Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


O’RTA ASRLARDA YEVROPADA XALQARO MUNOSABATLAR VA



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

 
O’RTA ASRLARDA YEVROPADA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Vizantiya diplomatiyasi. 
2. Papa diplomatiyasi. 
3. Feodal tarqoqlik davrida diplomatiya. 
 
Tayanch
 
so’z  va
 
iboralar:  Sharqiy  Rim  imperiyasi.  Vizantiya. 
Konstantinopol.  Yustinian  islohotlari.  Apokrisiarlar.  langobardlar  qirolligi. 
Grigoriy  VII.  Innokentiy  III.  Buyuk  Karl.  Strasburg  qasami.  Verden  shartnomasi. 
Gerol’d.  
 
Vizantiya  diplomatiyasi.  Ibtidoiy  demokratiyaga  asoslangan  asosan,  diniy 
xarakterga ega bo’lgan qadimgi Sharq mamlakatlari hamda huquqiy jihatdan ancha 
yuksalgan  Yunoniston  va  Rim  diplomatiyalari  ta’sirida  shakllangan  Vizantiya 
diplomatiyasi ilk o’rta asrlardagi xalqaro munosabatlar tizimida yetakchi  mavqega 
ega bo’lgan.  
 
G’arbiy  Rim  imperiyasi  german  qabilalari  tomonidan  istilo  etilgach,  uning 
sharqiy  hududi  uzoq  vaqt  hukm  surdi.  Sharqiy  imperiyani  rasmiy  suratda  Rim 
imperiyasi  deb  atash  davom  etdi.  Bora-bora  bu  nom  yo’qolib,  uning  o’rnini 
“Vizantiya  imperiyasi”  degan  nom  egalladi  (Imperiyaning  poytaxti  qadimda 
Vizantiya  deb  nomlangan  bo’lib,  330-  yilda  imperator  Konstantin  Buyuk  unga 
Konstantinopol  deb  nom  bergan).  Bolqon  yarim  oroli,  Egey  dengizidagi  ko’plab 
orollar,  Kichik Osiyo, Suriya  va  Falastin,  Misr  va Mesopotamiya, Kavkazortining 
bir  qismi,  Qrimning  janubiy  qirg’oqlari  imperiya  tarkibiga  kirgan.  Bunday  ulkan 
hududlarga  ega  bo’lgan  davlatni  saqlab  qolish  va  rivojlantirishda  nafaqat  harbiy 
salohiyat, shu bilan birga diplomatiya ham alohida ahamiyatga ega edi.  
Rimning  qulashi  va  feodalizmning  ilk  elementlarining  paydo  bo’lishi 
xalqaro  munosabatlar  tizimiga  katta  ta’sir  ko’rsatgan.  Feodal  munosabatlarga 


31 
asoslangan varvarlar jamiyatida tashqi siyosat muhim ahamiyat kasb etgan. Harbiy 
o’ljalar  va  imkon  qadar  yangi  yerlarni  egallashni  maqsad  qilgan  hukmdorlar  bir-
birlari bilan tinimsiz urushlar olib borganlar. Oxir oqibat tashqi aloqalarni tartibga 
solish  maqsadida  qabilalar  o’zaro  murosaga  kelishga,  shu  maqsadda  turli 
shartnomalar imzolashga majbur bo’lganlar. Shu tariqa yangi tartibdagi o’ziga xos 
bo’lgan xalqaro munosabatlarning shakllanishiga asos solganlar.  
Varvarlar  vaqti-vaqti  bilan  Sharqiy  Rim  imperiyasi  hududlariga  ham  xavf 
sola  boshlaganlar.  O’zida  Rim  imperiyasi  an’analarini  saqlab  qolgan  Vizantiya 
yosh  varvar  davlatlarining  ichki  va  tashqi  siyosatiga  kuchli  ta’sir  o’tkaza  olgan. 
Vizantiya 
diplomatiyasidagi 
dabdababozlik, 
uddaburonlik, 
ayyorlik, 
o’z 
maqsadlari  yo’lida  savdo,  madaniy,  diniy  aloqalardan  samarali  foydalana  olish 
qobiliyati  ilk  o’rta  asrlar  diplomatiyasining  umumiy  sifatlarining  shakllanishida 
katta rol o’ynagan.  
Vizantiya tashqi siyosati Yustinian I (527–565) davrida eng gullagan davrini 
boshdan  kechirgan.  Uning  varvarlar  tomonidan  bosib  olingan  G’arbiy  hududlarni 
qaytarib  olinishida  diplomatik  ustamonlik  eng  katta  rol  o’ynagan.  Vizantiya 
diplomatiyasining  asosiy  maqsadi  varvarlarni  qo’rqitishga  emas,  balki  ularni 
imperiya  manfaatlariga  xizmat  qildirishga  qaratilgan  edi.  Yustinian  varvar 
qabilalarini  bir-biriga  gij-gijlash  va  o’zaro  urushlar  keltirib  chiqarish  orqali  ularni 
kuchsizlantirishga erishgan. Ko’plab tarixchilar Vizantiyaning varvarlarga nisbatan 
siyosatini  shaxmat  donalarini  boshqarishga  qiyoslaydilar.  Sharqiy  Rim 
imperiyasining diplomatik xizmati varvar qirolliklari uchun andoza qilib olingan. 
Bundan  tashqari,  boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  harbiy  aralashuv 
Yustinian siyosatining vositalaridan biri edi. Bunday siyosat vandallar va ostgotlar 
bilan bo’lgan urushlarda yorqin ifodasini topgan. 
Xristian  dinini  yoyish  ham  Vizantiya  imperatorlarining  eng  muhim 
diplomatik  qurollaridan  biri  edi.  Konstantinopoldagi  saroyda  apokrisiarlar  deb 
nomlangan  papaning  doimiy  vakillari  faoliyat  ko’rsatganlar.  Ular  Vizantiya 
hududidagi  diniy  marosimlarni  tashkil  etish,  cherkov  va  monastirlar  barpo  etish 
ustidan nazorat olib borardilar. Shu bilan birga ularga saroydagi  voqea-hodisalarni 


32 
zimdan  kuzatish  va  yangiliklardan  papani  xabardor  etib  borish  vazifasi  ham 
yuklatilgan.  Rus  davlatida  xristianlikning  yoyilishi  Vizantiyaning  diplomatiyasi-
ning  katta  g’alabasi  bo’lgan.  Xristianlikni  qabul  qilgan  mamlakatlarda 
Vizantiyaning  ta’siri  o’rnatilgan.  Vizantiyaga  qaram  bo’lgan  ruhoniylar  qatlami, 
savodlilikning yagona sohibi sifatida varvarlar davlatlarida katta rol o’ynagan. 
Birinchi  vazir  boshqaruvi  ostida  tashqi  ishlar  vaziri  va  uning  idorasi 
(magister  officiruem,  keyinchalik  “logofet  droma”)  faoliyat  ko’rsatgan.  Ushbu 
idora katta tarkibga ega bo’lib, uning ixtiyorida barcha tillardan tarjimonlar mavjud 
edi.  Alohida  qonun  asosida  elchilarni  qabul  qilish  bo’yicha  marosimlarning 
murakkab  tartibi  ishlab  chiqilgan  bo’lib,  ushbu  tartiblarga  qat’iy  amal  qilinishi 
shaxsan imperator nazoratida bo’lgan. 
Konstantinopol  saroyi  qoshida  elchilik  xizmatining  ham  ma’lum  qoidalari 
ishlab  chiqilgan.  Elchi  hukmdorning  vakili  hisoblangan  va  muzokaralarni 
faqatgina  berilgan  vakolatlar  doirasida  olib  borishi  mumkin  edi.  Ushbu  qoidani 
buzgan elchi qattiq jazoga tortilgan. Faqatgina kamdan-kam hollardagina imperator 
vakillariga  butun  ma’suliyatni  o’z  bo’yniga  olib,  mustaqil  muzokaralar  olib 
borishga  ruxsat  berilgan.  Elchilarga  imperator  tomonidan  alohida  yorliq  taqdim 
etilib, unda elchining vakolatlari aniq ko’rsatilgan. 
Odatda,  elchilar  yuqori  martabali  kishilar  orasidan  saralab  olinib,  ularga 
unvonga egalik qilmagan bo’lsa, yuqori unvonlar maxsus berilgan.  
Vizantiya elchilariga o’zga mamlakatlarda xatti-harakat va yurish-turishning 
aniq  qoidalariga  rioya  qilish  buyurilgan.  Elchi  xushmuomalalik  bilan  o’zga 
saroyda ko’rgan barcha narsalarni qoyilmaqom darajada  maqtay olish qobiliyatiga 
ega  bo’lishi  talab  etilgan.  Ammo,  buni  shunday  amalga  oshirishi  lozim  ediki,  bu 
Vizantiya  tartiblariga  nisbatan  gina  sifatida  namoyon  bo’lmasligiga  e’tibor 
qaratilgan. 
Rasmiy  jihatdan  elchilarga  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik 
buyurilgan.  Lekin, amalda  har doim  ham bunga  rioya qilinmagan. Elchilar tuzgan 
shartnoma  faqatgina  imperator  ratifikatsiya  (tasdiqlangandan)  qilganidan  so’ng 
kuchga kirgan. 


33 
Elchilar  daxlsizligi  tamoyili  varvarlar  tomonida  tez  o’zlashtirib  olingan. 
Biroq,  shuni  ta’kidlash  lozimki,  varvar  qirollarining  elchiliklarida  Vizantiya 
odatlariga  xos  bo’lmagan  xususiyatlar  ham  uchraydi.  Varvar  a’yonlari  orasida 
muzokaralarning  yozuv-chizuv  qismini  mustaqil  olib  borishga  qodir  ma’lumotli 
insonlar  kam  edi.  Varvar  davlatlari  elchilari  asosan  ruhoniylardan  tayinlangan 
bo’lib, ular bilimli va uddaburon Vizantiya elchilari oldida “ip esha olmaganlar”.  
Rim  diplomatiyasiga  qaraganda  huquqiy  jihatdan  yanada  mustahkamlan- 
gan Vizantiya diplomatiyasi ilk o’rta asrlardagi xalqaro munosabatlarda muhim rol 
o’ynashi  bilan  birga  arab  va  fors,  shuningdek,  rivojlangan  o’rta  asrlar 
diplomatiyasida o’chmas iz qoldirgan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish