatlarning  tashkil  etilishi  sifati,  hukmdorning  shaxsiy  qusur  va  fazilatlari, 
bilimli yoki savodsizligi haqida ham yetarli darajada ma’lumot to’plashi shart edi. 
Bularning  barchasidan  ko’rinib  turibdiki,  Vizantiya  va  Sosoniylar  Eroni 
diplomatiyasi  an’analari  Sharqda  yanada  gullab  yashnadi.  G’arb  mamlakatlari  va 
Qurdoba xalifaligi o’rtasida o’rnatilgan ko’plab aloqalar, salib yurishlari davomida 
bo’lib o’tgan to’qnashuvlar va muzokaralar orqali Sharqning ta’siri orqada qolgan 
va  madaniyatsizroq  bo’lgan  G’arbga  ham  katta  ta’sir  ko’rsatdi.  Frank 
tarixchilarining  asarlarida  Buyuk  Karl  (768–814)  va  Bag’dod  xalifasi  Xorun  ar-
Rashid  (786–809)  o’rtasida  elchilik  aloqalari,  o’zaro  xat  yozishmalari,  bir-biriga 
yuborgan  tuhfalar  haqida  ma’lumotlar  yozib  qoldirilgan.  Biroq  Sharq  tarixchilari 
asarlarida  Buyuk  Karl  huzuriga  yuborilgan  elchiliklar  haqida  hech  qanday 
ma’lumotlar  uchramaydi.  Shunday  bo’lsada,  Sharqdan  Franklar  davlatiga 
savdogarlar,  ayniqsa  yahudiylar  tez-tez  o’zlari  bilan  noyob  mollar  olib  borganlar. 
Bir  kuni  keltirilgan  fil  shunchalik  katta  shov-shuvga  sababchi  bo’lganki,  frank 
solnomalarida  uning  vafot  etgan  yili  qayd  etilgan.  Balki  Sharq  savdogarlarining 
ushbu  tashriflari  xalifa  yuborgan  elchiliklar  to’g’risidagi  afsonaga  zamin 
yaratgandir. 
Xalifalik  Sharq  va  G’arbning  barcha  mamlakatlari  bilan  savdo  aloqalariga 
ega  bo’lgan.  Arab  savdogarlari  Hindiston,  Indoneziya,  Xitoyga  dengiz  orqali 
ko’plab  safarlarni  amalga  oshirganlar  va  bu  yerlarda  musulmon  savdogarlarining 
yirik  faktoriyalari  (savdo-sotiq  manzilgohlari)  paydo  bo’lgan.  Qizg’in  savdo 
aloqalari shimoliy mamlakatlar bilan ham  yo’lga qo’yilgan. Arab savdogarlari o’z 
mollarini Volga daryosi va Boltiq dengizi sohillarigacha yetkazib borganlar.  

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish