Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Turk xoqonligi xalqaro munosabatlar tizimida



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Turk xoqonligi xalqaro munosabatlar tizimida. V–VIII asrlar Buyuk ipak 
yo’lining  eng  gullab  yashnagan  davri  hisoblanadi.  Bu  vaqtda  butun  YevroOsiyo 


45 
cho’llari  hamda  o’troq  turmush  tarziga  ega  bo’lgan  savdo  yo’llarida  muhim 
ahamiyat kasb etuvchi So’g’d va Buxoro hududlarini birlashtirgan yagona davlat – 
Turk  xoqonligining  vujudga  kelishi  Buyuk  ipak  yo’li  rivojlanishida  yangi  davrni 
boshlab  berdi.  Eftallar  va  Sharqiy  Xitoyni  bo’ysundirgan  turklar  G’arb  bilan 
Sharqni bog’lovchi savdo yo’llari ustidan mutlaq egalikni qo’lga kiritdilar. Turklar 
bevosita so’g’dlar yordamida Xitoydan to O’rta Yer dengizi havzasigacha bo’lgan 
savdo yo’llarida Vizantiyaning asosiy hamkoriga aylandilar.  
Savdoning  asosiy  mahsuloti  ipak  hisoblanib,  u  “Vizantiyada  oltin  va 
qimmatbaho  toshlar  bilan  bir  xil  baholangan”.  Bundan  tashqari,  Xitoydan 
keltiriladigan  baxmal  va  boshqa  turli  matolar,  zeb-ziynat  buyumlari,  shisha 
buyumlar  va  teri  mahsulotlari  Vizantiya  va  Old  Osiyo  bozorlarida  eng  xaridorgir 
hisoblangan. Xitoyga keltiriladigan mahsulotlar ichida esa Suriya va Misr matolari, 
marjonlar,  injular,  ziravorlar,  ayollar  uchun  pardoz  bo’yoqlariga  talab  juda  katta 
edi.  Turklar  ushbu  savdoda  asosiy  vositachi  bo’lganliklari  sababli  ulkan  foyda 
olganlar  va  bu  o’z  navbatida  xoqonlikning  ham  siyosiy,  ham  iqtisodiy  jihatdan 
mustahkamlanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etgan.  Shuning  uchun  ham  savdo 
yo’llarining  xavfsizligini  ta’minlash,  karvonlar  uchun  shart-sharoitlarni  yaxshilab 
borishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu maqsadlarni ko’zlagan holda “627–647-
yillarda Xitoy imperatori huzuriga 9 marta savdo elchiliklari yuborilgan”.  
Xitoydan  to’lov  sifatida  undirilgan  behisob  ipakni  sotish  savdo-sotiqdan 
bexabar  turklar  uchun  muammo  ekanligi  so’g’dliklar  uchun  katta  imkoniyat 
eshiklarini ochib bergan. So’g’d savdogarlari ipakni Eronga qadar olib borib, arzon 
narxda forslarga sotganlar va mahsulot hajmining kattaligi hisobiga foyda olganlar. 
Eron  esa  ipakni  bir  necha  barobar  qimmat  narxda  Vizantiyaga  pullagan.  Ipak 
savdosini  tartibga  solish  maqsadida  xoqonlik  bir  necha  bor  so’g’dliklardan  iborat 
savdo  elchiliklarini  Eronga  yuborgan.  Biroq,  bu  elchiliklar  ko’zlangan  natijani 
qo’lga  kirita  olmaganlar.  Aynan  ipak  savdosi  bo’yicha  kelishmovchiliklar  tufayli 
Turk xoqonligi va Eron o’rtasida jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqqan. 
“553-  yilda  Vizantiyaning  o’zida  ipak  yetishtirish  yo’lga  qo’yildi.  Ipak 
qurtlarini Prokopiy Kesariy ma’lumotlariga ko’ra, ikki nafar nasoro rohibi, Feofan 


46 
Vizantiyskiy  yozishicha  esa  bir  fors  ichi  kovak  hassada  olib  kelgan  ekan.  N.  V. 
Pigulovskaya  fikriga  ko’ra,  ipak  qurtlari  so’g’d  kengliklaridan  olib  kelingan”.  VI 
asr oxirlarida Vizantiyada chetdan keladigan ipakka talab kamayishi natijasida ipak 
savdosi  ahamiyati  ancha  tushib  ketgan  bo’lsada,  Turk  hoqonligining  iqtisodiy 
hayotida keyingi asrlarda ham muhim rol o’ynagan.  
Savdo  karvonlarining  Marv,  Chorjo’y,  Buxoro,  Samarqand,  Choch,  Isfijob, 
Talas va Sharqiy Turkiston yerlarini kesib o’tishi ushbu hududlarning iqtisodiy va 
madaniy  jihatdan  yuksalishida  muhim  ahamiyat  kasb  etgan.  Savdo-sotiqda  katta 
shuhrat  qozongan  so’g’dliklar  o’zlari  yashab  turgan  o’lkalardan  minglab  kilometr 
uzoq  hududlardagi  savdo  yo’llari  atroflarida  karvonsaroylar,  turar  joylar  uchun 
mo’ljallangan  muhtasham  imoratlar,  ibodatxonalar  barpo  etganlar  va  bu  orqali 
shaharlarning  rivojlanishi,  yangi  shaharlarning  bunyod  etilishiga  ulkan  hissa 
qo’shganlar.  
Buyuk  ipak  yo’li  ahamiyatining  ortib  borishi  turli  xalqlar  o’rtasidagi 
madaniy  aloqalarning  rivojlanishi,  urf-odat  va  an’analarning  o’zaro  qorishib 
ketishiga  olib  kelgan.  Ayniqsa,  VI–VIII  asrlarda  so’g’dliklarning  savdo  yo’llari 
bo’ylab tarqalishi o’troq dehqonchilik  madaniyati  va  hunarmandchilik turlarining, 
diniy  an’ana  va  urf-odatlarning  Markaziy  Osiyoning  shimoli,  Janubiy  Sibir, 
Mo’g’uliston,  Shimoliy  Xitoy  va  G’arbda  Qrimgacha  bo’lgan  hududlarda  keng 
yoyilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan.  

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish