Nutq madaniyati uslublari haqida
Reja:
So'zlashuv uslubi.
Rasmiy ish qog'ozlari uslubi.
Ilmiy uslub
Publitsistik uslub
Badiiy nutq uslubi
Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri ma'naviy va ma'rifiy ishlarni amalga oshirishdir. Shifokorning amaliyoti, bemor bilan muloqoti yuqori ma'rifatli bo'lgan tibbiyot xodimining ma'naviyatiga asoslangandir. Shu o'rinda ma'rifat va ma'naviyat tushunchasini mutaxassislarning nutq madaniyatisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki tibbiyot xodimlarining barchasi (shifokor, hamshira, ilmiy xodim) to'g'ri, mantiqli, aniq, ta'sirli, ravon gapira olishi juda ahamiyatlidir. Shuningdek, adabiy til me'yorlarini yaxshi o'zlashtirib olishi va bu bilimlarini shifokorlik yoki hamshiralik amaliyotidagi nutqda foydalanish ham maqsadga muvofiqdir.
Kasb-hunarlar sirasida tibbiyot xodimlarining shifokorlik kasbi eng nozigi hisoblanadi. Chunki ular bevosita inson va uning hayoti bilan ishlaydilar. Binobarin, bu ikki tomon nutq vositasi orqali muomala qiladilar. Bu o'rinda «nutq madaniyati» yoki «nutq odobi» iboralarini izohlashni joiz deb bildik. Ma'lumki, «madaniyat» so'zi Madina shahri nomidan kelib chiqqan. O'TIL (o'zbek tilining izohli lug'ati)ning 1 jild, 439-betiga murojaat qilaylik: MADANIYAT -o'qimishlilik, ta'lim-tarbiya ko'rganlik, ziyolilik, ma'rifatli bolib jamiyatni ishlab chiqarishda, ijtimoiy va ma'naviy hayotda qo'lga kirtilgan yutuqlari majmuidir.
Endi odob tushunchasining mohiyatini eslaylik. Aslida bu so'z «adab»dir. Ko'rsatilgan izohli Iug'at (1 jild. 26-beti)da yozilishicha, adab-jamiyatda, kishilar bilan muomalada o'zini tuta bilish, axloq, tarbiya va uning normalaridir.
Demak, biz ko'zda tutgan nutq tabiiyki, ma'rifat, ma'naviyat bilan va albatta, tib ilmi bilan, «odob» tushunchasi axloq, tarbiya, uning normalari bilan bog'liqdir. «Madaniyat» so'zi esa o'qimishlilik, ta'lim-tarbiya ko'rganlik, ziyolilik va ma'rifat kabi tushunchalarni o'zida mujassam etgan.
Fikrimizni asoslash uchun ADABLI so'zining izohini ham keltiramiz. Uning ma'nosi odob-axloq normalariga rioya qiladigan, tarbiyali, axloqli demakdir.
Maqol o'z imkoniyatlarini noto'g'ri baholaydigan kishilarga nisbatan kinoya tarzida qo'llaniladi.
Ironiya (kesatiq) - grek so'zi bo'lib, zimdan kulish, kesatish ma'nosini ifodalaydi. Notiq so'zning o'z ma'nosiga zid ravishda qo'llab, biror kishining qilig'i yoki biror hodisa ustidan kesatadi, masxaralab kuladi.
-Sen bu ishni bajarishda xo'b jonbozlik ko'rsatgandirsan?!
Tibbiyot xodimlari esa o'z nutqlarida imkon qadar allegoriya va ironiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi yoki umuman qo'llamasliklari maqsadga muvofiqdir.
Shoir E. Vohidov aytganidek, «qoyil» so'zining ma'nosini turlicha ta'riflash mumkin. Chunonchi: qoyil - juda yaxshi, qoyil - chiroyli, go'zal; qoyilman - tan berdim; qoyil - boplading, yashavor; hamma qoyil - hayratda. Bu bir ohang.
Boshqa ohangida tamom teskari ma'no. E, qoyil - shu ham ishlash, shu ham odamgarchilikmi? Qoyil qildingiz- ishni buzdingiz, odamni uyaltirdingiz. Qoyil bo'ldi - rasvo bo'ldi.
Shu birgina «qoyil», «qoyil bo'ldi» so'zi va so'z birikmasi orqali o'nlab ma'noni ifodalash mumkin. Mana shu o'nlab ma'noni o'ziga xos ohanglar bilan tasvirlay olgan kishining nutq madaniyatiga qoyil qolish mumkin boiadi.
Demak, qisqa, aniq, lo 'nda, shuningdek, go 'zal nutq so 'zlay olish uchun turli badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanish samarali natija beradi.
So 'zlashuv jarayonida turli xil nutq uslublaridan foydalaniladi. Til uslublari asosan quyidagi turlarga bo 'linadi:
So'zlashuv uslubi.
Rasmiy ish qog'ozlari uslubi.
Ilmiy uslub.
Publitsistik uslub.
Badiiy nutq (uslub).
Do'stlaringiz bilan baham: |