Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Usmoniylar  diplomatiyasi.  Salib  yurishlari  davrida  Kichik  Osiyoda 
yashagan  saljuq  turklari  davlati  XIII  asr  boshlariga  kelib  10  ta  amirlikka  bo’linib 
ketgan.  XIII  asr  oxiri  –  XIV  asr  boshlarida  uning  o’rnida  yangi  davlat  tashkil 
topgan.  Unda  ko’chmanchi  o’g’uzlar  yetakchi  rol  o’ynagan.  Dastlabki  vaqtlarda 


50 
qabila  boshlig’i  Erto’g’rul  Vizantiya  imperiyasi  bilan  chegaradosh  Sakaryo 
bo’yida  kichik  feodal  mulkiga  egalik  qilgan  bo’lsa,  uning  o’g’li  va  taxt  vorisi  – 
Usmon  (1281–1324)  Vizantiyaga  qarshi  urush  boshlagan  va  uning  Kichik 
Osiyodagi  mulklarining ko’pchiligini, shu  jamladan, Brusu  (yoki  Bursa) shaharini 
bosib  olgan.  Bursa  shahri  poytaxt  deb  e’lon  qilingan.  Usmon  Kichik  Osiyodagi 
boshqa amirliklarni ham o’ziga itoat qildirgan. Vizantiyaning zaiflashib qolganligi 
va  Bolqon  yarim  orolidagi  boshqa  davlatlarning  parchalanib  ketganligidan 
foydalanib, Usmoniy turklari XIV asrda dastlab Kichik Osiyoda, keyin esa Bolqon 
yarim  orolda  ham  keng  istilochilik  harakatlarini  boshlaganlar.  Usmonning  vorisi  
O’rxon  (1324–1362)  1331-  yilda  Yevropa  davlatlarini  istilo  qilishga  kirishgan. 
1354-  yilda  O’rxon  Dardanel  bo’g’ozining  Yevropa  qirg’og’idagi  Galiopol 
shahrini bosib olgan. So’ngra turklar Frakiyaga kirib borganlar. Bu viloyat keyingi 
sulton,  ya’ni  Murod  I  davrida  (1362–1389)  batamom  zabt  etilgan.  1361-  yilda 
Frakiyaning bosh shahri – Adrianopol turklar ixtiyoriga o’tgan. 1371- yilda serblar, 
bolgarlar,  valaxlar  va  vengrlardan  iborat  ittifoq  Murodga  qarshilik  ko’rsatishga 
uringan,  biroq  ittifoqchilar  qo’shini  Maritsa  daryosi  bo’yidagi  jangda  yengilgan. 
Shundan  so’ng  Janubiy  Serbiya  sulton  hokimiyati  ostiga  o’tgan.  Vizantiya 
imperatori sultonga o’lpon to’lovchiga aylangan. 
1389-  yil  15-  iyunda  Kosovo  maydonida  (Janubiy  Serbiya)  serblar  va 
ularning  ittifoqchilari  turklarga  qarshi  hal  qiluvchi  jangga  kirganlar.  Serblarning 
jasorati  va  Murod  I  ning  o’ldirilishiga  qaramay,  turklar  g’alabaga  erishganlar. 
Shundan so’ng Serbiyaning katta qismi Turkiyaga qo’shib olingan. 
Turkiya  davlatining  kengayishi  Amir  Temur  tomonidan  vaqtinchalik 
to’xtatilgan.  1402-  yilda  Temur  ulkan  qo’shin  bilan  Kichik  Osiyoga  kirib  kelgan. 
Boyazid  ham  katta  harbiy  kuchga  ega  bo’lgan,  biroq  Kichik  Osiyodagi  turk 
amirlarining  bir  qismi  sultonga  xiyonat  qilishi  va  Temur  tomoniga  o’tib  ketishi 
natijasida  1402-  yil  28-  iyunda  Anqara  shahri  yonida  bo’lib  o’tgan  jangda 
turklarning  mag’lubiyatiga  sabab  bo’lgan.  Boyazid  qochish  paytida  qo’lga  tushib, 
tez orada asirlikda vafot etgan. 


51 
XV  asrning  20-  yillarida  turklar  yana  qaddilarini  rostlab  olganlar.  Sulton 
Murod  II  (1421–1451)  istilolarni  yana  qaytadan  boshlagan.  1422-  yilda  u 
Konstantinopolni  uch  marta  qamal  qilsa-da,  ammo  uni  qo’lga  kirita  olmagan. 
1430- yilda esa Solun shahri egallanib, uning barcha aholisi qullarga aylantirilgan. 
1444-  yilda  turklarga  qarshi  yangi  salib  yurishi  uyushtirilgan.  Unda 
polyaklar,  chexlar,  vengerlar,  nemislar,  qisman  fransuzlar  va  boshqa  G’arbiy 
Yevropalik  ritsarlar  qatnashgan.  Varna  yonidagi  jangda  (1444-  yil  10-  noyabr) 
salibchilar tor-mor etilgan. Konstantinopol 1453- yil 29- mayda sulton Mehmed II 
(1451–1481)  tomonidan  batamom  egallangach,  Vizantiya  imperiyasi  barham 
topgan. 
Mehmed  II  XV  asrning  50–60-  yillarda  Bolqon  yarim  orolida  Dunay 
bo’yidagi  Serbiya,  Bosniya,  Gersegovina  va  Albaniyani  birin-ketin  zabt  etishga 
muvaffaq  bo’lgan.  Bolqon  yarim  oroliga  qo’shni  bo’lgan  Valaxiya  vassal  sifatida 
qaram  davlatligini  tan  olgan.  70-  yillarning  o’rtalarida  turklar  Qrim  va  Tanu 
(Azov)  shahrini  bosib  olganlar.  Taxminan  shu  paytning  o’zida  Kichik  Osiyoda 
Trapezund  shahri,  deyarli  butun  Anatoliya  to  Frot  daryosigacha  istilo  qilingan. 
Biroq,  Mehmed  II  ikki  marta  muvaffaqiyatsizikka  ham  uchragan.  U  Belgradni  va 
Rodos orolini ishg’ol qilishga urinishi amalga oshmagan. 
Mehmed  II  ning  nabirasi  Salim  I  davrida  (1512–1520)  turklarning  istilolari 
davom  etgan.  Salim  Eronga  qarshi  olib  borgan  g’olibona  urushi  natijasida 
Ozarbayjon,  Armaniston,  Gruziyaning  bir  qismini,  Dog’iston  va  Kurdistonni, 
keyinroq  esa  Suriya  va  Misrni  egallagan,  so’ngra  butun  islom  dunyosining 
yetakchisi  sifatida  o’ziga  xalifa  unvonini  olgan.  Krit,  Kipr  va  O’rta  Yer 
dengizidagi  yerlarin  o’z  qo’lida  saqlab  qolish  uchun  Venetsiya  Turkiya  sultoniga 
har yili katta hiroj to’lab turishga majbur bo’lgan. 
Sulton 
Sulaymon 

Qonuniy 
davrida 
(1520–1566) 
Usmoniylar 
imperiyasining  qudrati  o’ta  yuksak  darajaga  etgan.  Sulaymon  hukmronligining 
boshlaridayoq Belgrad va Rodosni egallashga muvaffaq bo’lgan. Shundan so’ng u 
1526-  yilda  Moxach  yonidagi  jangda  chexlar  va  vengerlarning  birlashgan 
armiyasini maglubiyatga uchratgan. Vengriyaning kattagina qismi Turkiya qarashli 


52 
viloyatga,  Valaxiya  va  Moldaviya  vassal  knyazliklarga  aylantirilgan.  Sulaymon 
davrida Arabiston ham turklar tomonidan bosib olingan. 
Turkiya  XVI  asr  xalqaro  hayotida  ko’zga  ko’rinarli  rol  o’ynagan.  Turklar 
ko’plab davlatlar (Venetsiya, Genuya, Vengriya, Eron, Avstriya, Pol’sha, Rossiya) 
bilan qizg’in diplomatik va savdo aloqalariga ega bo’lgan. 
Avstriya va Ispaniyada hukmronlik qilgan gabsburglarga qarshi uzoq davom 
etgan  shiddatli  kurash  Turkiyani  Fransiya  bilan  yaqinlashtirgan.  Fransiya  qiroli 
Fransisk  I  Sulaymon  bilan  rasmiy  suratda  Gabsburglarga  qarshi  ittifoq  tuzgan. 
Gabsburglar imperiyasi va uning ittifoqchisi Rim papasi tomonidan odatda qo’llab-
quvvatlangan  Venetsiya  va  Genuyaga  qarshi  Turkiyaning  kurash  olib  borishida 
Fransiya 
xayrixohlik 
qilgan. 
Fransiyaning 
Shimoliy 
Italiyadagi 
harbiy 
muvaffaqiyatsizliklari  Fransiya  –  Turkiya  munosabatlarining  mustahkamlanishiga 
jiddiy  sabab  bo’lgan.  Avstriya  va  uning  ittifoqchilariga  qarshi  kurashda 
fransuzlarning ko’magiga umid qilgan sulton Sulaymon I fransiyalik savdogarlarga 
sezilarli imtiyozlar bergan.  

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish