Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


O’rta  asrlar  italyan  diplomatiyasi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

 
O’rta  asrlar  italyan  diplomatiyasi.  XI–XIII  asrlarda  Yevropa  va  Sharq 
mamlakatlari  o’rtasidagi  ko’p  qirrali  aloqalar  kengayib,  mustahkamlanib  borgan. 


37 
Salib  yurishlari  bilan  birga  Genuya,  Piza,  Venetsiya,  Florensiya  kabi  ital’yan 
respublikalarining  savdo  faoliyati  hamda  Vizantiyaning  vositachilik  roli  bunday 
aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. 
Ayniqsa,  Italiya  shahar-davlatlari  diplomatiya  va  xalqaro  munosabatlarning 
rivojlanishiga  katta  ta’sir  ko’rsatgan.  Ko’plab  zamonaviy  tadqiqotchilar  Italiyani 
zamonaviy diplomatiyaning vatani deb hisoblaydilar.  
Italiya shahar-davlatlari qolgan Yevropa davlatlariga nisbatan yertaroq rivoj 
topgan  bo’lishiga  qaramasdan,  ushbu  mamlakat  tarqoq  bo’lib  qolavergan. 
Venetsiya,  Genuya,  Milan,  Florensiya  kabi  shaharlar  haqiqiy  siyosiy  markazlarga 
aylangan  bo’lsalarda,  ularning  birortasi  ham  Italiyani  birlashtiradigan  darajada 
kuchli  emasdi.  Mamalakatni  birlashtirishdan  uning  markazida  joylashgan  Papa 
davlati ham manfaatdor emasdi.  
Yaqin  Sharq  va  Yevropa  o’rtasidagi  savdo-sotiqda  asosiy  vositachi 
hisoblangan  Italiya  shaharlari  qo’shni  davlatlar  hamda  Sharq  mamlakatlarida  o’z 
manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  konsullik  xizmatlarini  yo’lga  qo’yganlar. 
Quddus  qirolligi  davrida  salib  yurishlarida  homiylik  qilgan  italyan  shaharlari 
savdogarlariga  katta  imtiyozlar  berilgan.  Bundan  tashqari,  salibchilar  egallagan 
joylardan  Venetsiya,  Genuya,  Piza  kabi  shahar-davlatlarga  koloniyalar  ajratib 
berilgan.  Ushbu  koloniyalar  keng  vakolatlarga  ega  bo’lgan  vikontlar  tomonidan 
boshqarilgan.  XII  asr  oxirida  Quddus  qirolligi  hududidagi  barcha  Venetsiya 
koloniyalarini  boshqaruvchi  “bayyulo”  lavozimi  joriy  etilgan  bo’lsa,  Genuya 
koloniyalarini  ikki  nafar konsul boshqargan. Piza koloniyalarini boshqarish  uchun 
esa  uch  nafar  konsul  tayinlangan.  Bu  kabi  amaldorlar  poytahtdagi  hashamatli 
saroylarda  istiqomat  qilganlar.  Italiya  shahar-davlatlarining  manfaatlari  Papa 
tomonidan  ham  himoya  qilingan.  Salibchilar  haydab  chiqarilgunga  qadar  Levant 
savdo  yo’li  italiyaliklarga  behisob  foyda  keltirgan.  Konstantinopol  turklar 
tomonidan  istilo etilgandan keyin  ham Venetsiya  Kichik Osiyodagi koloniyalarini 
saqlab qolishga erishgan. Turk sultoni saroyida bayyulo lavozimida Venetsiyaning 
doimiy vakili faoliyat olib borgan.  


38 
Italiya  shahar  davlatlari  orasida  Florensiya,  hattoki  xorijiy  mamlakatlar 
uchun  diplomatlar  yetkazib  bergan.  Butun  dunyoga  mashhur  florensiyalik 
diplomatlar  qatorida  Dante,  Petrarka,  Bokachcho,  Makiavelli  va  Gvichchardinini 
ko’rsatib  o’tish  mumkin.  Milan  gersogligiga  boshchilik  qilgan  Franchesko  Sforsa 
yoki Venetsiya doji Enriko Dandolo ham yorqin diplomatlar bo’lishgan. 
Venetsiya  esa  alohida  diplomatlari  bilan  emas,  balki  butun  bir  diplomatik 
xizmatning  tashkil  etilishi  bilan  tavsiflanadiki,  bunday  holat  Venetsiyani  butun 
jahon  uchun  “diplomatiya  maktabi”,  “diplomatiya  ustaxonasi"ga  aylantirgan. 
Venetsiyaliklar diplomatiya oid bilimlarni Vizantiyadan o’rganganlar, biroq ularni 
yangi bilimlar bilan boyitib, yanada yuksakroq bosqichga ko’tara olganlar. 
Italiya  diplomatik  usullari  Yevropada  shakllanib  borayotgan  absolyut 
monarxiyalarning diplomatiyasiga juda kuchii ta’sir ko’rsatgan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish