A B U L Q O SIM M A H M U D A Z -Z A M A H SH A R IY
(1075— 1144)
Xorazm ilm-fani va madaniyatini dunyoga tanitgan buyuk
siymolardan yana biri arabshunos olim, shoir, yozuvchi va
imom Abulqosim M ahm ud ibn Um ar ibn Ahm ad Jarulloh
Zamahshariydir.
U 1075-yil 18-martda Xorazmning Zamahshar
(hozirgi vaqtda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatiga qarashli
Paxta tumanidagi Izmixshar qishlog‘i) qishlog‘ida tavallud topgan.
B oshlangich m aium otni u o ‘z zamonasining o ‘qimishli imomi
b o ig a n otasi Umar ibn Ahmad q o iid a oladi. Yoshligida baxtsiz
hodisa tufayli tomdan yiqilib mayib b o iib qolgan va yog‘och oyoqda
yurishga majbur b o ig a n Zamahshariy mhiy tushkunlikka tushmaydi.
252
VATAN TARIXI
U otasidan Urganch madrasalaridan biriga o ‘qishga olib borib
qo‘yishni iltimos qiladi. Ota o ‘g ‘lining iltimosini qondirsa-da, biroq
kam bag‘allik tufayli uni moddiy tomondan q o ila y olmaydi.
Zamahshariy mohir husnixat sohibi b o ‘lganligidan madrasada
o ‘qish bilan birga qo‘lyozma asarlami ko‘chirish bilan ham
shug‘ullanadi va buning evaziga maosh olib yashash imkoniyatiga
ega b o ‘ladi. B o‘lg ‘usi olimdagi nodir qobiliyatni payqagan Abu
Muzar Mahmud az-Zabbiy Isfahoniy Zamahshariyga ustozlik qilishni
o ‘z zimmasiga oladi, unga har tomonlama ham ilmiy, ham moddiy
yordam ko‘rsatadi. Abu Muzar Xorazmda mutazimiylar ta’limotini
yoyish bilan shug‘ullanardi. Bu ta’limotga ko'ra, insonning qilmishi
azal va taqdirda belgilanganiday majburiy bo‘lmasdan, erkin holatda,
uning o ‘z ixtiyori bilan sodir b o iish i lozim. Zamahshariy umrining
oxirigi qadar ana shu tariqatga sodiq qoldi.
Urganjda tahsil ko‘rgan Zamahshariy o ‘z bilimini takomil-
lashtirish maqsadida Buxoro, Xuroson va Isfahonga boradi, o ‘z
zamonasining yirik olimlari va mutafakkirlaridan saboqlar va
maslahatlar oladi. Undan keyingi hayotini buyuk olim B ag‘dod,
Damashq, Xijoz va Makkai Mukarrama kabi qadamjolar bilan
bog‘laydi. Zamahshariy umrining so‘nggi yillarini Urganchda
turg‘unlikda ilmiy ishlar yozish bilan o ‘tkazadi va 1144-(538) yil
Qurbon xayiti arafasida 71 yoshda vafot etadi.
Az-Zamahshariydan juda ko‘p ilmiy meros qolgan, uning
tilshunoslik, adabiyotshunoslik, lug‘atshunoslik, fiqh, tafsifshunoslik
islom tarixi, falsafa, uslub va notiqlik san’ati, tafsir, hadis va boshqa
fanlar b o ‘yicha yozgan ellikdan ortiq asarlari bor. Mashhur turk olimi
Hoji X alif («Kashf az-Zunun» asarida) Zamahshariyning 29 asari,
arab olimi Ibn Xallikon («Vafayot al-А ’уоп» asarida) 30 asari va
Yoqut Hamaviy esa 50 asarining tavsifini bergan.1 Iroq olimi Fozil
Solih az-Samariy esa ulug‘ vatandoshimizning 56 asari borligini
aytib, ulaming nomlarini birma-bir keltirib o ‘tadi.
So‘zsiz, Az-Zamahshariyning eng yirik va mashhur asari «А1-
Kashshof an haqayiq ut tanziyl va uyin il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl»dir
(«Qur’ondagi yashirin haqiqatlami ochib bemvchi»). U qisqacha «А1-
kashshof» deb ataladi. Bu kitobni olim 1132-1135-yillarda Makkai
Mukarramada bo‘lgan chog‘ida yozgan. Zamahshariy Makkada uzoq
vaqt yashaganligi uchun Jamlloh (Allohning qo‘shnisi) degan faxrli
1 Каранг, Абдуллаев И. Аз-Замахшарий. «Кишлок хакикати», 1991 й. 10 июль.
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
253
laqabni olgan. Asarda buyuk alloma, Q ur’oni Karimni til jihatidan
izohlab, har bir so‘z m a’nosini arab grammatikasi asosida tushuntiradi.
Vatandoshimizning mazkur kitobi Q ur’onga yozilgan eng mashhur
va m o‘tabar tafsirlardan bo‘lib, hozirga qadar musulmon dunyosi
va ilmiy jamoatchilik undan keng foydalanib kelmoqda. Qohiradagi
butun dunyoga mashhur Al-Azhar diniy universitetining talabalari
Zamahshariyning «Al-Kashshof» asari asosida Q ur’onni va uning
tafsirini o ‘rganib, undan muhim bir qo‘llanma sifatida foydalanib
keladilar. Az-Zamahshariy asarining g ‘ oyatda qimmatli asar ekanligiga
yana yorqin bir dalil sifatida uning qo‘lyozma nusxalarining ko‘pligi,
asarga yozilgan bir qancha sharhlar va uning arab mamlakatlarida
qayta-qayta nashr qilinishini ko‘rsatish mumkin. Nemis sharqshunos
olimi Karl Brok Kelman dunyoning turli qoiyozm a jamlanmalarida
«Al-Kashshof»ning yuzga yaqin qo‘lyozmalari va yigirmadan
ortiq asaming o ‘ziga yozilgan sharh va tafsirlari borligini m a’lum
qiladi. Toshkentda ham «Al-Kashshof»ning o ‘ndan ortiq nusxalari
saqlanadi.
Az-Zamahshariyning yana bir asari «Al-Mufassal» bo‘lib, u
111 9—1121 -yillarda yozilgan. Bu asar arab grammatikasiga oid eng
qimmatli asardir. Asar Misrda nashr etilgan, nemis tiliga tarjima
qilingan. «Al-Mufassal»ning bir qo‘lyozma nusxasi Toshkentda
Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot institutining hujjatxonasida saqlan-
moqda.
Buyuk arabshunos olimning «Asos al-balog‘a» («Notiqlik asos-
lari») kitobi arab tilining izohli lug‘ati b o iib , arab lug‘atshunosligini
yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Bu asar Qohirada ikki jildda nashr
qilingan.
Zamahshariyning «Al-foiq fi g ‘arib il-hadis» («Hadislardagi
notanish so‘zlami o ‘zlashtiruvchi») asari Payg‘ambar hadislarida
uchraydigan, kam ishlatilib, ko‘chma m a’noda qoilaniladigan so‘z-
laming izohli lug‘ati hisoblanadi.
Al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh» («T ogiar, manzillar va suv-
lar») geografiya va toponimikaga oid asardir. «Muqaddimat al-adab»
(«Adabiyotga kirish») arab tilining so‘z boyligiga bag‘ishlangan.
Vatandoshimizning «Devon az-Zamahshariy» («Zamahshariy
devoni») nomli devonida olimning qasida, qit’a va nazmiy xatlari
o ‘rin olgan. Uning lirik she’rlari asosan falsafa va ahloq mavzulariga
bag‘ishlangan. Biz ulug‘ allomaning boy ijodiy merosidan b a’zi-
lari to‘g ‘risida qisman fikr yuritdik, xolos. Zamahshariy dunyo
254
VATAN TARIXI
tan olgan alloma. U hali hayotligidayoq olim yozgan asarlar
musulmon olamida unga shon va shuhrat keltirgan. Dunyo olimlari
Zamahshariyni yuksak hurmat va mehr bilan ulug‘lab «Ustoz ul-
arab va 1-ajam» («Arablar va g ‘ayri-arablar ustozi»), «Jorulloh»
(«Allohning qo‘shnisi»), «Fahru Xorazm» («Xorazm fahri») deya
e ’zozlaganlar. Uning asarlari jahon xalqlarining, jumladan, arab,
lotin, nemis, fransuz, turk tillariga qayta-qayta nashr qilinmoqda.
Abusaidi
Sam’oniy-Marvaziy
(1113-1167),
Yoqut
Hamaviy
(1179-1227) kabi jahonda tanilgan olimlar «Nasabnoma», «Adiblar
haqida to ‘plam» asarlarida Zamahshariyni «Adablar peshvosi» deb
baholaganlar. Hatto ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy «Sab’ai sayyor»
(«Yetti sayyoh») dostonining ustozi Abdurahmon Jomiy ta ’rifiga
bag‘ishlangan bobida Zamahshariyni eslab, unga murojaat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |