Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


O’rta  asrlarda  Xitoyning  xalqaro  aloqalar  tizimida  tutgan  o’rni



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

O’rta  asrlarda  Xitoyning  xalqaro  aloqalar  tizimida  tutgan  o’rni.  Xan 
imperiyasi parchalanib ketgandan so’ng Xitoy hududi bir nechta mayda davlatlarga 
bo’linib  ketgan.  618-  yildagina  Shimoliy-G’arbiy  Xitoyning  knyazlaridan  biri  Li 
Yuan  yoki  Gaotszu  (u  kelib  chiqishi  jihatidan  chala  turk  edi)  hokimiyatni  qo’lga 
kirigan  va  Tan  sulolasiga  asos  solgan.  Tan  imperiyasi  Xitoyda  300  yilga  yaqin, 
ya’ni  618-  yildan  907-  yilgacha  hukmronlik  qilgan.  Mamlakatning  birlashtirilishi, 
xo’jalikning  jonlanishi,  harbiy  qudratning  o’sishi  Suy  va  Tan  imperiyalarining 
siyosatida tashqi aloqalarning faollashuviga yordam bergan edi. 
Markaziy  Osiyoning  ulkan  kengliklarida  ko’chmanchi  qabilalarning  ittifoqi 
bo’lgan  Turk  xoqonligining  yuzaga  kelishi  Xitoy  yerlariga  jiddiy  tahdid 


47 
hisoblangan. Xitoy imperiyasi xali o’ta zaif bo’lganligi sababli Turk xoqonlarining 
turli  ustunliklarini  tan  olgan  va  hatto  uzoq  muddatga  tinchlikni  saqlash  uchun 
o’lpon to’lab turishga rozi bo’lgan. 
Shimoliy-sharqda  esa  siyosat  o’zgacha  ko’rinish  kasb  etgan.  Bu  yerda  Suy 
imperatorlari  Moxe  qabilalari  va  shimoliy  koreys  davlati  Koguryoga  qarshi  uzoq 
davom  etgan  va  unchalik  muvaffaqiyatli  bo’lmagan  urushlarni  boshlaganlar. 
Asosiy  maqsad,  Lyaoninni  va  koreyslar  o’sha  paytlarda  ustunlik  qilgan  Sariq 
dengizga  olib  boruvchi  dengiz  yo’llarini  qo’lga  kiritish  edi.  Koreyaga  qarshi 
urushlar deyarli bir asr mobaynida davom etgan. 
Imperiya  mustahkamlanib  borgan  sari  ilgari  turk  xoqonlari  bilan  do’stona 
munosabatlarda  bo’lgan  hukmdorlar  qo’shnilariga  qarshi  urushlar  olib  borishga 
o’tganlar. 
VII asrning 30–40- yillarida Xitoy qo’shinlari mo’g’ul dashtlariga va Buyuk 
ipak yo’li bo’ylab harbiy yurishlarni amalga oshirgan.  
O’rtadagi  imperiyaning  hududiy  jihatdan  kengayishi  turk  va  tibet 
qabilalarining  doimiy  bosimi,  hamda  arab  istilochilarining  tahdidi  ostida  bo’lgan 
xalqlarning 
xitoyliklar 
bilan 
yaqinlashishlariga 
sabab 
bo’lgan. 
Hatto 
Sosoniylarning so’nggi podshosi Yozdagir III arab  istilochilaridan qochib,  Eronni 
tark  etgan  va  Xitoydan  ko’mak  so’ragan.  Uning  o’g’li  va  nabirasi  o’zlarini  Tan 
davlatining vassallari deb tan olganlar. 
VII  asrda  Tibetda  dastlabki  davlat  vujudga  kelgan  va  uning  podshosi 
Sronszangbo  o’zining  katta  qo’shini  bilan  Hitoyga  yurish  boshlagan.  641-  yilda 
Sronszangbo  va  Xitoy  imperatori  Li  Shamin  o’rtasida  tinchlik  bitimi  tuzilgan. 
Tibet hukmdori o’zini Xitoy vassali deb tan olgan.  
Endigina  asos  solingan  Lxasaga  ham  xitoylik  amaldorlar,  savdogarlar  va 
harbiylar kirib kela boshlagan. Xitoy va Hindiston bilan aloqalarda Lxasa hududiy 
jihatdan  muhim  ahamiyat  kasb  etardi.  641-  yilda  Shimoliy  Hindiston  hukmdori 
Xarsha  Xitoyga  elchilik  yuborgan  va  tuhfalar  bilan  etib  kelgan  ushbu  elchilik 
Chan’an  saroylarida  izzat  bilan  kutib  olingan.  Ikki  yildan  so’ng  Li  Shamin  javob 
elchiligini  jo’natgan.  Ushbu  elchilik  ishtirokchisi,  o’qimishli  buddist,  saroy 


48 
gvardiyasi boshlig’i Van Syuanse  Lxasada imperator  vakili sifatida qoldirilgan. U 
647-  yilda  yana  bir  bor  Hindistonga  safar  qilganda  Xarsha  vorisi  Arudjinaning 
qo’shini  elchilarga  hujum  qilgan.  Van  Syuanse,  Tibetga  qaytib  kelib,  tibetliklar, 
xitoyliklar  va  gurkaslardan  (Nepal  aholisi)  iborat  qo’shin  to’plagan  va  Gang 
bo’ylab  yurish  qilgan.  Arudjina  mag’lub  etilib,  asirlar  qatori  Chan’anga 
jo’natilgan.  Ushbu  voqeadan  keyin  shimoliy-sharqiy  Hindiston  zodagonlari,  Tan 
imperiyasi  bilan do’stona aloqalarni  mustahkamlash  maqsadida Xitoyga sovg’alar 
sifatida  otlar,  qurollar,  qimmatbaho  buyumlarni  yuborganlar.  Ikki  mamlakat 
o’rtasida  savdo  aloqalari  o’rnatilgan.  Van  Syuanse  elchiliklar  tarkibida  yana  ikki 
marotaba  Hindistonga  safar  qilgan.  668-  yilda  Hind  elchiligi  Xitoydan  harbiy 
yordam  so’ragan.  Keyinroq  Tibet  orqali  olib  boradigan  yo’l  uzilib  qolgan  va  ikki 
mamlakat o’rtasidagi aloqalar Birma va dengiz orqali davom etgan. 
907-  yildan  Tan  imperiyasi  inqirozga  yuz  tutgach,  bir  necha  o’n  yilliklar 
davomida Xitoyda to’la tarqoqlik hukm surgan. 960- yilda Sun sulolasi hokimiyati 
ostida Xitoy qaytadan birlashtirgan. Uning asoschisi Chjao Kuan-in edi. 
Sun  imperiyasi  Tan  imperiyasi  singari  kuchli  bo’lmagan.  Turk,  mo’g’ul 
qabilalari  va  G’arbdagi  boshqa  ko’chmanchi  qabilalar  Sun  imperiyasi 
chegaralariga  borgan  sari  kuchliroq  xavf  solib  turganlar.  Sun  imperatorlari 
uyg’urlar,  tangutlar  va  kidanlarga  qarshi  urushlar  qilishga  majbur  bo’lgan.  Biroq, 
bu  mamlakatlarni  Xitoyga  bo’ysundira  olmaganlar.  Shunga  qaramasdan,  Sun 
sulolasi  davrida  Xitoyning  xalqaro  aloqalari  qaytadan  mustahkamlangan.  O’rta 
Osiyo,  Hindiston  va  Hindi-Xitoy  bilangina  emas,  balki  Koreya,  Yaponiya  va 
Indoneziya bilan ham keng miqyosda tashqi savdo aloqalari olib borilgan. 
.  XII  asrda  Sun  sulolasining  ahvoli  og’irlashgan.  1127-  yildan  boshlab 
Sunlar  faqat Janubiy Xitoyni o’z nazorati ostida  ushlab turganlar,  xolos. Shimoliy 
Xitoy  chjurchjenlarning  Szin  deb  atalgan  yangi  bir  katta  davlati  tarkibiga  kirgan. 
XIII  asr  boshlarida  Shimoliy  Xitoy  mo’g’ullar  tomonidan  bosib  olingan.  Faqat 
janubiy  Xitoydan  iborat  bo’lib  qisqarib  qolgan  Sun  imperiyasi  (o’shanda  ham 
hamma  viloyatlar  uning  tarkibiga  kirmas  edi)  1279-  yilgacha,  ya’ni 


49 
Chingizxonning  nabirasi  Xubilay  zabt  etmaguncha  umr  ko’rgan.  Xubilay  yangi 
mo’g’ul sulolasiga asos solib, bu sulola xitoycha Yuan deb nomlangan. 
XIII   asrning  50–60-  yillarida  butun  mamlakatda  mo’g’ul  istilochilariga 
qarshi qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan. 1368- yilda qo’zg’olonchi dehqon armiyasining 
rahbarlaridan  biri  bo’lmish  Chju  Yuan-Chjan  imperator  deb  e’lon  qilinib,  Min 
sulolasi  hukmronligi  boshlangan.  Ushbu  sulola  Xitoyni  1368-  yildan  to  1644-
yilgacha idora qilgan. 
XIV  asrning  oxirgi  choragi  –  XV  asrda  Min  sulolasi  Koreya,  Tibet, 
V’yetnam,  Indoneziya,  Hindi-Xitoy,  Malakkaga  nisbatan  faol  tashqi  siyosat  olib 
borgan.  Ushbu  mamlakatlarga  bir  necha  bor  harbiy  ekspeditsiyalar  uyushtirilgan. 
Ayniqsa,  1403–1433-  yillar  mobaynida  admiral  Chjen-Xe  boshchiligidagi  yettita 
dengiz  ekspeditsiyalarining  ko’lami  katta  bo’lgan.  Min  hukumati  elchiliklar 
almashish  vositasida  Yaponiya,  Kampuchiya,  Hindiston,  Temuriylar  davlati  kabi 
mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlarni ta’minlashga uringan.  
XVI  asrda  Min  sulolasi  mo’g’ul  xonlarining  mamlakat  chekka  hududlariga 
qilgan  hujumlarini  bir  necha  bor  qaytargan.  1570-  yilda  tuzilgan  uzoq  muddatli 
tinchlik  bitimidan  so’ng  bosqinlar  to’xtatilgan.  Tinchlik  shartnomalari  xonlar  va 
imperatorlar o’rtasida ilgari ham bir necha bor imzolangan, biroq ular doim Xitoy 
uchun  manfaatsiz bo’lgan. Mo’g’ul xonlari shunday savdo-sotiqni majburan qabul 
qildirganlarki,  bunday  savdo  Xitoyga  faqat  zarar  yetkazgan.  Xitoyliklar  qimmat 
mahsulotlarni (ipak, don, qimmatbaho hunarmandchilik buyumlari) arzon sotishga, 
chorva  mollarini  esa  ularning  haqiqiy  qiymatiga  ko’ra  yuqoriroq  narxlarda  harid 
qilishga majbur bo’lganlar. 
Min  imperiyasi  ayrim  davlatlar  bilan  tinch  savdo  aloqalariga  ega  bo’lgan. 
Xitoy  hunarmandlarining  mahorat  bilan  ishlangan  buyumlari  mamlakatdan 
anchagina tashqarida sotilardi. Xitoy mahsulotlari rus davlatiga ham etib kelgan.  

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish