ADABIYOTLAR
1. Подласый И. Как диагностировать урок? // Народное образование,
2019, N9. - с. 45-52.
2. Роджерс К. Взгляд на психотерапию. Становление человека. - М.,
2014.
3. Селевко П.К. Современные преподавательные технологии:
Учебное пособие. - М.: Народное образование, 2018.
4. Фридман Л.Н. Наглядность и моделирование в обучении - М.,
2019.
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARDA ADABIY
TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH
NIYAZAXUNOVA NARGIZAXON BOYMIRZAYEVNA-
NizomiynomidagiTDPUmagistri
Jamiyatni rivojlanishining zamonaviy bosqichi eshitishda nuqsoni bo‘lgan
bolalarni muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlashni ko‘zda tutuvchi maxsus
maktab ta’limi sifati adabiy ta’lim jarayonini tashkil etish jarayoniga o‘ziga
xos talablarni qo‘ydi. Maxsus ta’lim tizimida adabiy ta’limni sifat jihatidan
55
o‘zgartirish adabiy ta’limning metodologik asoslarini mustahkamlash va
takomillashtirish bilan bog‘liq.
Bola fikrlashga maktabgacha bo‘lgan davrda o‘rganadi, maktab adabiy
ta’limi esa ana shu jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uni faollashtirish uchun
qulay imkoniyatlarni yaratishi lozim. O‘quvchini fikrlashga undash, uning
o‘zigagini xos ruhiy olamiga badiiy asarlar tahlili orkali ta’sir ko‘rsatib,
ta’sirlanishiga, o‘z tuyg‘ulariga tayanib, mulohaza yuritish uchun mustaqil
ijodiy fikr muhitini yaratish- adabiy ta’lim talablaridan asosiysi ekani metodist
olimlar tomonidan xam ko‘p ta’kidlangan.Adabiy ta’lim o‘quvchilarni badiiy
ijod konuniyatlari bilan tanishtirish asnosida ularni mavjud xayotiy-tabiiy
konuniyatlari bilan bog‘lanuvchi nuqtalarini idrok etishga va bu qonuniyatlar
mohiyatini tushunib borishga, o‘quvchilarni hayotga tayyorlash imkoniyatiga
ega.Tadqiqotimiz uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan asosiy ta’limotlardan biri
badiiy adabiyotga musiqa, rangtasvir kabi san’at turlaridan biri sifatida
qarashdan iborat. Shu munosabat asosida A.A.Leontevning ishlarida adabiyot-
san’at turi sifatida “badiiy qayta yaratish” va “badiiy bilish” sifatida
tavsiflanadiki, bu tadqiqotchini adabiyotni muloqot shakllaridan biri ekani
haqidagi xulosaga olib keladi. Olimning ta’kidlashicha, adabiyot bilan muloqot
chog‘ida inson shu muloqotda yaratuvchi va retsipiyent shaxs sifatida ishtirok
qilib, adabiyotning ob’ekti orqali voqelikning qaysidir elementi haqida emas,
balki voqelikka munosabatlar tizimini jumladan, emotsional kechinmalarni
amalga oshiradi[3,54].
A.N. Leontev fikricha, adabiyot san’atning insonga ta’sirini o‘rganadi, shu
sababli ularning o‘rganish predmeti kitobxon, uning badiiy voqelikni tiklashga
oid mehnati va asar bilan muloqotda egallaydigan emotsional, ma’naviy tajriba
hisoblanadi. V.Ye. Xalizev estetik fenomen sifatida badiiy asarning o‘zini diqqat
markaziga qo‘yadi, shu sababli adabiyotning mazmuniy shaklining o‘ziga xos
masalalari, matn va asar badiiy olamining o‘zaro nisbati, adib va kitobxonning
o‘zaro ta’siri, hamkorligi kabilar birinchi o‘ringa chiqadi.Baxtin fikricha,
adabiyot uch turda namoyon bo‘luvchi muhit, uch turdagi dunyo
mavjud.Birinchisi — idrok etish muhiti. Bu atrof –olam, ilm-fanda
ifodalanuvchi ob’ektiv qonun-qoidalar olamidir. Ikkinchisi — etik muhit,
insoniy tuyg‘ular va munosabatlar dunyosi bo‘lib, dinda ifodalanadi ,yaxshilikka
intiladi. Uchinchi muhit — estetik muhit — sa’natda nomoyon bo‘lib, go‘zallik,
garmoniyaga intildi[1,14]. Adabiiy ta’lim o‘ziga xos estetik muhit takibiga
kiruvchi badiiy matn, badiiy so‘z sa’nati mazmunida namoyon bo‘ladi.
R.N. Buneyev va Ye.V.Buneyeva adabiy ta’lim vazifalari «bolalarni
adabiy ta’lim orqali inson munosabatlari ,ma’naviy qadriyatlari olamiga kiritish,
erkin va mustaqil fikrli shaxsni tarbiyalash» deb xisoblaydi. M.G.Kachurin
ta’kidlashicha, bolada abadiy matnga estetik munosabatni shaklantirish adabiy
ta’lim vazifasi bo‘lib, badiiy obraz real voqelik bilan tenglashtiradi, hayotiy
voqeliklarini tasviri sifatida ifodalanadi.». Yu.M Lotman fikricha: « Badiiy asar
matni o‘zini tizimi bilan shunchalik hayot bilan bog‘liqki, undan nusxa oladi,
unga tarkibiga kiradi,bu insonini predmetni uni nomlanishidan, uni xaqiqiysi
bilan nutqdagi ifodasini farqlamaydi. Ularni birligi xayoliy tassavur hosil
56
bo‘ldi.». [4,44]Bu xayoliy tassavur sodda idrok qilishga olib kedadi. L.S.
Vыgotskiy «...Badiiy asar xech qachon haqiqatni to‘liqligicha va real
ifodalanmaydi, o‘zida haqiqat elementlari qayta ishlagan murakkab maxsulot
aks ettiradi», — deb etirof etadi. N.D. Moldavskaya fikricha, «Adabiy ta’lim
— bola tomonidan badiiy matni idrok etish ta’lim bosqichlari davomida
badiiy asardan estetik xuzurlanish darajasiga o‘tadi, shunda bola go‘zallikni
chuqur tushunuvchi, unda bahra oluvchi inson bo‘lib tarbiyalanadi». «...Sa’nat
badiiy ta’sir ko‘rsatish uchun haqiqat bilan munosabatga kirishishi lozim.
Lekin to‘liq bir xillik sa’natni yemirilishiga olib keladi», — ogohlantiradi
Yu.M. Lotman. Olim so‘z sa’natini badiiy fotografiya bilan qiyoslaydi — uni
materiali haqiqiy voqelikni nusxasi xisoblanadi. Adabiy ta’lim jarayonida
o‘quvchilar bilan kitobxonlar sifatida munosabatga kirishimiz lozim. Badiiy
mant orqali yozuvchini kitobxoni bilan dialogida o‘qituvchini rolini o‘quvchi
tomonidan mantni tushunish darajasini muxokama qilish emas, bolaga baliiy
asarlarni ko‘p qirrali olami, bir-biriga o‘xshamagan xususiyatlari bilan
tanishtirish , kitobxon tomonidan berilayotgan dunyoni ochib berishga
o‘rgatishi lozim. JI.E. Strelsova i N.D. Tamarchenko fikricha: «Bolani badiiy
matnini idrok etishga o‘rgatish bizning nuqtai nazarimizdan-bu uni badiiy
asarni tuzilishi va uni tuzilishi qanday vazifalarga bo‘ysunishini o‘rgatish
lozim. .Bu bilgan xolda kitobxon matn orqali berilayotgan xabarni mustaqil
anglay oladi[3,94]. Badiiy asarni sodda idrok etish darajasi badiiy matn tabiati,
mazmuni bilan belgilanadi.Badiiy matn — murakkab tuzilgan mazmun
sanaladi. Bu tizimning elementlari ma’noli elementlardir, badiiy matn
mazmunini tashkil etishdan tashqarida bo‘ladi. Badiiy asarni yaratib, idrok etib,
badiiy asar matninining tarkibiy qismlari bo‘lgan badiiy ma’lumotni inson
beradi, oladi, saqlaydi».Mazkur ta’kidlar muhim uslubiy asosga ega: avvalom
bor bu badiiy ma’lumot buzilishidan dalolat beruvchi badiiy asar mazmuni
gapirib berishdan voz kechish sanaladi. Ta’lim tizimida adabiy ta’limning uch
xil paradigmasi xisobga olinadi.: adabiyot tarixi, she’riyat, estetik munozara
.Tarixiy birinchi paradigma — tarixiy –adabiy — turli ta’limiy dasturlarda
katta o‘rin egallab, bu yozuvchilarni tarjima holiga diqqat, asar yaratilish
tarixi, asarlarni tanqidiy tahlilini qamrab oladi. Boshlang‘ich sinflarning o‘quv
dasturlarida bu yozuvchilarni qisqa tarjima holini bayon qilishga qaratilgan.
Ikkinchi paradigma — sheriyat, matn haqidagi analitik bilim.
Ikkinchi paradigmada boshlang‘ich ta’lim dasturlarida o‘quv xarakatlari
mavjud bo‘lmaydi, yoki ayrim badiiy xususiyatlarni kuzatish bilan bog‘liq
bo‘ladi. Uchinchi paradigmada estetik munozara «so‘z sa’nati, boshqa sa’nat
turlari sifatida odamlarni ma’naviy muloqat doirasi sanaladi. Yozuvchining
ijodiy faoliyati kitobxonni faoliyatini tashkil etishni ko‘zda tutdi. ».Shunday
qilib, uchinchi paradigma badiiy asarlarni estetik idrok etishi va bayon etishiga
qaratiladi[2,67]. Ye.V. Kuleshov fikricha, «Bolalar badiy asarlari kattalar
tomonidan bola uchun yozilgan matn bo‘lib, ayrim turdagi kommunikatsiya
o‘zida ifodalaydi.».Tadqiqot natijalari asosida “adabiy ta’lim” tushunchasiga
quyidagicha ta’rif berildi: adabiy ta’lim so‘zni sa’nat sifatida o‘rganish jarayoni
bo‘lib, ijodkorlik — hamkorlikdagi ijodiy ish — bilim, malaka
57
komponentlarining birligidan iborat.Tahlillar asosida adabiy ta’lim jarayoni
murakkab tuzilishga ega bo‘lib, nutqiy faoliyat turlari, kitobxonlik faoliyati,
badiiy propedevdika, adabiy-ijodiy faoliyat kabi komponentlarni o‘z ichiga
qamrab olishi aniqlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |