46
tablichka bo‘yicha qayta yaratiladi.Qog‘oz bilan ishlashga katta e’tibor
qaratailadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar qog‘ozning qanday (oq – rangli;
glanchli – barxatli va sh.k.) bo‘lishini, u bilan nima qilish mumkinligini
(buklash, qirqish, yirtish va sh.k.) aniqlaydi. Qog‘ozdan foydalaniladigan
mashg‘ulotlar bolalarda geometrik tasavvurlarni shakllantirish imkonini beradi.
Masalan, bolalar butunni qismga bo‘lish yo‘li bilan yangi geometrik shakllarni
hosil qiladi: qog‘oz kvadratldan ikkita to‘g‘ri to‘rtburchak, uni teng bo‘lib to‘rtta
kvadrat va sh.k. hosil qilish mumkin[4]. Qog‘ozdan turli buyumlarni yasash
davomida bolalarda kichik motorika rivojlanadi.
Bu, o‘z navbatida, nutq va fikrlash operatsiyalarining rivojlanishi uchun
muhim. Kichik motorikani rivojlantirish bolalarning o‘qo‘ituvchi qo‘l
harakatlariga taqlid qilishi davomida rivojlantiriladi. Masalan, predmetlar bilan
manipulyatsiyalashdan oldin bola yuvinish, Kir yuvish, mix qoqish va sh.k.
jarayonni imitatsiyalaydi. Keyinchalik harakatlar murakkablasha boradi. Bola
bilan daktil alifbo belgilari o‘rganiladi. Taqlid qilish ko‘nikmasi bolalarda
ma’lum o‘yinlar yordamida shakllantiriladi: oyna, mozaika, namunaga ko‘ra
tayoqchalardan naqsh tuzish.Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bolalar bilan
diqqatni rivojlantirishga qaratilgan «Loto», «Juftini top», «Tanla va ko‘rsat»
kabi o‘yin va mashqlar albatta o‘tkaziladi. Tasviriy san’at va eshitib idrok qilish
mashg‘ulotlarida ham diqqatni rivojlantirish ustida ish olib boriladi. Bolalar
eshitish materialini ko‘zlarini yumgan holda, manbadan ma’lum masaofada
turgani holda, unga teskari o‘girilgan holda diqqat bilan qabul qilishga
o‘rganadi. Bu kabi mashqlar bolalar e’tiborining maksimal jamlanganligini talab
qiladi. Bolalarning qiziqishlarini kengaytirish, ko‘rgazmali vositalardan
foydalanish, shuningdek o‘kuv faoliyati va hordiq tartibiga qat’iy rioya qilish
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda barqaror ixtiyoriy diqqatni shakllantirish
imkonini beradi, bu esa intellektual rivoljlanish uchun juda muhim.
Pedagog bolalar diqqatini o‘rganilayotgan predmet va hodisalarga ongli
ravishda qaratishga intilishi kerak. O‘zlashtirilgan bilimlarni bolalar
hikoyalarida umumlashtiradi, rasmlarida aks ettiradi. Karlikning salbiy
oqibatlarini yengib o‘tishda reabilitatsiya jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatish va yo‘l-yo‘riq berishdan ko‘ra, yuqorida keltirilgan ta’lim-tarbiya
usullari bolaning ijtimoiy hayotga moslashishida ko‘proq ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
shubhasizdir. Bolalar o‘zlarini nafaqat kattalar bilan, balki o‘zlarining
eshitadigan va eshitmaydigan tengdoshlari bilan ham tabiiy, erkin tutadilar[2].
Ular notanish vaziyatdan va notanish odamlardan cho‘chimaydigan bo‘ladilar,
yangi vazifalarni dadil qabul qiladilar va ularni bajarishda biron nimani
eplolmay
qolsalar,
sarosimaga
tushib,
kattalarning
yordamini
kutib
o‘tirmaydilar, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intiladilar. Kar bolalar gapira
boshlaydilar, harakatchan, quvnoq, tashabbuskor bo‘ladilar. Ularning xatti-
harakatlarida ijobiy his-tuyg‘ular ustunlik qiladi. Shunday qilib, kar bolalar
sensor tarbiyalash jarayonida qo‘llanadigan har qanday korreksion texnologiya
ularni ijtimoiy moslashishlariga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: