118
-Bu qo’rg’onlarning odamlari qani? – deb so’rabdi chol. To’ng’ich
va o’rtancha o’g’illar javob bera olmabdi. Hammalari kenja o’g’ilning yor-
birodarlari yashaydigan joylarga borishibdi. Ularni kenja o’g’ilning do’stlari
izzat-hurmat bilan kutib olibdilar, ketma-ket ziyofatdan bo’shamay
qolishibdi, shunda chol o’g’illariga qarab bunday debdi:
-Har bir shahardan orttirilgan do’st u yerga bir qo’rg’on
qurish
bilan teng. Mening maqsadimni kenja o’g’lim tushunibdi. Mening ismim,
bilim –tarjibam unga meros bo’lib qolsin.
1
Shu va shunga o’xshash ertaklar orqali muammoli vaziyat savollar
tarzida o’quvchilarga berilardi. Masalan: Chol nima uchun o’g’illariga
qo’rg’on qurishni buyurdi? O’g’illari chol aytgan vazifani qanday
bajarishdi? To’ng’ich va O’rtancha o’gillar tug’ri ish qilishdimi? Kenja
o’g’il nima uchun qo’rg’on qurmay, do’st-birodarlar orttirdi? Siz shunday
vaziyatda nima qilgan bo’lardingiz? Cholning asosiy maqsadi nima ekan?
Kabi savollarni berib, muammoli vaziyatni o’rtaga tashlash orqali,
o’quvchilarning erkin fikrlash jarayonini, og’zaki nutqini,
mavzuni
tushunish darajasini bilib olishga bevosita yordam beradi desak hech
mubolag’a bo’lmasa kerak.
Muammoli ta’lim bu mantiqiy fikrlash jarayoni va o’quvchilarning
ijodiy izlanishli faoliyati qonuniyatlarini hisobga olib tuzilgan ta’lim va
o’qitishning ilgari ma’lum bo’lgan usullarini qo’llash qoidalarining yangi
tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta’lim ko’proq o’quvchini fikrlash
qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e’tiqodining
shakllanishini ta’minlaydi.
Muammoli ta’lim nazariyasi o’quvchi intellktual kuchining
rivojlantiruvchi ta’limni tashkil qilishning psixologik-pedagogik yo’llari va
usullarini tushuntiradi.
Muammoli vaziyatning roli ahamiyatini aniqlash o’quvchining faol
fikrlash faoliyatining psixologik pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda
hisobga olish asosida o’quv jarayonini qayta qurish g’oyasiga olib keldi.
Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko’rish asosida
muammoli ta’limning asosiy g’oyasi aniqlanadi. Muammoli ta’limda bilimning
deyarli katta qismi o’quvchilarga
tayyor holda berilmaydi, balki
o’quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish
faoliyati jarayonida egallab olinadi.
Muammoli vaziyat yaratishda quyidagi ko’p uchraydigan usullari
qayd etiladi:
1.Hodisalar, o’rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun
muammoli vaziyatni qo’yish;
2.Olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun
muammoli vazifa qo’yish;
3.O’quvchilar hodisalar va harakatlar orasidagi ziddiyatlar va
muvofiqliklarni tushuntirib berishga undash;
4.O’quvchilarni fakt, hodisa, xatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish,
qiyos qilishga undash;
2
119
Shu va shunga o’xshash usullar
yordamida muammoli vaziyat
yaratib, uni yechimini topish orqali o’quvchilar mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirib boradi. O’quvchilar berilgan mavzu bo’yicha
muammoli vaziyatni yechar ekan, u o’z navbatida hayotiy vaziyatlarga ham
tayyorlanib boradi. Bu nima degani? Bu o’quvchi muammolim ta’lim
vositasida o’zi bilmagan holda asta-sekinlik bilan hayotiy muammolarga yechim
topib boradi. Ya’ni, u hayotida shunday holatlar yuz berganda nima qilish
kerakligini tushunub anglab boradi. Bunda albatta o’qituvchidan maharat,
ziyraklik, pedagogik kompetentlik talab etiladi. O’qituvchi o’quvchilarni
fikrlarini to’g’ri yunalish tomon yetaklab boradi. Muammoli vaziyat
yechimini hal etishda ularga ko’rsatmalar berib, nazorat qilib boradi.
Muammoli o’qitish deganda birinchi navbatda o’tilgan mavzu
yuzasidan savollar tuzilib muammoning yechimi o’rtaga tashlanadi. O’quvchilar
o’zlarining shaxsiy fikrlarini erkin ba’yon etadilar. Bu esa o’z navbatida
bolalarning mafkurasini, dunyoqarashini boyitib boradi.
O’quvchini fikrlashga yo’naltirilgan maxsus vositalarni qo’llab, uni
fanga
qiziqtirish, erkin fikrlashga o’rgatish, rivojlantirish tizimini yaratib
borilsa, buni muammoli ta’lim deyish mumkin.
Muammoli vaziyatni tashkil qilishda quyidagi ehtimol qo’yilgan
maqsadlarni hisobga olish zarur: o’quv materialiga o’quvchilar diqqatini jalb
etish. Ularning bilishga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish, o’quvchilarning
faolligini oshirish, bilib ko’nikma va malakalarini oshirib borishdan iborat.
Muammoli o’qitishning vazifasi o’quvchilar tomonidan bilimlar tizimi
va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o’zlashtirishga
xamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo’llash
malakasini hosil qilish, bilish o’quv va tarbiya muammolarini hosil qilishdir.
Dars jarayoning amaliy tahlili muammosi o’qitishning o’ziga xosligini
belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli o’qitishning mohiyati ta’lim
oluvchi tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan axborotlarni o’qituvchining
tashkil qilishidan iboratdir.
Muammoli ta'lim yana shunisi bilan e'tiborga molik jihatki, unda
nafaqat o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga balki ularni bevosita hayotga ham
tayyorlab boradi. Ya'ni, hayotiy ziddiyatlar,
tushunmovchiliklar, muammoli
vaziyatlarga asta-sekinlik bilan tayyorlab boradi. Shu bilan bir qatorda
muammoli vaziyatlarni yechimini topish jarayonida milliy mentalitet ham tarkib
toptirib boriladi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darsidagi ertaklar, hikoyalar, she'rlar,
maqollar, hikmatli so‘zlarga e'tibor qaratadigan bo‘lsak ularning zamirida milliy
urf-odat va an'analarimiz tarkib toptirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu bejiz
emas albatta, chunki har bir millatning o‘z milliyligi, yosh avlodga shunday
tarzda yetkazib boriladi. Tug‘ilib o‘sgan ona vatanga sadoqat, ota-onaga mehr-
muhabbat, kattaga hurmat, kichikka izzat kabi hislatlar o‘quvchi qalbida
uyg‘otilib boriladi. Masalan, o‘quvchi yuzaga kelgan muammoli holatni yechish
barobarida o‘zi ham o‘sha muhitga go‘yo tushib qoladi.
Aksariyat muammoli
holatlarning
yechimini
topish
jarayonidagi
savollarining
oxirida
siz
bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutgan
120
bo‘lardingiz kabi savollar o‘quvchilarga beriladi. Bunday savollarga javob
berish barobarida o‘quvchilar hayotiy saboqlarga tayyorlanib boradi. Demak,
o‘qituvchi dars jarayonida muammoli vaziyatni yaratar ekan, u o‘quvchining
yosh-xususiyatini inobatga olish bilan bir qatorda milliyligimizga ham e'tibor
berishi kerak ekan. Bu albatta o‘qituvchidan zamonaviy bilimlar bilan bir
qatorda pedagogik mahoratni ham talab etar ekan.
Yuqoridagilar asosida shunday xulosalar chiqarish mumkinki, ta’lim
sifati va samaradorligini oshirishda muammoli o’qitish metodi juda muhim
rol o’ynaydi.
Chunki muammoli o’qitish, o’quvchini mustaqil fikrlashga,
ijodkorlikka, mantiqiy dunyoqarashini oshirishga yordam beradi. Bu orqali
esa o’quvchini doimiy ravishda mustaqil dars bajarishga undash mumkin.
Mustaqil
bilim olish, izlanish o’quvchilarning doimiy mashg’ulotiga aylanib
boradi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Sh. Mirziyoyev Oliy majlisga “Murojaatnoma”si. T 2020-yil 29-
dekabr. 7-8 bet.
2. M. Umarova, X. Hamraqulov, R. Tojiboyeva 3-sinf o’qish kitobi. T
2016-yil 27-30 bet
3.Jumaniyozova. M Muammoli ta’limni darslarda qo’llash usullari” T
2015-yil 5-7-bet
Do'stlaringiz bilan baham: