Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Feodal  tarqoqlik  davrida  xalqaro  munosabatlar



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Feodal  tarqoqlik  davrida  xalqaro  munosabatlar.  Buyuk  Karl 
imperatorligining  so’nggi-yillarida  franklar  davlati  zaiflashib  borgan.  Inqiroz 
Karlning  o’g’li  Lyudovik  Xudojo’y  (814–840-  yy.)  davrida  yanada  avj  olgan. 
Lyudovik,  o’zida  oliy  hokimiyatni  saqlab  qolib,  imperiyani  o’z  o’g’illariga  bo’lib 
bergan.  Farzandlar  esa  otasiga  qarshi  urush  boshlaganlar.  Uning  o’limidan  (840- 
y.)  so’ng  o’g’illar  o’rtasida  avj  olgan.  Karl  Yaltiroqbosh  va  Lyudovik  Nemis 
Strasburg  shahrida  o’zaro  bitim  imzolab,  Lyudovikning  qonuniy  meros’ho’ri 
hisoblangan  katta  aka  –  Lotarga  qarshi  urush  boshlaganlar.  “Strasburg  qasami”  – 
bu  lotin  yoki  yunon  tilida  emas,  balki  fransuz  va  nemis  tillarida  tuzilgan  birinchi 
diplomatik  hujjatdir.  Mag’lubiyatga  uchragan  Lotar  yon  bergan  va  843-yilda 
Verden  shahrida  imzolangan  shartnomaga  ko’ra  imperiya  yerlari  uch  aka  -  uka 
o’rtasida bo’lib olingan. Imperiyaning G’arbiy yerlari – “G’arbiy franklar qirolligi” 
(keyinchalik  bu  yerlar  “Fransiya”  nomini  olgan)  Karl  Yaltiroqboshga,  sharqiy 


35 
qismi  -"sharqiy  franklar  qirolligi"  (keyinchalik  Germaniya  deb  nomlangan) 
Lyudovik Nemisga berilgan. Karl va Lyudovikniag yerlari oralig’idagi hududlar va 
Italiya  Lotar  qo’l  ostida  saqlanib  qolgan.  Verden  shartnomasidan  so’ng 
to’qnashuvlar  davom  etgan  va  ko’plab  yangi  bitimlar  imzolangan.  Bu 
shartnomalarning  amalda  hech  qanday  qadri  bo’lmagan.  Buyuk  Karl  imperiyasi 
o’rnida  paydo  bo’lgan  Fransiya,  Germaniya,  Itaiiya,  Burgundiya,  Arelat 
nomigagina  davlatlar  edi  xolos.  IX–XI  asrlarda  G’arbiy  Yevropada  siyosiy 
tarqoqlik  yanada  kuchaygan.  Mahalliy  hukmdorlar  o’zlarini  davlat  rahbarlaridek 
tuta boshlaganlar. Hokimiyatni boshqarish bilan birga, sud vazifalarini ham o’zlari 
bajarganlar.  Ular  mustaqil  ravishda  tanga  pullar  zarb  etganlar,  soliqlar  joriy 
etganlar  va  shu  bilan  birga  boshqa  mulkdorlar,  davlat  rahbarlari  bilan  o’zaro 
munosabatlarni  yo’lga  qo’yganlar.  Bunday  mulkdorlar  qo’l  ostida  shaxsiy 
elchiliklar  mavjud  bo’lib,  ular  orqali  turli  ittifoqlarga  a’zo  bo’lganlar  hamda 
urushlarda  ishtirok  etganlar.  Yirik  zamindor  hukmdorga,  davlat  esa  votchinaga 
(merosiy yer-mulkka) aylangan. 
Barcha  joylarda  shaxsiy  urush  huquqi  o’rnatilgan,  shaxsiy  diplomatiya 
xalqaro munosabatlarda yetakchi rol o’ynay boshlagan. Ikki feodal senor  mustaqil 
davlatlar  rahbarlari  kabi  muzokaralar  olib  borganlar.  Topshiriqlarni  og’zaki  yoki 
ramziy  harakatlar  yordamida  etkazib  beruvchi  maxsus  jarchilar  (yoki  xabarchilar, 
darakchilar) orqali urush e’lon qilish yoki tinchlik tuzishning rasmiy usullari ishlab 
chiqilgan.  Ushbu  jarchilar  geroldlar  deb  nomlangan.  Ular  o’z  sen’orlarining 
gerblarini  (tamg’alarini)  taqib  yurganlar,  ularning  shaxslari  elchilar  kabi  daxlsiz 
hisoblangan. 
XIV–XV  asrlarda  Yevropada  xalqaro  munosabatlarning  muayyan  tizimi 
shakllanib  borgan,  asta-sekin  ayrim  diplomatik  mezonlar  va  an’analar  ishlab 
chiqila boshlangan. 
Ammo  ushbu  davrdagi  xalqaro  munosabatlar  qonuniy  va  huquqiy  jihatdan 
mustahkam bo’lmagan. Doimiy elchiliklar va diplomatik  vakolatxonalar  yo’q edi, 
xalqaro huquq ham hali shakllanmagandi. 


36 
Mustaqil shaharlarning paydo bo’lishi, ichki va tashqi savdoning rivojlanishi 
hisobiga  Yevropa  davlatlarining  iqtisodiy  o’sishi,  markaziy  hokimiyatni 
mustahkamlashga  bo’lgan  intilishlar  halqaro  munosabatlarda  yangi  davr 
boshlanayotganligidan darak bergan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish