АДАБИЁТЛАР:
1. X.Axmedova, L.Raximova. “Bolaga yo’naltirilgan ta’lim» dasturini tashkil
etish”. T.: 2012
2. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion
pedagogik texnologiyalar.– T.: “Nihol” nashriyoti, 2016.
3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog–o’qituvchilari uchun amaliy
tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2018.
ZOMINSUV HAVZASINING TABIIY –GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI
IBRAGIMOV
I.E-
Jizzax
davlat
pedagogika instituti Biologiya va uni
o’qitish metodikasikafedrasi o’qituvchisi
Zominsuv havzasi Turkiston tog‘ining shimoliy va Molguzar tog‘ining
shimoli-sharqiy yonbag‘irlarida joylashgan bo‘lib, balandlik diapazoni ancha
katta bo‘lgan (dengiz sathidan 400-4029 m) tabiiy-geografik hududdir. Shu
boisdan yer yuzasining tuzilishi – relefi ham mintaqalarga bog‘liq holda
139
o‘zgarib turuvchi, har biri o‘ziga xos taraqqiyot qonuniga ega bo‘lgan elementar
landshaftdir.
Baland tog‘ mintaqasida – 3000 mdan yuqorida, Shaukartog‘ – 4029 m,
Oqtoshtog‘ – 3354 m va Molguzar tog‘i – 2620 m balandliklarda qoya toshli
keskin qiyalik relefga egadir. Chunki Zominsuv havzasi relefi barcha tog‘li
tumanlar relefi kabi murakkab bo‘lib, ular genezisi va yoshiga ko‘ra ham
turlichadir. Relefini va geologik tuzilishini o‘rganish hudud tabiiy boyliklarini
muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanishda, o‘rmonlarni rekonstruksiya
qilishda, chorva mollarini boqishda, urbanizatsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini
bajarishda katta ahamiyatga ega. Shu boisdan geolog, geomorfolog olimlar
relefni tasniflashda asosan tog‘ jinslarining genezisi, geologik yotqiziqlari,
litologiyasi, morfologiyasi kabi ko‘rsatkichlarga tayanib tasniflashadi.
O‘rganilgan havza daryolari Turkiston tog‘ining shimoliy yonbag‘irlaridan
boshlanib, janubga chuqur jarliklar, tik qoya toshlar orasidan oqib o‘tgani
sababli, tog‘ relefi keskin tiklik va chuqurliklardan iboratdir.
Turkiston tog‘i g‘arbdan sharqqa 340 km cho‘zilgan, eni 60 km. Sharqda
Oloy tog‘laridan Mastchoh tog‘i orqali ajraladi, g‘arbda Parmontepa qal’asi
yaqinida tugaydi. Zominsuv havzasi shu tog‘ning o‘rta qismida joylashgan
bo‘lib, undagi geologik jinslarning ko‘pi biz tadqiqot o‘tkazgan joylarda ham
tarqalgan, deyish mumkin.
“Turkiston tog‘ tizmasi gersin burmalanishida ko‘tarilib, keyinchalik
yemirilgan va uchlamchi davrda qayta ko‘tarilib, hozirgi qiyofaga kelgan.
Tog‘da asosan paleozoy erasiga xos bo‘lgan qumtosh, slanets va qisman
ohaktoshlardan, neogen konglomeratlari va to‘rtlamchi davr lyoss qatlamlaridan
tarkib topgan”, deb ta’riflangan.
B.V.Yasnevich tuzgan geologik xaritada esa faqat Zominsuv havzasining
o‘zida quyidagi geologik qatlamlarning uchrashini ko‘rsatgan: to‘rtlamchi,
neogen, toshko‘mir, devon, silur, kembriy, paleozoy davrlari qatlamlari. Bu
qatlamlar mintaqalar bo‘yicha tarqalib, turli xildagi geomorfologik tuzilish
(relef) va tuproq tiplarining hosil bo‘lishidagi geologik jins bo‘lib hisoblanadi.
To‘rtlamchi davr qatlamlari asosan yarim cho‘l va adirda keng uchraydi
hamda neogen qatlamlari ustini qoplab yotadi va bo‘z tuproq tiplarining asosiy
onalik jinsi hisoblanadi. Tog‘da silur, kembriy davri va intruziv (otqindi)
geologik jinslar keng tarqalib, qoya tosh, toshloq relef hosil qiladilar. Tuproq
tiplari esa har biri o‘ziga xos o‘simlik jamoalarining tarqalishini belgilovchi
asosiy omildir.
O.Yu.Poslavskaya barcha tog‘li hudud tekisliklarini, jumladan Zominsuv
etaklari, ya’ni Mirzacho‘l tekisliklari geomorfologik tuzilishiga ko‘ra,
to‘rtlamchi davr yotqiziqlardan tashkil topganligini qayd etgan. Shu boisdan
140
cho‘l mintaqasi relefi asosan tekisliklardan iborat.
Zominsuv daryosi Dashtobod tekisligida mayda-mayda soylarga bo‘linib
ketishi oqibatida tugaydi. O‘rganilayotgan havzaning cho‘l qismi Mirzacho‘lga
tutashib, janubiy Mirzacho‘l kanali bo‘ylab chegaralanadi.
Jizzax viloyati, jumladan, Zominsuv havzasi tuproq tiplari tuproqshunos
olimlar tomonidan o‘rganilib baholangan va tuproq xaritalari turli masshtabda
tuzilib, tuproq tiplarining tarqalish qonuniyatlari olimlarning ishlarida ko‘rsatilib
berilgan.
G.A.Talipov
4
O‘zbekiston tuproq tiplarining mintaqalar bo‘yicha tarqalish
qonuniyatlarini ko‘rsatib bergan.
Cho‘l mintaqasida Zominsuv daryosi sho‘rxok chuqurliklarga quyilib,
tugallanishi sababli, botqoq-o‘tloq-sho‘rxokliklar, ayrim joylarda suv bo‘ylarida
qamishli-yulg‘unzorlarni hosil qiladilar.Ammo ular kichik-kichik maydondan
tashkil topgan (1 km
2
dan kam kartada chegarasi ko‘rsatilmaydi). Cho‘l
mintaqasi (400-500 m)ning katta qismi sug‘oriladigan erlardan iborat bo‘lib,
N.I.Akjigitovaning
5
ma’lumotiga ko‘ra, Mirzacho‘lda och tusli bo‘z o‘tloq,
sho‘rlangan och bo‘z sho‘rxoklar keng tarqalganligi qayd etilgan.
Tadqiqot olib borilgan havzada barcha mintaqalar uchrab, ularning har
biriga o‘ziga xos geologik tuzilishi, tuprog‘i, iqlimi, o‘simlik jamoalari bo‘lib,
ularning
hozirgi
holatiga
tavsif
berilganda
barcha
tabiiy-geografik
ko‘rsatkichlarga to‘xtalib o‘tiladi.
Adirda asosan bo‘z tuproq xillari, tog‘da jigarrang, o‘rmon tuproq tipi
hokimlik qilsa, baland tog‘da och qo‘ng‘ir tuproq tiplari keng tarqalgan.
Mintaqalar bo‘yicha o‘simlik tiplariga tavsif berilganligi sababli, bu erda ularga
to‘liq to‘xtalmadik.
Jizzax viloyatida, jumladan, Zominsuv havzasining iqlim sharoitining
o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari ko‘plab gidrogeolog, klimatolog, geograf
olimlar tomonidan o‘rganilgan
6
. Zominsuv havzasi iqlimi ham barcha tog‘li
tumanlar
kabi
uning
orografik
tuzilishiga
qarab
turlichadir.
E.M.DemurinaG‘arbiy Turkiston tog‘ida 3 ta iqlim zonasi: adir, tog‘ va yaylov
mintaqalarini ajratib, ta’rif bergan. Ularning o‘zaro farqini har xil mintaqada
joylashgan meteorologik stansiyalarning ob-havo ko‘rsatkichlarini o‘zaro
4
Talipov G.A. Zemelnыe resursы Uzbekistana i problemы ix ratsionalnogo ispolzovaniya.– Tashkent:
UzASXN, 1992. – 232 s
5
Akjigitova N.I. Estestvennaya rastitelnost golodnoy stepi i eyo xozyaystennoe znachenie / Ocherki po geografii
rastitelnogo pokrova UzSSR. – Tashkent: Fan, 1969. – S. 152-179.
6
Babushkin A.N.Prinsipы agroklimaticheskogo rayonirovaniya Sredney Azii i Yujnogo Kazaxstana // Voprosы
geografii. – Moskva, 1961.– № 55. – C. 131-137. Babushkin A.N.Fiziko-geograficheskie usloviya Uzbekistana.
Klimat / Rastitelnыy pokrov Uzbekistana. V 4-x t. – Tashkent: Fan, 1971.
T. 1. – C. 48-63.
141
solishtirgan
7
.
Jizzax viloyatida, jumladan, Zomin tumanida iqlim keskin kontinental
bo‘lib, yoz quruq va issiq, qish nisbatan yumshoq va namgarchilik o‘rtachadir.
2007-yil yanvar oyida o‘rtacha harorat 6,4
0
S, iyulda 28,5
0
S,minimal harorat
yanvarda -7,3
0
S, iyulda maksimal harorat 38
0
S gacha etdi. O‘rganilgan havzada
o‘simliklarning vegetatsiya davri 240-260 kunga yetib, yilning deyarli barcha
faslida ham mol boqish imkoni bor desa bo‘ladi. Havoning o‘rtacha nisbiy
namligi qishda 70-80%, yozda esa 20-40% ni tashkil etdi. Ob-havo yaxshi
kelgan yillar o‘simliklarning hosildorligi, dinamik holati yuqori bo‘ldi.
Tog‘li tumanlarda ham orografiyasi har xil bo‘lganligi uchun “Sangzor”
meteostansiyasida iyul oyining o‘rtacha harorati 23-23,5
0
S, yanvarda esa -3,6-
7
0
S. Absolyut yuqori harorat iyul oyida kuzatilib, 32-34
0
S ni tashkil etdi. Bu
yerdagi o‘rtacha yillik yog‘in miqdori tekisliklarga nisbatan ko‘pdir. Yillik
yog‘in miqdori cho‘l qismida (Do‘stlik) 176-324,8 mm, adirda (Zomin) 169,9-
365,9 mm va tog‘da (Sangzor) 174,1-412 mm ni tashkil etdi. Yog‘inlar fasllar
bo‘yicha notekis taqsimlangan. Seryog‘in oylar mart, aprel, may hisoblanadi.
Do‘stlik va Zominda iyun-avgust oylarida, Sangzorda esa avgust-sentyabr
oylarida yog‘in miqdori eng minimal darajada hisoblanadi.
7
Zakirov P.K.Klassifikatsii rastitelnosti Sredney Azii // Uzbekskiy biologicheskiy jurnal. – Tashkent, 1989. – №
3. – C. 43-50.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |