47
1. Л.П., Носкова Л.А Головчиц. Методика развития речи дошкольников
снарушениями слуха. – М.: Владос, 2004. – 44 с.
2. Л.А.Головчиц
Дошкольная сурдопедагогика .— Москва:
Просвешение,2009. —108 с
3. Fayziyeva U.Yu. Zaif eshituvchilarni
savodga tayyorlash va savod
o‘rgatish: ped. fan. kand. ...diss. – T., 1994. – 118 b.
4. L.Mo‘minova, Sh.Amirsaidova va boshqalar Maxsus psixologiya
.Toshkent:Fan va texnologiyalar .2013.
BOSHLANG`ICH TA’LIMDA TALABALARNI COOPERATIV
LEARNING (HAMKORLIKDA KICHIK GURUHLARDA
O’QITISH)METODI ASOSIDA DARSLARNI TASHKIL
QILISHGA O’RGATISH
MAMAYUSUPOVA SAODAT MAMATQULOVNA
RIZAYEVA NAFOSAT
.
Аннотация.Эта статья посвящена использованию кооперативного
обучения в процессе современного обучения учащихся начальной школы.
Annotation. This article focuses on the use of Cooperative Learning in
the process of modern teaching students in primary education.
Bizga ma’lumki, Cooperativ learning (hamkorlikda kichik guruhlarda)
o’qitishning konsepsiyasi ilk bor 1980 yilning o’rtalarida AQSH olimi Spenser
Kagan tomonidan ishlab chiqilgan metod bo’lib, hozirda butun dunyo
maktablari va oliy ta’lim muassasalarida keng qo’llanilmoqda.
Hamkorlikda
kichik guruhlarda o’qitish o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, ta’lim olishda
qatnashuvchilarning birgalikdagi harakati va faoliyatiga asoslangandir. Kichik
guruhlarda ishlash orqali muammolar yechimini topish yaxshi samara beradi,
chunki har bir guruh qatnashchisining shaxsiy mas’uliyati ortadi.
Maqsadli
natijaga erishish uchun harakat qiladi va samarali natijaga erishiladi. Bola tajriba
va bilimni muammoli ta’lim muhitini tadqiq qilish, turli maketlar, sxemalar
tayyorlash, tajribalar o’tkazish, bahsli savollarga
javoblar topish va umuman,
xususiydan umumiyga qarab chiqish, ya’ni bilishning induktiv metodini qo’llash
jarayonida amalda bajarish yo’li bilan o’rganishi lozim. Bilimlarni ta’lim
oluvchiga tayyor holda berib bo’lmaydi, har kim o’z hayoti davomida o’zining
atrof-muhitni tushunishni konstruksiyalaydi. Aynan shuning uchun ham har kim
o’z dunyoqarashi, e’tiqodlari bilan betakrordir. Konstruktivist o’qituvchi dars
beruvchi o’qituvchi emas, u ta’lim oluvchilarning muammoli yo’naltirilgan
faoliyatiga konsultant, tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi.
O’quvchilar esa o’z navbatida ta’lim jarayonining to’la huquqli ishtirokchilari
bo’lib qoladilar va ta’lim jarayoni hamda natijalari uchun o’qituvchi bilan birga
javobgar bo’ladilar. Bu metodni o’tkazish jarayoniga to’xtalsak:
1-qadam. Har bir guruh a’zosi 1 dan 5 gacha bo’lgan raqamni o’ziga
belgilaydi.
2-qadam. Muammo yoki savol e’lon qilinadi.
48
3-qadam. Har bir guruh qatnashchisi birgalikda
maqbul variantlarni
muhokama qiladi va ular muammo yechimi yoki savolning javobini har biri ayta
olishiga ishonch hosil qiladilar.
4-qadam. Har bir kichik guruhdan doskaga 1 dan 5 gacha bo’lgan raqam
ostidagi qatnashuvchilardan biri taklif qilinadi (masalan, 3-raqamdagilar).
5-qadam. 3-raqamdagi qatnashuvchi doskaga muammoning yechimi
yoki savolning javobini guruh nomidan yozadi.
6-qadam. 3-raqamdagi har bir guruh a’zosi tanlagan muqobil variantlarni
yozib bo’lgach, bir vaqtning o’zida sinfga ko’rsatadi. O’qituvchi javoblarning
to’g`riligini tekshiradi.
7-qadam. Agar vaqt ortib qolgan bo’lsa yana qo’shimcha savol berishi
mumkin.
Bu metodni asosan 4-sinf o’quvchilariga sinfdan tashqari o’qish darslari
uchun qo’llasak natija samaraliroq bo’ladi deb o’ylayman. O’quvchilar
topshiriqni mustaqil bajarib, ijobiy natijaga erishishlari mumkin.
Har bir
ishtirokchini topshiriqni bajarish jarayonida mas’uliyat bilan yondashishga
undaydi. Barcha teng ishtirok etadi. Bir vaqtda, o’zaro hamkorlikda
topshiriqlar bajariladi. Topshiriqni
birgalikda oddiy bajarish emas, balki
birgalikda o’qish, musobaqalashish emas, balki hamkorlashish,
birgalikda
ishlashga o’rganish, o’qish va ijodda har doim bir-biriga yordam qilishga,
muvaffaqiyat quvonchi yoki muvaffaqiyatsizlik achchig`ini birga tortishga
tayyor bo’lishga o’rgatadi. Quyida biz Hermann Hessening “Bo’ri” hikoyasi
asosida ushbu metodning qo’llanishiga to’xtalamiz. O’qituvchi avvalo Hermann
Hessening hayoti va ijodi haqida kirish suhbati qiladi.
Nemis adabiyotining ulug`
namoyondalaridan biri, Nobel mukofoti
sohibi Hermann Hesse eng ko’p mutolaa qilinadigan olmon adiblaridan biridir.
Uning ko’plab roman, qissa, hikoyalari, she’rlari, siyosiy, adabiy-tanqidiy
ruhdagi asarlari chop etilgan. Ular orasida, ayniqsa, “Cho’l bo’risi”, “Marjonlar
o’yini”, “G`ildiraklar ostida”, “Nyurnbergga sayohat”
kabi asarlari alohida
shuhrat qozongan. Adib, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda ham
ko’plab asarlar yozgan. “Bo’ri” hikoyasi bo’yicha ushbu metodni qo’llaymiz.