Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика


MUAMMOLI TA’LIM – O’QUVCHILARINING IJODIY



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

MUAMMOLI TA’LIM – O’QUVCHILARINING IJODIY 
FAOLLIGINI OSHIRISH VOSITASI 
 
ESHMURODOVAROHILA– 
JDPI Boshlang‘ich ta’lim fakultetitalabasi 
ALMAMATOVASARVINOZ – 
JDPI Boshlang‘ich ta’lim fakultetitalabasi 
Ilmiyrahbar : Nasrullayev Elmurod Jumaboyevich 
filologiyafanlaribo’yichafalsafadoktori (PhD) 
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda 
muammoli ta’limdan foydalanishning nazariy asoslari va muammoli ta’lim, muammoli savol, 
topshiriq kabi tushunchalarning mazmuni yoritib beriladi. 


101 
Kalitsozlar: Muammo, muammoli ta’lim, muammoli savol, muammoli topshiriq,
muammoli bayon, muammoli masala, muammoli vaziyat, mustaqil fikrlash. 
В данной статье приводятся теоретические основы проблемного обучения 
учащихся начальных классов, а также раскрываются значения категорий, таких как, 
проблемное обучение, проблемные вопросы и задачи.
Ключевые слова: Проблема, проблемное обучение, проблемный вопрос, 
проблемное задание, проблемное изложение, проблемнaя ситуация, самостоятельное 
мышление. 
In given article are resulted theoretical bases of the problem-solving education of 
primary classes’ learners, and also values of categories, such as, problem training, problem 
questions and problems. 
Key words: The Problem, problem-solving education, problem-solving question, 
problem-solving task, problem-solving interpretation, problemn situation, independent 
thinking.
So‘nggi yillarda uzluksiz ta’limni tashkil qilinishida ta’limning 
an’anaviy metodlari - darslarda ko‘rgazmalilikdan va o‘quv mashg‘ulotlari 
davomida texnik vositalardan samarali foydalanish, dars jarayonida 
o‘qituvchining faol harakatiga tayanish bilan bir qatorda ta’limning interfaol 
usullariga bo‘lgan e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Ta’limga e’tibor- 
kelajakka e’tibor demakdir. Prezidentimiz I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat-
yengilmas kuch” nomli kitobida shunday degan edilar: “…farzandlarimizni 
mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil 
insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va 
vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”.
Darhaqiqat, 
ta’lim-tarbiya sohasida bugungi kunning dolzarb 
vazifalaridan biri sifatida e’tirof qilinayotgan o‘z mustaqil fikriga ega, keng 
tafakkur sohibi bo‘lgan ongli va yuksak didli avlodni yetkazib chiqarish biz 
pedagoglar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. 
Ta’lim-tarbiya jarayoni davomida pedagoglar tomonidan ta’lim 
oluvchilarda muayyan darajada oldindan mavjud bo‘lgan fikrlash jarayoniga
jilo berilishi, rivojlantirilishi mumkin. Mustaqil fikr yuritish inson olida 
ko‘ndalang turgan muammoni o‘ziga xos maqsadga erishish uchun mavjud
bilimga tayanish asosida tanlangan usullar va vositalar ko‘magida erishishga
qaratilgan aqliy faoliyatdir. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning darsga nisbatan iliq 
munosabatini shakllantirish bevosita ta’lim beruvchining faoliyatiga bog‘liqdir. 
Ayniqsa, o‘qish darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarinig mustaqil fikrlash 
qobiliyati, og‘zaki va yozma nutqi, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish ko‘nikmalari 
shakllanadi. O‘qish darslarida o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tanlangan usul va 
vositalar ta’lim oluvchi shaxsida yuqorida qayd qilingan ko‘nikmalar 
shakllanish jarayonini kuchaytiribgina qolmasdan, balki, murg‘ak qalblarda 
maktabga, xususan, ta’limga bo‘lgan e’tiborni va mehrni orttiradi.
Inson turli xil yosh davrlarini bosib o‘tar ekan, unda faoliyat yuritish,
tafakkur darajasi ana shu yoshga mos ravishda shakllana boradi. Kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritish, muammoni hal qilish 
ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘qish darslari o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
Chunki,yoshkitobxon o‘qish kitobidan o‘rin olgan turli xil asar qahramonlari 


102 
,ertak qahramonlari, hikoyalardagi obrazlarning xatti-harakatlari va xulq-atvori 
bilan tanishib boradi. Ular faoliyatiga bahoberishga harakat qiladi. Qahramon 
faoliyati haqida mustaqil mulohaza qiladi. O‘z qahramonlariga o‘xshashga, uni 
so‘zlarini va ishlarini takrorlashga, unga taqlid qilishga intiladi. 
3-sinf “O‘qish kitobi” darsligidan o‘rin olga“O‘tmishni o‘rganish 
burchimiz” bo‘limida “Cho‘pon yigit Shiroq” haqida afsona berilgan.
Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga matndan olingan quyidagi 
parcha qayta o‘qib berilishi yoki hikoya qilinishi mumkin: 
-Men bir o‘zim qudratli shahanshohni yengdim. G‘azablangan 
lashkarboshi Ranosbat qilichini chiqardi. Ammo Doro uni to‘xtatdi. Doro
yonidagi oltinlarni, olmos qadalgantoji, zabarjadlar taqilgan qilichini uning 
oldiga tashladi; 
- Hamma oltin cho‘ponga!-hayqirdishoh. 
Tezda Shiroq ro‘parasida ulkan oltin tog‘i paydo bo‘ldi. U: – butun 
dushman lashkarini mag‘lub qildim. Qabilamni, ona tuprog‘imni dushmandan 
saqlab qoldim,-dedi mag‘rur turib. 
Lashkar boshiga zarb bilan Shiroqning bo‘yniga qilich soldi …. 
-Shiroqning o‘rnida bo‘lganingizda siz nima qilgan bo‘lardingiz?- 
(muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi) deya o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga 
Jumboq tashlanadi. O‘quvchilar shu tarixiy davrga nazar tashlashadi va 
muammoli vaziyatning yechimini topishga harakat qilishadi. 
O‘qish darslarini tashkil qilishda muammoli ta’lim texnologiyalariga 
tayanish dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashlarini, duch 
keladigan hayotiy muammolarning yechimini topish ko‘nikmalarini 
shakllantiradi. Adabiyotlarda muammoli ta`lim nazariyasi quyidagi bir nechta 
muhim kategoriyalardan tashkil topishi qayd qilinadi: 
✓ Muammo 
✓ Muammoli bayon 
✓ Muammoli vaziyat 
✓ Muammoli savol 
✓ Muammoli masala 
Muammoli topshiriq 
Yuqorida qayd qilingan tushunchalarning har biriga izoh berib o‘tsak.
Pedagogik atamalar lug‘atida o‘quv jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan masala, 
vazifaga muammo deyilishi qayd qilinadi. Faylasuflardan biri Iogann Volfgang 
Gyote esa, shunday deydi: ”Aytishlaricha, ikki qarama-qarshi fikr orasida 
haqiqat yotar emish. Aslo bunday emas, ularning orasida muammo yotadi”. 
Ta’lim oluvchilar o‘z oldiga qo‘yilgan o‘quv muammosini hal qilishga 
kirishar ekanlar, ular oidida bir nechta bir-biriga zid bo‘lgan fikrlar paydo 
bo‘ladi. Bu fikrlar ichidan eng maqbulini aniqlash va bir to‘xtamga kela olish 
jarayonining o‘zi muammodan chiqish yo‘lini belgilaydi. 
Muammoli 
bayon 
ta’lim 
usullaridan 
biri 
bo‘lib, 
ma’ruza 
mashg‘ulotlarida monolog tarzida ta’lim oluvchilarga yetkaziladi.Dars 
mashg‘ulotlarini tashkil qilishda ushbu usul o‘qituvchi tomonidan amalga 


103 
oshirilib, 
o‘quvchilar 
tinglayotgan 
ma’lumotini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
o‘zlashtiribgina qolmasdan, uni uqib olishga o‘rganishadi. 
Ta’limda muammoli vaziyat deganda, biz topshiriqni bajarish, masalani 
yechish, savol-javob jarayonida yuzaga keluvchi, o‘quvchining muayyan psixik 
holatini tushunamiz. Demak, darslarda qo‘llanilayotgan muammoli vaziyatlar 
orqali o‘quvchilarda atrof-muhitni o‘rganishga havas, mustaqillik va fahm-
farosat singari shaxsiy fazilatlar sakllanadi.
F.M.Matyushkin tomonidan berilgan ta`rifga ko‘ra, “Muammoli savol 
– o‘zlashtirilgan bilimlar asosida ochib berilishi lozim va mumkin bo‘lgan 
hamda harakat usullari darajasidagi ma’lum qonuniyatlar yoki harakat usullari 
sohasini belgilovchi savoldir”. Darsda muammoli savoldan foydalanish uchun 
o‘qituvchi o‘z nutqida “nega?”, “nima uchun?”, “yana qanday ish tutish 
mumkin?”, “sizningcha bu qanday bo‘lishi mumkin?”, “Mana bunday holatda 
qanday natijaga erishgan bo‘lar edik?” kabi savollardan foydalanishi maqsadga 
muvofiq. 
R.Ibragimovning fikricha, muammoli masalaning mohiyatini A.M. 
Matyushkin to‘liq tavsiflab bera olgan. Unga ko‘ra “muammoli masala – amalni 
to‘g‘ri bajarishga xizmat qiluvchi, maqsadga erishishga olib keluvchi yangi 
noma’lum bilimni egallash ehtiyojini uyg‘otuvchi amaliy yoki nazariy 
masaladir”. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika fanini tashkil qilishda o‘qituvchilar 
muammoli masaladan unumli foydalanishadi.
Muammolitopshiriq nimaligini anglashda muammoli ta’limning nazariy 
asoslarini yaratishda ulkan hissa qo‘shgan olim M.I. Maxmutovning fikriga 
tayanishimiz mumkin : “Agar topshiriqni ilgarigi usullarda hal etish mumkin 
bo‘lmasa, hal qilishning yangi usuli zarur bo‘ladi, bu muammoli topshiriqdir”. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, ta’limning an’anaviy shakli 
va muammoli metod asosida tashkil qilinadigan darslarni qiyosiy tahlil qilib 
ko‘rsak: 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish