Arab. G‘azal,ko‘pligi g‘azaliyot,ayollar bilan o‘ynab-kulish ishq-muhabbat haqida bahs yurituvchi lirik she’r



Download 11,05 Kb.
Sana29.03.2022
Hajmi11,05 Kb.
#516783
Bog'liq
Документ Microsoft Word


G‘azal ( arab. G‘azal,ko‘pligi g‘azaliyot,ayollar bilan o‘ynab-kulish) – ishq-muhabbat haqida bahs yurituvchi lirik she’r.
G‘azal Sharq xalqlari lirikasida
keng tarqalgan janr bo‘lib, u o‘z taraqqiyotining dastlabki davrlarida faqat ishq-muhabbat mavzularida yaratilgan. Ammo keyingi davrlarda g‘azalning mavzu doirasi kengayib borgan. Shu tariqa, g‘azal tematikasi insonning sof intim tuyg‘ulari bilan birga ijtimoiy hayot muammolarini ham qamrab oladigan bo‘lgan. «G‘azalning mazmuni, g‘oyaviy mundarijasi, obrazlar sistemasi, tematikasi har bir davrda o‘zgarib borgan bo‘lsa, uning formal xususiyatlari: vazni, qofiyalanish usuli, matla’, maqta’ taxallus qo‘yish odati va boshqalarda katta o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Biroq g‘azal formasi qotib ham qolmadi, uning shakllari ko‘paydi» Shu tariqa «g‘azalda yor qiyofasi, qiliqlarini bayon qilish, sog‘inish-u firoq, raqibdan va taqdirdan zorlanishnigina ifodalanmaydi, Shuningdek g‘azal doirasi tabiat manzaralarini tasvirlash, may, qadah haqida bayon qilish bilangina cheklanmaydi... g‘azal tematikasi shaxsning intim kechinmalari doirasida qolmasdan, unda ijtimoiy hayot masalalari ham ifodalanadi».
Lekin, baribir, g‘azal tabiatan, birinchi navbatda, ishq-muhabbat masalalarini yoritib kelgan va bundan keyin hamshunday bo‘lib qolaveradi.
G‘azal formal-poetik jihatdan quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: a) ikki misrali bayt usulida yoziladi; b) She’rdagi har bir bayt nisbiy mustaqillikka ega;
v) qofiyalanish tartibi: birinchi bayt o‘zaro qofiyalanadi: qolgan barcha baytlarning toq misralari ochiq qolib, juft misralari birinchi bayt bilan qofiyadosh bo‘lib, keladi, sxemasi: a-a, b-a, v-a, g-a, d-a...; g) qofiyadan so‘ng, ko‘pincha radif keladi (radifsiz g‘azallar ham uchrab turadi); d) g‘azalning birinchi bayti «matla’» (boshlanma) va
so‘nggi bayti «maqta’ (tugallanma, xotima) deb yuritiladi; e) She’r maqta’sida muallifning taxallusi yoxud ismi ko‘rsatiladi; yo) She’r musiqabop vaznlarda yoziladi; j)
an’anaga ko‘ra g‘azallar o‘n baytdan oshmasligi lozim bo‘lsa-da, amalda o‘n baytdan ortiq g‘azallar ham yaratilgan. O‘zbek adabiyotida ko‘pincha 7—9 baytli g‘azallar yaratilgan. Masalan, Alisher Navoiyning «Xazoyinul-maoniy» sidagi 2600 g‘azalning 1747 tasi 7 baytli, 695 tasi 9, 2 tasi 5, qolganlari 12—13 baytlidir. G‘azalshunoslarimizning aniqlashicha, o‘zbek g‘azalchiligi tarixida 4 misradan 46
misragacha bo‘lgan g‘azallar uchraydi. O‘zbek adabiyoti tarixining oltin fondini tashkil etgan yo‘zlab, minglab g‘azallarni qofiyalanish tartibiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilib o‘rganish odat tusiga kirgan:
a) o‘zbek adabiyotida eng ko‘p tarqalgan g‘azal-oddiy g‘azaldir, Bu xil g‘azal a-a, b-a, v-a, g-a, d-a... tartibida qofiyalanishi bilan xarakterlanadi;
b) g‘azal-husni matla’. Bu g‘azalning boshqa g‘azallardan farqi shundaki, unda matla’dan keyingi bayt misralari ham o‘zaro qofiyalanadi. Sxemasi: a-a, a-a, b-a, v-a, g-a, d-a...;
v) g‘azal qit’a. Bu g‘azalning qofiyalanish tartibi qit’aning qofiyalanish tartibi bilan bir xildir. Sxemasi: b-a, v-a, g-a, d-a...;
g) g‘azal-musajja’. Bu g‘azalda odatdagi qofiyalardan tashqari ichki qofiyalar ham bo‘ladi;
d) g‘azal-muvashshah. Bu g‘azalning tuziliShi muvashshahning ayni o‘zini eslatadi;
e) g‘azal-mushoira. Bu g‘azal ikki yoki undan ortiq shoirning dialogi — munozarasi tarzida tuziladi;
yo) g‘azal-zulqofiyatayn. Bu kam uchraydigan hodisa bo‘lib,
unda har bir bayt o‘zaro qofiyalanadi. Sxemasi: a-a, b-b,v-v, g-g...;

j) g‘azal-zebqofiya. Bu ham kam uchraydigan hodisa bo‘lib, uning qofiyalanish tartibi: a-a, a-a, a-a, a-a, a-a...;

z) g‘azal-chiston. Bu g‘azal-chiston — topishmoqning o‘zi;
i) g‘azal-nazira (tatabbu’, tazmin). Bu Shoirning boshqa bir shoir g‘azaliga ergashib g‘azal yozishi. Chunonchi, Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy g‘azallariga juda ko‘plabshoirlar naziralar bog‘lashgan. G‘azal-nazira yozish o‘ziga xos an’anaga aylanib ketgan.
O‘zbek adabiyotida g‘azal fors-tojik g‘azalchiligi zaminida paydo bo‘lib, XIV asr o‘rtalaridayoq alohida lirik janr sifatida shakllangan. Alisher Navoiy g‘azalni o‘zbek
adabiyotining yetakchi janriga aylantirdi va «g‘azal mulkining sultoni» bo‘lib qoldi. Bobur, Fuzuliy kabi san’atkorlar g‘azal shuhratiga shuhrat qo‘shishdi. Mumtoz shoirlarimizning deyarli barchasi g‘azal janrida qalam tebratishgan. Shu sababli, g‘azal o‘zbek mumtoz adabiyotining boy janri bo‘lib qolgan.
O‘zbek mumtoz g‘azalchiligining namunasi sifatida Alisher Navoiyning «Badoyi-ul-vasat» devonidagi «Kelmadi» radifli g‘azalini keltiraylik:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘avu ul sho‘xi badxu kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ettiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lgonda qorong‘u, kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha suv kelgay deb o‘lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su (v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lgakim, avvalqadam ma’shuqa o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
Qasida (arab, ko‘pligi — qasoyid) — mashhur tarixiy Shaxslar va buyuk voqealarni madh, etuvchi tantanavor uslubdagi lirik janr. Qasida xuddi g‘azaldek qofiyalanadi (sxemasi: a-a, b-a, v-a, g-a, d-a...). Odatda, qasida kirish (nasib yoki tashbib) bilan boshlanadi, keyin tasvir ob’ektiga o‘tiladi, oxirida duo hamda matlabining
bayoni beriladi. Agar qasidada kirish bo‘lmasa, mahdud deb yuritilgan. Qasidaning umumiy hajmi 15—20 baytdan kam bo‘lmaydi. O‘tmishda podsholar va hukmdorlar, ulug‘ tarixiy shaxslar, buyuk tarixiy voqealar, tabiat manzaralari, may, ishq-muhabbat, shoirning o‘zi yashagan muhitdan shikoyat yoki o‘z fazilatlari haqida qasidalar yaratilgan.
Shuningdek, falsafiy qasidalar, hajviy qasidalar yozilgan. Progressiv shoirlar o‘z qasidalarida adolatli shohlar va ulug‘ kishilarning fazilatlarini madh etishgan,
o‘zlarining hayot haqidagi qarashlarini ifodalashga intilganlar. Ammo ayrim shoirlar hukmdorlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtab, ularga xushomadgo‘ylik qilishgan. O‘zbek
adabiyotida o‘z qasidalari bilan shuhrat qozongan shoir Sakkokiy (XV asr) feodal hukmdorlardan Xalil Sulton nomiga bitta va Mirzo Ulug‘bek nomiga to‘rtta qasida, nufuzli ruhoniylar, amaldorlardan Xoja Muhammad Porsoga bir qasida, Arslon Xoja Tarxonga to‘rt qasida bag‘ishlagan. Alisher Navoiyning Husayn Boyqaroga bag‘ishlab yozgan «Hiloliya» nomli qasidasi va, shuningdek ,«Tuhfatul afkor» («Fikrlar sovg‘asi») nomli falsafiy qasidasi mashhur.
Sakkokiy «Ulug‘bek madhi» qasidasida shunday baytlarni tuzadi:

Jahondin ketti tashviShu mabodiyi amon keldi,

Xaloyiq aysh eting bu kun, sururi jovidon keldi.
Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor yo yo‘q,
Bihamdillah o‘g‘on fazli bila ul tanga jon keldi.
Qo‘shiq — qadimiy lirik janr bo‘lib, kuyga solib aytishga mo‘ljallab yoziladi. Qo‘shiq odatda, ikki xil bo‘ladi: xalq qo‘shiqaari va yozma adabiyot namunasi bo‘lgan
qo‘shiqlar.
Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. U og‘zaki tarzda musiqa bilan birga yaratilgan. qo‘shiq, dastlab, mehnat jarayonida paydo bo‘lgan. Ularda xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. Xalq qo‘shiqlari mehnat qo‘shiqlari, mavsum qo‘shiqlari, marosim qo‘shiqlari, alla, yor-yor, ishqiy qo‘shiqlar,
qahramonlik qo‘shiqlari kabi turlarga bo‘linadi.
Qo‘shiq yozma adabiyot janri sifatida ham mashhur. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mashrab, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlarning anchagina she’rlari qo‘shiqqa aylanib ketgan.
Qit’a (arab. parcha) — qadimiy lirik janr.Qit’a shunday bir lirik janrki, u ixcham bo‘ladi, unda fikr lo‘nda va konkret bayon qilinadi, murakkab usullar, qochiriq-kinoyalar deyarli uchramaydi, tasvir ob’ekti bevosita ko‘rsatiladi, baholanadi; voqea-hodisalar asliga monand ifodalanadi. Qit’aning shakliy-poetik belgilari:
a) she’r hajm jihatidan kichikroq (2 baytdan 19 baytgacha) bo‘ladi. O‘zbek adabiyotida bir baytdan o‘n bir baytgacha bo‘lgan qit’alar bor, biroq ikki baytli qit’alar keng tarqalgan;
b) she’rning matla’i bo‘lmaydi;
v)qofiyalanishida qat’iy sxema yo‘q,amalda ko‘pgina qit’alarning juft misralari qofiyalanib, toq misralari ochiq qoldiriladi (sxemasi: b-a, v-a, g-a, d-a...);
g) umuman aytganda, qit’a badihabop janr bo‘lgani uchun uning hajmi,vazni, mavzuyi, g‘oyaviy mundarijasi qat’iy chegaralanmagan. Unda shartli tamoyillar, majburiy shakliy-poetikqoliplar «temir qonun» tusini olgan emas.
O‘zbek adabiyotida deyarli juda ko‘p shoirlar qit’a yaratishgan. Biroq Alisher Navoiygina bu janrni har tomonlama yuksaklikka, to‘la huquqli janr darajasiga ko‘targan.
Shoirning «Xazoyinul-maoniy»sida 210 ta, «Devoni foniy»da 72 ta qit’a berilgan. Bulardan tashqari, «Munshaot», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Xamsatul-mutahayyirin» va boshqa asarlarida bir qancha qit’alar bor. Alisher Navoiy qit’alari ikki baytdan tortib o‘n bir baytgachadir. Ularning aksariyati ikki baytlidir,
Bu o‘rinda o‘zbek mumtoz qit’achiligidan namuna sifatida 2 qit’ani keltiraylik:
Ul mening joni jahonimg‘a salom,
Jondin ortiq mhxribonimg‘a salom,
Bir zamon xoli emasman yodidin,
Munisu jonu ravonimg‘a salom.

Download 11,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish