Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 
1. 
I.A.Karimov Barkamol avlod orzusi, Toshkent, 1998 
2. 
Taylaqov N.I, Usmonov M.S Uzluksiz ta’lim ilmiy-uslubiy jurnali, 
5-son, 2013-yil, Toshkent, 2013 
BUGUNGI 
KUNDA 
INNOVATSION 
TA’LIMNING 
ZARURIYATI 
 
AXADOVA GULNOZA SAID QIZI – 
Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti, 
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kun ta’limida innovatsion ta’limdan 
foydalanishning zaruriyati ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar: innovatsiya, innovatsion ta’lim, innovatsion faoliyat, novator, 
pedagogik innovatsiyalar, pedagogik texnologiyalar 
Аннотация: В этой статье подчеркивается необходимость использования 
инновационного образования в сегодняшнем образовании. 
Ключевые слова: инновация, инновационное образование, инновационная 
деятельность, новатор, педагогические инновации, педагогические технологии 
Annotation: This article highlights the need to use innovative education in today’s 
education.


107 
Keywords: innovation, innovative education, innovative activity, innovation, 
pedagogical innovation, pedagogical technology. 
Bugungi kunda kishilik jamiyati jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Har bir 
sohaning poydevori bo‘lib xizmat qiluvchi ta’lim sohasini ham 
modernizatsiyalash, 
innovatsion 
pedagogik 
texnologiyalardan 
samarali 
foydalanish hozirgi vaqtda ta’limni rivojlantirishning dolzarb muammolaridan 
biridir.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov 
mazkur muammoning ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy ahamiyatini
“Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va 
tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga katta
zarurat sezila boshladi” deb asoslaydi [1].
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha,
innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl.
“innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya
avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 
2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika,
texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, 
shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi” [3].
Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) ta’lim 
oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan 
yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, 
malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’limdir. 
“Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) 
elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’limda innovatsiya
tizimdagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq. Bunday o‘zgarishlar ta’lim 
tizimining:
- maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish
shakli va boshqaruv tizimiga;
- pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil 
etishga;
- ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga;
- o‘quv-metodik ta’minotga;
- tarbiyaviy ishlar tizimiga;
- o‘quv reja va o‘quv dasturlariga;
- o‘quvchi va pedagog faoliyatiga bog‘liq.
Ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha 
yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali 
natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar jamlanmasini 
innovatsion texnologiyalar deb ataymiz. Zamonaviy ta’limga xos muhim
jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innotvasion xarakter kasb etishiga
erishish sanaladi. Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari 
muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik 
mazmunan xususiy, subyektiv, mahalliy va shartli g‘oyalar tarzida namoyon 
bo‘ladi. Xususiy yangilik munosabat, obyekt yoki jarayonga tegishli 
elementlardan birini o‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. Subyektiv 


108 
yangilik ma’lum obyektning o‘zini yangilash zaruriyatini ifodalaydi. Mahalliy 
yangilik alohida olingan obyekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy 
ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi. Shartli yangilik esa munosabat, 
obyekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning bo‘lishini 
ta’minlovchi ma’lum elementlarning yig‘indisini yoritishga xizmat qiladi.
Texnika va texnologiya asri bo‘lgan XXI asrda ta’limni 
innovatsiyalashtirishning zaruriyatini quyidagi omillar ham isbotlaydi:
- ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlarni taqazo etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlar, ta’lim tizimida yangilanishlar, turli o‘quv muassasalarida o‘quv-
tarbiya 
jarayonini 
tashkil 
etishda 
metodika 
va 
texnologiyalardan 
foydalanishning zarurligi.
- ta’lim mazmunida o‘quv fanlari miqdori va tarkibidagi
o‘zgarishlar, ta’lim va tarbiya tizimida muntazam tashkiliy yangiliklarni 
taqazo qiluvchi yangi o‘quv predmetlarini kiritish ; 
- pedagoglar tomonidan yangiliklarni qo‘llashga va o‘zlashtirishga 
nisbatan yondashuvning o‘zgarishi. Pedagogik jamoalar rahbarlari, ilmiy 
tadqiqot institutlarining metodik xizmatchilari faoliyatining muhim
yo‘nalishi o‘qituvchilar tomonidan yaratilayotgan innovatsiyalarning tahlili va 
baholanishi, ularning samaradorlarini ajratish va qo‘llash uchun zaruriy shart-
sharoitlarni yaratishdan iborat.
- ta’lim muassasalarining bozor iqtisodiyotiga kirishi tufayli ular
orasida raqobatdoshlik vaziyatini yuzaga kelishi. Agar sodda qilib bayon 
etadigan bo‘lsak, innovasion faoliyatga murojaat etishga majbur qilayotgan 
asosiy sabab, ta’lim xizmatlarini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar jamoasi 
duch kelayotgan keskin raqobat sharoitidir.
Davlatimiz rahbari ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim 
yaratish, o‘qitish metodlari, ta’lim standartlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni 
yangilash zarurligi, bilim berishda ilg‘or tajribalardan foydalanish, tarbiyada esa 
milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish muhimligini qayd etadi.[2] 
R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko‘rib 
chiqishga e’tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif 
tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida avval ma’lum bo‘lmagan, qayd 
qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o‘zgarib 
turishi mumkin bo‘lgan mazmuni ekanligi ta’kidlanadi [4].
Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:
▪ 
yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi;
▪ 
pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
▪ 
novatorlik darajasi;
▪ 
kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
▪ 
ijodkorligi
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy 
me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud 
g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni 
yechishga qaratilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, 
jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo‘naltirish asosida BKMni egallash,


109 
amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash,
kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. 
Demak, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim
tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimining 
modernizasiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli 
ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro‘y beradi.
Pedagogik innovatsiyalarni yaratish quyidagi bosqichlarda olib boriladi: 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish