105
xalqimizning butun bo’yi basti, Vatanimizning bosib o’tgan shonli yo’li o’z
aksini topgan.
Bugungi kunda xalq ta’limi sohasida chet tillarini o’qitishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadda davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yil
10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorga muvofiq, joriy yilda 1-
sinflar uchun “Kid’s english”, “Deutsch Macht Spab”, “Hirondelle” ingliz,
nemis va fransuz tillaridagi darsliklar katta miqdordagi
adadlarda qayta nashr
etildi. Shu bilan birga, o’qituvchilar uchun 22ming nusxa uslubiy qo’llanmalar
va multimediali ilovalar ham chop qilindi.
Mamlakatda xorijiy tillar o’rganilishi ko’p omillarga bog’liqdir.
Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy salohiyati va uning xalqaro
miqyosdagi munosabatlari hamda hududiy va global tarmoqqa aloqadorlik
darajasi xorijiy tillarmi o’qitish masalalariga hamda ularning o’rganish ketma-
ketlik tartibiga ham ta’sir etadi. Xorijiy tillarni o’rganish
jarayonida birinchi
chet tili sifatida ko’pincha “foydalilik mezoni” bo’yicha eng muhim bo’lgan til
ustuvor hisoblanadi bugungi kunda ingliz tili Lingua franca sifatida bunga
misoldir.
Yevropadagi kabi “yevropacha ko’p tillilik ” tushunchasi ostida kamida
ikkita zamonaviy xorijiy tilni o’rganish maqsad qilinsa unda navbatdagi chet
tillarni o’rganish uchun birinchi chet tilining ahamiyatiga yanada ko’proq e’tibor
berilishi lozim. Bu ayniqsa, bolalar bog’chalari, tayyorlov maktablari yoki
boshlang’ich maktablarida birinchi chet tilini o’qitish uchun muhim sanaladi,
chunki birinchi chet tili navbatdagi xorijiy tillarni o’rganishga yo’l ochib berishi
lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiya—ta’lim berish va o’zlashtirish
usullarini yaratib qo’llashlarni yagona tizimga keltirish yo’li
bilan inson
salohiyati va texnik vositalarning barcha imkoniyatlaridan oqilona foydalanib,
bilimlar o’zlashtirishning eng maqbul jarayonidir.
YUNESKO
tashkiloti
tomonidan
ta’riflanishicha
zamonaviy
metodlardan foydalanib chet tilini o’qitishni tashkil etishga qo’yiladigan muhim
talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida
yuksak natijalarga erishishdir.
Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib
berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikmalar, bilimlar va malakalar
hosil qilish, shuningdek o’quvchilar
faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan
egallangan bilim, ko’nikma, malakalar darajasini belgilash biz bo’lajak
kadrlardan yuksak pedagogik mahorat hamda chet tilini o’qitish darslarida
mavzularga nisbatan yangicha yondashuvni talab qiladi. Zamonaviy metodlar
o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv hususiyatga ega bo’lib, ya’ni har bir pedagogik
ta’lim jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda tashkil
qiladi.
Masalan quyidagi hususiyatlarni qo’llanilishini aytib o’tsak bo’ladi.
-
Ingliz rus tili darsini har bir mavzusini tushuntirishning
samaradorligini oshirish;
-
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik masalasi;
106
-
O’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlashni shaklllantirish;
-
O’qituvchiga iloji boricha talaffuzni to’g’irlanishi uchun
o’rganilayotgan til ya’ni ingliz, rus tilida murojaat qilishni o’rgatish,
odatlantirish
-
O’quvchilar imkoniyatini ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratish.
-
Dars jarayonida demokratik va insonparvarlik g’oyalariga erishishni
kafolatlash.
O’quv materialini o’quvchilar tomonidan tushunilishi va tatbiq qilinishi
quyidagi mezonlarga asoslanadi.
Chet tilini o’qitishda “to’g’ri metod”dan
foydalanish ham maqsadga
muvofiq. Ushbu metoddan ko’zlangan asosiy maqsad chet tilini amaliy jihatdan
o’rganishdir. Ona tilini o’rganish shart-sharoitlari “to’g’ri metod”da qabul
qilingan. “To’g’ri metod”ning zamonaviy ko’rinishlaridan biri audiolingual va
audiovisual metodlari ko’p tarqalgan.
Audiolingual metodini asoschilarining fikriga ko’ra chet tili amaliy va
ta’limiy maqsadda o’rganiladi.
Nutq faoliyati turlarini o’rganish tartibi quyidagicha kechadi: tinglab
tushunish, gapirish, o’qish, yozish.
Audiovizual metodi namoyondalari biz uchun mavzularda erkin fikr
yuritish uchun 1500ta so’z tanlaganlar.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, til o’rganish
kishilik jamiyatida
bag’oyat muhim soha hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar avj olgan
zamonimizda tillarni bilish ko’p tillilik ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Shunga
asoslanib, ta’lim tizimida xorijiy tillarni o’qitish jarayonida zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan
samarali
foydalanish
ham
pedagogning
mahoratidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: