Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

A H M A D   Y U G N A K IY

(XII  asrning  ikkinchi  yarm i —  X III  asrning  boshi)

Turkiy  adabiyotning  yirik  va  zabardast  vakillaridan  biri  Ahm ad 



Yugnakiydir. 

Uning  hayotiy  va  ijodiy  yo‘li  to ‘g ‘risida  deyarli  hech 

narsa  saqlanib  qolmagan.  Adibning  bizgacha  yetib  kelgan  yagona 

merosi  «Hibatul-haqoyiq»  («Haqiqatlar  armug‘oni»)dir.  Ana  shu 

asaming  faqat  bir  baytida  shoir  o ‘z  nomini  tilga  oladi.  Taniqli  ada- 

biyotshunos  olim  Natan  Mallayevning  bergan  m a’lumotlariga 

qaraganda:  «Adib  Ahmad,  otasining  ismi  Mahmud,  vatani  Yugnak 

(Yugnak yoki  Y ug‘noq nomli joy  Farg‘ona vodiysida ham,  Turkiston 

va  Samarqand  atrofida  ham  b o ‘lgan.  Lekin  Ahmad  Yugnakiyning 

bulardan  qaysi  birida  tavallud  topgani  aniq  emas,  kitobning  nomi 

«Hibatul-haqoyiq» 

(«Haqiqatlar 

armug‘oni») 

ekani 


m a’lum». 

«Hibatul-haqoyiq»ning  1480-yilda  ko‘chirilgan  nusxasidagi  no­

m a’lum  shaxs  tomonidan  yozilgan  qaydda  dostonning  254  bayt 

14  bobdan  iborat  ekanligi  aytiladi.  Ammo  «Hibatul-haqoyiq»ning 

o ‘sha  1480-yilda  ko‘chirilgan  nusxasi  esa  235  bayt  va  II  bobdan 

iboratdir.  Ehtimol,  dostonni  ko ‘chirgan  kotib  Abdurazzoq  Baxshiy 

uni  qisqartirilgan nusxasidan ko‘chirgan b o iish i mumkin.

«Hibatul-haqoyiq»ning  birinchi  bobi  (1-10-baytlar)  Xudoga, 

ikkinchi  bobi  (1 1-19-baytlar)  Payg‘ambar  va  to ‘rt  xalifaga 

bag‘ishlab  yozilgan.  Uchinchi  bob  (20-33  baytlar)  Dod  sipohsolarga 

bag‘ishlanib,  muallif  uni  fuqaroparvar,  saxovatli  va  adolatli  bir 

ulug‘  kishi  hisoblab,  uni  bamisoli  dengizga,  o ‘zini  esa  bu  dengizga 

tomchilar  hadya  qiluvchi  bulutga  o ‘xshatadi.  T o‘rtinchi  bob  (34-39 

baytlar)  asaming yozilishi  sabablariga bag‘ishlangan.

Asosiy  qism  beshinchi  bobdan  (40-62-baytlar)  boshlanadi.  U 

bilim  maqtovi  va  johillikning  zarariga  bag‘ishlangan.  Oltinchi  bob 

(8 7 -1 10-baytlar)  dunyoning  foniyligi,  sakkizinchi  bob  saxiylik  va 

baxillik,  to ‘qqizinchi  va  o ‘ninchi  boblar  (176-226-baytlar)  turli  xil 

masalalarga  bag‘ishlangan.  Va,  nihoyat,  o ‘n  birinchi-o‘n  to'rtinchi 

boblar (227-235-baytlar) kitobning xotimasidir,

Ahmad  Yugnakiyning  she’riy  uslubda  yozilgan  «Hibatul- 

haqoyiq»  asari  o ‘zbek  adabiy  merosining  buyuk  namunasi  sifatida 

uning  keyingi  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo‘shdi.  Bu  asar,  hatto 

she’riyat  mulkining  sultoni  Alisher  Navoiy  ijodidan  ham  munosib 

o ‘rin oldi.  U o ‘zining «Nasoimul-muhabbat» («Muhabbat shabadasi»)



VII bob.  IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot

249


asarida  «Hibatul-haqoyiq»dan  parcha  keltirib,  shoiming  k o ‘zi  ojiz 

boiganligini  qayd  etadi.  Shuningdek,  Alisher  Navoiy  Husayn 

Boyqaroning  o ‘g ‘li  Badiuzzamonga  yozgan  nomalaridan  birida  ham 

«Hibatul-haqoyiq»dan parchalar keltiradi.  Doston dunyo  xalqlarining 

bir  necha  tillariga  tarjima  qilingan.  Rus  olimlari  E.  E.  Bertels,  S.  E. 

Malov  va  boshqalar  Ahmad  Yugnakiy  dostonini  chuqur  o ‘rganib, 

unga  yuksak  baho  berganlar.  Xullas,  «Hibatul-haqoyiq»  dostoni 

xalqimizning  badiiy-ma’naviy  merosi  xazinasidan  mustahkam  o ‘rin 

olgan m a’rifiy qimmatbaho asardir.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish